Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili



Download 1,14 Mb.
bet3/3
Sana01.02.2017
Hajmi1,14 Mb.
#1560
1   2   3

Elektron pochta

Elektron pochta (e-mail - electronic mail) oddiy pochta kabi vazifani bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma'lumotlarni jo'natilishini ta'minlaydi. Uning asosiy afzalligi, vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo'natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, dastur fayllarini o'z ichiga olishi mumkin.

 

Elektron xatlar bir vaqtning o'zida bir necha manzillar bo'yicha jo'natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan umumiy interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat ko'rinishida jo'natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta'minlovchi standart yozuvlar to'plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter farmoish sifatida qabul qiladi va bajaradi.



 

Elektron pochta bilan ishlash uchun bir qator dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashgan nom bilan birlashtirish mumkin. Windows operasion sistemasida elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Express ilovasi ta'minlaydi. Bu dasturlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

     - matnni yaratish;

     - xat-xabarlarni (korrespondensiyalarni) o'qish va saqlash;

     - xat-xabarlarni o'chirish;

     - manzilni kiritish;

     - xat-xabarlarni qabul qilish va jo'natish;

     - turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import qilish (qabul qilish va kerakli formatga o'zgartirish), xatga ilova qilish;  

     - xatlarni mavzusiga qarab ajratish.

 

11.3. Internetga ulanishni tashkil etish

Internet tarmog'ining xizmatlaridan foydalanish uchun albatta unga ulanishni tashkil etish kerak. Ko'pincha operasion sistemalar avtomatik tarzda ulanishni tashkil etadi, lekin ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko'ra bog’lanish o'rnatilmasligi mumkin. Hozirgi kunda eng zamonaviy operasion sistema Microsoft Windows XP hisoblanadi. Biz ushbu operasion sistemada Internetga ulanishning tashkil etilishini ko'rib chiqamiz:

1.  Ish stolida Setevoe okrujenie (tarmoq muhiti)ni tanlang. Natijada quyidagidek oyna hosil bo'ladi:

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/1.jpg

2.  Yuqorida ko'rsatilgan oynada kompyuterda mavjud (joriy va joriy bo'lmagan) tarmoq

ulanishlarini boshqarish va hosil qilish mumkin. Biz bu yerda Sozdanie novogo podklyucheniya (Yangi ulanishni yaratish) buyrug'ini tanlaymiz. Natijada Master novix podklyucheniy (yangi ulanishlar ustasi) yordamchi dasturi yuklanadi.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/2.jpg

3.  Ushbu usta ulanishni tashkil etishda atroflicha yordam ma'lumot beradi va bu yerda biz ulanish tashkil etilishini boshlash uchun Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz. Keyingi oynada birinchi uslubni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/3.jpg

4.  Keyingi oynada "Ustanovit podklyuchenie vruchnuyu" (Ulanishni qo'lda tanlash) ni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/4.jpg

5.  Undan keyingi oynada ulanishda qo'llaniladigan qurilma tanlanadi. U yerda biz oddiy modemligini ko'rsatamiz.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/5.jpg

6.  Bundan keyin Internet provayder nomini kiritamiz va albatta Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/6.jpg

7.  Internet provayder tomonidan berilgan telefon raqami kiritiladi. Agarda Siz ulangan telefon analogli telefon stansiyasiga tegishli bo'lsa, telefon raqamidan oldin r harfini kiritish shart. Masalan: r1619900

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/7.jpg

8.  Keyingi oynada Internet-provayder tomonidan beriladigan foydalanuvchi nomi (login) va parol ikki marta kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi.

  http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/8.jpg

9.  Natijada yordamchi usta dasturining oxirgi oynasi hosil bo'ladi. U yerda Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Agarda ulanishni tashkil etuvchi yorliq ish stolida hosil bo'lishini istasangiz, Dobavit yarlik na rabochiy stol (Ish stolida yorliq yaratish) dagi bayroqchani o'rnatish kerak.

 http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/81.jpg

Endi Internetga ulanish uchun biz ish stolida hosil bo'lgan yangi yorliqni tanlaymiz va hosil bo'lgan oynada Vizov (Chaqiriq) tugmasini bosib ulanamiz.

 

11.4. Kompyuterda Web-sahifalarni ko'zdan kechirish.



Internet Explorer dasturi

 

Kompyuterni Internet tarmog'iga ulaganimizdan keyin albatta internetda biz biron-bir axborotni ko'rishga urinib ko'ramiz. Internet tarmog'ida ma'lumot asosan web-sahifa (sayt) shaklida tasvirlanadi.



 

Bunday web-sahifalarni ko'rish uchun maxsus dasturlar brauzerlar (browser so'zi browse - ko'rish dan olingan) ishlab chiqilgan. Ular web-sahifani ko'rish, saqlash, chop etish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega. Hozirgi kunda bunday dasturlarni turlari juda ham ko'p. Ular, asosan, bitta yoki bir nechta web-sahifani ochish, undagi ma'lumotni tasvirlash kabi amallarni bajaradi.

 

Web-sahifani ochish uchun biz uning URL-manzilini kiritishimiz kerak bo'ladi. URL-manzil odatda quyidagidek shaklga ega bo'ladi:



www.gov.uz ;

www.mail.ru ;

www.yahoo.com .

Bu yerda WWW - World Wide Web mashhur xizmat nomi; gov, mail, yahoo - server (sahifa) nomlari; uz, ru, com - domen (hudud) nomlari.

Windows 95 (OSR 2.1) operasion sistemasidan boshlab, operasion sistema tarkibiga Microsoft Internet Explorer 3.0 internet brauzer dasturi kiritila boshladi. Hozirgi kunda qo'llaniladigan Windows 98SE, Windows ME, Windows 2000, Windows XP operasion sistemalari tarkibida uning 4.0, 5.0 va 6.0 versiyalari kiritilgan. Bundan tashqari, u Microsoft Office 2000, Microsoft Office XP dasturlar majmuasi tarkibiga ham kiritilgan.

 

Windows operasion sistemasida Internet Explorer (IE) dasturiga kirishning bir nechta usuli mavjud:



            Pusk (Boshla) menyusiga kirib, dasturni tanlash kerak;

            Ish stolida joylashgan yorliqqa sichqon bilan 2 marta chertish;

            Tez yuklanish satridan tanlash (u odatda Pusk (Boshla) menyusining yonida joylashadi).

Dasturga kirib, Adres (manzil) satriga biron-bir manzilni kiritamiz, masalan www.gov.uz va klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz. Shuni ta'kidlash joizki, mazkur dasturga kirishdan oldin Internet tarmog'iga ulanishni tashkil etish kerak. Aks holda biz Internet-sahifalarini ocha olmaymiz.

Natijada taxminan quyidagidek oyna hosil bo'ladi:

Internet Explorer dasturining asosiy ish vositasi va uskunalar panelida joylashgan uskunalar quyidagilardir:

  http://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/portal.jpg

 - oldingi web-sahifaga o'tish;

 - keyingi web-sahifaga o'tish;

 - web-sahifa ochilishini (yuklanishini) bekor qilish;

 - web-sahifa mazmunini yangilash;

 - boshlang'ich web-sahifaga o'tish;

 - ochilgan web-sahifada zarur ma'lumot, so'z yoki jumlani izlash;

 - elektron pochta dasturiga o'tish (kirish);

 - joriy web-sahifadagi ma'lumotlarni chop etish;

 - holat satrida joylashgan bo'lib, oxirgi web-sahifani yuklanish darajasini namoyon etadi.

 

Internet Explorer dasturida veb-sahifalarni saqlash va chop etishhttp://eduportal.uz/apache/info_uzb/157/files/save.jpg

IE dasturida nafaqat veb-sahifani ochish, balki kerak bo'lgan veb-sahifadagi ma'lumotlarni kompyuterdagi disklarning biriga saqlash mumkin. Ma'lumotni biz ikki xil usulda kompyuterda saqlashimiz mumkin:

1) veb sahifadagi ma'lumotlarni qisman saqlash;

2) veb sahifani butunlay, alohida fayl shaklida saqlash.

Birinchi usulni amalda bajarish uchun quyidagilardan birini bajaramiz:

            Kerak bo'lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqonning o'ng tugmasini chertamiz va hosil bo'lgan kontekst menyudan Kopirovat (nusxa ko'chirish) farmoishini tanlaymiz va manzil bo'luvchi katalogga kirib, sichqonning o'ng tugmasini bosganimizda hosil bo'ladigan kontekst menyudan Vstavit (joylash) farmoishini tanlaymiz.

            Kerak bo'lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqon yordamida Pravka (Tahrir)

menyusiga kiramiz va menyudan kopirovat (Nusxa olish) buyrug'ini tanlaymiz va manzil bo'luvchi katalogga kirib Pravka (tahrir) menyusidan vstavit (joylash) farmoishini tanlaymiz.

Ikkinchi uslubni amalda bajarish uchun biror bir veb sahifani to'liq ochib quyidagini bajarmoq lozim:

            Fayl menyusiga kiring;

            U yerdan Soxranit kak... (kabi saqlash) buyrug'ini tanlang;

            Hosil bo'lgan muloqat oynasida fayl nomini va manzilni ko'rsating va Soxranit (Saqlash) tugmasini bosing.

Bundan keyin biz off-line (Internetga ulanmagan holda) rejimida ham saqlangan veb sahifani ochish va boshqa bir qator amallarni bajarishimiz mumkin. Saqlangan veb-sahifa fayli htm yoki html kengaytmasiga ega bo'lib, uni nafaqat Internet Explorer dasturida, balki MS Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlarida ham ochish mumkin.

 

Topshiriq:



            Internet tarmog'iga ulaning va Microsoft (www.microsoft.com) koorporasiyasining saytiga kirib, Windows XP to'g'risida qisqacha ma'lumotni saqlang;

            Internet tarmog'iga ulaning va O'zbekiston (www.gov.uz) saytiga kirib gerb va bayroq rasmlarini Word dasturi hujjatiga saqlang.



Internet xizmat turlari

Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o‘rnatamiz.


Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. 
Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. 
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:
Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalarini harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan o‘ziga maqul transport vositalarini qatnovi jadvallari haqidagi ma’lumotlarni topadi. Quyida ushbu veb sahifalarni keltirilgan:
http://www.orexca.com – sayyohlar uchun mo‘ljallangan veb sahifa;
http://www.tgpt.uz – toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi veb sahifa;
http://www.goldenpages.uz/ - O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari sahifasi.
Avia reyslar jadvali. Avia reyslari bo‘yicha ma’lumotlar jadvalini aniqlash, ulardan foydalanish uchun http://uzairways.com - O‘zbekiston havo yo‘llari avia kompaniya veb sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi avia qatnov jadvallari keltirilgan.

Temir yo‘l transporti qatnovi jadvali. Respublika ichki va tashqi temir yo‘l qatnovlari jadvallari va ular haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan topish mumkin.
1. uzrailpass.uz - temir yo‘l transport qatnovi jadvali.
2. www.roxanatour.com - Bu sayoxlik firmasi sayti bo‘lib, bunda siz xalqaro va O‘zbekiston ichidagi temir yo‘l qantovlari va havo yo‘llari qatnovi jadvalllari va u erda joylashgan mexmonxonalar xaqida ma’lumot va buyurtmalar majmualarini aniqlashingiz mumkin.
Bank xizmati ma’lumotlari va valyuta kurslari. O‘zbekistondagi barcha banklar xaqidagi ma’lumotlar va yangiliklar, kunlik valyuta miqdorlari haqidagi ma’lumotlarini quyidagi saytlardan olish mumkin:
www.bank.uz ; 
www.mikrokreditbank.uz;
www.agrobank.uz;
www.asakabank.com;
www.new.nbu.com;
www.uzpsb.uz;
www.infinbank.com;
www.xb.uz; 
www.ipotekabank.uz;
www.csb.uz
va hakoza banklar.
Ob havo ma’lumotlari. Respublika barcha viloyatlari va Toshkent shahri hamda xalqaro miqyosda ob - havo haqidagi ma’lumotlarni quyidagi, O‘zbekistonda yaratilgan veb sahifalardan aniqlash mumkin. ob-havo.uz; www.pogoda.uz ; www.meteoprog.uz. Ob-havo prognozi bo‘yicha eng to‘liq ma’lumotlarni www.meteoprog.uz veb sahifasidan olish mumkin. Sahifa dizayni ham foydalanuvchilar uchun juda qulay.

Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatlari dorasida olib borilayotgan asosiy yangiliklar majmuasini uza.uz, gov.uz hamda  desk.uz veb saytlari orqali topish mumkin. Ushbu veb sahifalarda Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlar mavjud. 
Tele va radioeshittirish dasturlari.          O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan olishingiz mumkin. www.mtrk.uz;
Ish o‘rinlar birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlarini topish, aniqlash va muloqat o‘rnatish quyidagi veb sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin. www.myjob.uz,www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni va Siz, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘ldirib jo‘natishingiz va javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o‘tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the-uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O‘zbekiston futboli va jaxon futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin. 
Sportal.uz sport yangiliklari

Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar. 
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

  • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;

  • bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

  • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

  • elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.

Bugungi kunda davlat organlarining veb-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi.
Quyidagi veb sahifalardan Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali

ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish mumkin.



Web hujjatlar

Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog’liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Adobe Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, javascript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturlaming barchasi HTML (Hypertext Markup Language — Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli.



HTML tilining buyruqlari «» belgilari orasiga yoziladi va deskriptor (ing. tavsiflovchi) yoki teg (ing. tag - yorliq,

belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglar lotin alifbosi harflari yordamida yoziladi, bunda harflar yuqori yoki quyi registrda yozilishi farqlanmaydi, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo’linadi:
1. Juft teglar (yoki konteyner-teglar): tegi uchun tegi mavjud bo’lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
2. Juftmas teglar: ko’rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o'zidan keyingi matnni yangi satrga o’tkazuvchi 
tegi kabi.
HTML-hujjat «html» yoki «htm» kengaytmali matnli fayl bo’lib, u oddiy matn muharririda teglar qo’shib yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo’ladi. HTML- hujjat xotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web- sahifa ko’rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo’limdan iborat bo’ladi. Birinchisi HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo’limi bo’lib u va teglari orasida joylashadi. Ikkinchi BODY (tana) bo’limida hujjatni mazmuni aks etadi va u va teglari orasida joylashadi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi ( ma’lumotlar web-brauzer oynasida alohida sohalarda aks etishi) lozim bo’lsa, u holda BODY bodimi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET) strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to’plami), juft tegi yordamida) bo’limi ishlatiladi. Odatda, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo’lgan yana bir element – web - sahifa nomi bo’lib, nom kiritish uchun juft tegi qo’llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning ichida ko’rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga (odatda,

HEAD bo’limida) yoziladi. Web-sahifaga istalgan nom, masalan, o’z ismingizni berishingiz mumkin.


HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. 0’z navbatida web- brauzerlar ham yangilanib turibdi.
Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini «eski» web-brauzerlar (Internet Explorer-4 yoki Internet Explorer-6) bajara olmaydi.
Ma’lumki, turli web-brauzerlar, masalan, Internet Explorer, Opera, FireFox, Mozilla va Netscape bir biridan farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brauzerlarda farqlanib aks etishi mumkin.
Eng sodda web-sahifa faqat matndan iborat bo’ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo’ladi). Web-sahifa, odatda, matnlar kabi sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo’lgani uchun, unga «Bu mening birinchi web-sahifam»

deb, sarlavha yozamiz. Buning uchun Bloknot dasturining ishchi maydoniga 1-rasmdagi matn kiritiladi.


Bu matnda , , , , , , , va 
HTML tilining teglari bo£lib, - web-sahifa boshlanishini, - web-sahifa yakunlanganini, — sarlavha bo’limi boshlanishini, sarlavha bo’limi yakunlanganini, - nom kiritish boshlanishini, - nom kiritish tugaganligini, — ma’lumotlar bo’limi
boshlanishini, - ma’lumotlar bo’limi yakunlanganini, 
— matnni davomi yangi satrdan yozilishi kerakligini anglatadi.
Yuqorida kiritilgan matnni «mypagel.html» nomi bilan biror katalogda, masalan, «Мои документы» papkasi ichidagi «Новая папка» papkasida saqlab qo’yamiz. Endi bu faylning belgisi web-brauzerga moslashganini ko’rish mumkin.
Kiritilgan matnli fayl va web-sahifani taqqoslab ko£rib, quyidagi xulosaga kelamiz:
1) fayl nomi (yuqoridagi misolda, mypagel) web-sahifada aks etmaydi;
2) web-sahifa nomi (yuqoridagi misolda, Birinchi) web-brauzer- ning sarlavha satrida aks etadi;
3) web-sahifa matnida maxsus buyruqsiz yozilgan keyingi satr (yuqoridagi misolda, «web-sahifam.» matni ham, «Yoshim 15 da.» matni ham) o’zidan avvalgi satrga ulanib ketadi.
HTMLda kiritilgan matnning web-brauzerdagi ko’rinishi doim ham biz kutgan natijani beravermaydi. Uni biz istagan ko’rinishga keltirish uchun bir necha bor tahrirlashga to’g’ri keladi. Buning uchun Bloknot matn muharririni ishga tushirish, kerakli HTML-hujjatni diskdan izlab topish va xotiraga yuklash, uni tahrirlash va qayta saqlash, web- brauzerni ishga tushirish, tahrirlangan HTML-hujjatni yana diskdan topib web-brauzerda ko’rish kerak bo’ladi. Odatda, web-sahifa biz o’ylagan ko’rinishga kelishi uchun yuqorida sanab o’tilgan ishlarni bir necha bor bajarishga to’g’ri keladi. Bu ishlami ancha qulay usullar bilan ham bajarish mumkin:
1- usul. Internet Explorerda ochilgan web-sahifani tahrir qilish lozim bo’lsa, sichqonchani shu web-sahifa ustiga olib kelib, o’ng tugmasi bosiladi.

WEB SERVERLAR

Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi.

Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi.

Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi.

Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi.

Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi. U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi. Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.

Web server dasturiy ta'minoti

1) Klient kompyuteri dasturi (brauzer) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma yuboradi. Bu talabnoma web server tomonidan qayta ishlanadi.

Yagona IP manziliga ega mezbon kompyuterda bir necha turdagi serverlar joylashgan bo`lishi mumkin. Shu sababli bitta kompyuterga joylashgan turli serverlar kompyuterning turli kirish portlaridan foydalanadilar. Kirish portallari 0 dan 65535 gacha raqamlab chiqilgan bo`ladi. Mezbon kompyuterlar IP manzilidan tashqari domen (soha) nomlariga ega. Bu nomlarga mos keladigan IP manzillarni aniqlash uchun DNS (Domain Name System – domen nomlari tizimi) dan foydalaniladi.

2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi.

3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.

4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan):

HTTP server – # 80.

FTP server – #21.

Gopher server – #70.

Telnet server – # 23.

Usenet server – # 119.

WAIS server – # 210.

Web sahifa va ma'lumotlar ombori

Butun olam to`rining eng foydali imkoniyatlaridan biri to`rda ma'lumotlarni qidirishdir. Ma'lumotlarni qidirishda web serverlardagi ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Qidiruv saytlariga serverdagi ma'lumotlar omboriga kirish nuqtalari deb qarash mumkin. Bu saytlarda sodda yoki o`ta murakkab qidiruv kriteriylarini yaratib, qidiruvni boshlash mumkin.

Dunyodagi eng katta va eng ko`p foydalaniladigan qidiruv tizimi Yahoo web saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir. Siz o`zingiz izlayotgan ma'lumotga oid kalit so`zni kiritasiz va qidiruvni boshlaysiz. Bunga javoban, server o`z ma'lumotlar omboridan bu kalit so`z uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi.

Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda ma'lumotlar ombori bilan ishlash CGI (Common Gateway Interface –umumiy shlyuz interfeysi) orqali amalga oshiriladi. Bu interfeys yordamida sodda yoki o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan ma'lumot almashish mumkin.

1. Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan kerakli web sahifani qidirib topishda foydalaniladi.

To`rda qidiruv maxsus saytlardan boshlanadi. Bu sayt sahifasida qidiruv qay tarzda va nimani qidirish kerakligiga qarab, kerakli maydonchalarga ma'lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, bu sahifada qidiruv CGI stsenariyini ishlatish uchun HTML kod ham bo`ladi.

Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv satrida bu qidiruv uchun mo`ljallangan CGI stsenariyi va u joylashgan papka ko`rsatiladi. Odatda barcha CGI stsenariylar serverning cgi-bin papkasiga joylanadi. qidiruv satrida nima qidirilishi ham ko`rsatiladi. Bu narsa stsenariydan “/” belgisi bilan ajratiladi. qidirilayotgan ob'ekt xossalari bir-biridan “&” belgisi (ampersend deb o`qiladi) bilan ajratiladi. Bo`sh joy o`rniga “+” ishorasidan foydalaniladi.

Masalan, qidiruv ma'lumotlari omboridan ismi-sharifi Aliev Vali bo`lgan va Pop tumanida yashovchi shaxsni qidir stsenariyi yordamida topish uchun quyidagi HTML kod yoziladi.

2. Qidiruv satri web serverga jo`natilgach, undagi ma'lumotlar CGI orqali ma'lumotlar omboriga jo`natiladi.



3. Ma'lumotlar omboridan qidiruv talablariga javob beruvchi yozuvlar ajratib olinadi.

4. Ajratib olingan ma'lumotlarni cgi yangi html sahifa ko`rinishida serverga kiritadi. Server bu sahifani brauzerga jo`natadi.

WEB XIZMATLAR

Web xizmatlari va uning yaqin qarindoshi .NET ko`pchilikka ma'lum bo`lmagan texnologiyalardir.

Ular Internetden shaxsiy yoki tijorat maqsadida foydalanish samaradorligini keskin oshirib yuboradi. Ular turli dasturlar va xizmatlardan masofadan turib foydalanish, turli ma'lumotlarni kompyuteringizning ishchi stoliga avtomatik etkazib berishga xizmat qiladi. Bu texnologiyalar o`ta moslashuvchan bo`lib, ulardan turli

maqsadlarda foydalanish mumkin.

Masalan, bu texnologiyalar asosida minut sayin o`zgarib turadigan obi-havo, bozordagi narx-navo yoki valyuta kursi haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda olib turish mumkin. Bu texnologiya yordamida tijorat bo`yicha hamkorlarning kompyuter tizimlarini birlashtirish mumkin.

Bu ikki texnologiya oxirgi paytda ko`p muhokama qilinayotganligiga qaramay, uning imkoniyatlarini noto`g`ri tushunayotganlar kam emas. Ular juda murakkab tuyulsada, aslida moduli dasturiy komponentalar bo`lib, internetning maxsus aloqa protokollaridan foydalanadilar. Ular Internetda jimgina inqilob qilayotgan texnologiyalardir, chunki bu texnologiyalardan foydalanish shaxsiy kompyuterning operatsion tizimidan voz kechish imkonini beradi. Narxi bir necha yuz, xatto, yuz ming dollar turadigan dasturni sotib olish o`rniga undan internet orqali kompyuterning web brauzerida bepul foydalanish mumkin.

Web xizmatlari tushunchasiga ko`p narsalarni kiritishsa-da, aslida haqiqiy web xizmatlari faqat bir qator protokollar va texnologiyalardan foydalanadilar. web xizmatlarning negizi XML (Extensible Markup Language – kengayadigan hoshiyalash tili) dir. Bu til yordamida taklif qilinayotgan va qilinadigan xizmatlar tavsiflanadi.

SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlar bilan ishlashning sodda protokoli) web xizmatlar bilan bog`lanishning standartidir. Boshqa muhim texnologiyalar WSDL (Web Services Description Language –

Web xizmatlarini tavsiflash tili) and UDDI (Universal Description, Discovery and Integration – universal tavsiflash, yaratish va integratsiyalash)lardir.

1. Web xizmatlari va .NET dasturlar boshqa xizmatlardan brauzer yordamida Internet orqali masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Dastlab .NET da yoki web xizmatlar sifatida ishlatiladigan xizmatlar, dasturlar yaratilishi kerak. Web xizmatlar odatda JAVA tilida yoziladi.

.NET da ishlaydigan dasturlar Visual Studio.NET platformasida yaratiladi. Unda dasturlar yaratish uchun turli tillar, masalan, Visual Basic.NET, Visual C#.NET kabi tillardan foydalanish mumkin. Bu xizmatlar va dasturlar yozilgach, ular ilovalar serveriga joylanadi va bu server talablarga ko`ra bu xizmatlarni etkazib beradi. Xizmatlar joylashgan sayt xizmatlar provayderi (etkazib beruvchisi) deyiladi.

2. WSDL (Web Services Descriptions Language –web xizmatlarni tasvirlash tili) xizmatlarni tavsiflash

uchun xizmat qiladi. Tavsiflash paytida bu xizmatning aniq joylashgan o`rni, uni qanday ishga tushirish, u

taklif qiladigan xizmat turi va shunga o`xshash ma'lumotlar aniqlashtiriladi. Xizmatlarni tavsiflovchisi XML tili konstruktsiyalarida yaratiladi.

3. Servis registrlarida taklif qilinayotgan xizmat turlari qayd qilinadi. Xizmat tavsiflovchilari ularni SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlarga etishishning soda protokoli) protokoli yordamida servis registrida qayd qiladilar. Servis registrlarida UDDI (Universal Description Discovery and Integration – tavsiflash, yaratish va joriy qilishning universal standarti) deb nomlanuvchi standartlar guruhi yordamida kompaniyalar o`zlari va taklif qilinayotgan xizmatlari xaqida axborotni e'lon qiladilar. Foydalanuvchilar esa kerakli xizmatlarni qidirib topadilar va ishlatadilar.

4. Xizmatga talabgor deb ataluvchi shaxslar va kompaniyalar kerakli xizmatni topish uchun Servis registriga SOAP protokoli orqali murojaat qiladilar.

5. Kerakli xizmat turining tavsiflovchisi topilgach, unda xizmat qaerda joylashganligi va undan qanday foydalanish mumkinligi aniqlashtiriladi.

6. Bu ma'lumotlar asosida xizmatga talabgor xizmatni o`z kompyuterida ishga tushiradi.

MATNNI HOSHIYALASH TILLARI

Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlanadi: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.

Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.

Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.

Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va multimediyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.

Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishingiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanasiz.

World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgamchak to’ri) – bu klient-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.

Matnni hoshiyalash tillari va ularning qisqacha tasnifi

Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni esa razmetkali til yoki matnni hoshiyalash til tasnifi bilan boshlaymiz.

Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar yoki

matnni hoshiyalash tillari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar ya`ni giperaloqalar) ta'minlashdan iborat.

Matnni hoshiyalash tillarini web sahifadagi yo`l harakati belgilariga o`xshatish mumkin. Ularni yana musiqachi uchun nota belgilari, deb qarash mumkin. Hoshiyalash tillari web sahifani ekranda qanday

boshqarish va ekranda ko`rsatish farmoyishlari to`plamidir. Bu farmoyishlar teglar (tag –

nishon, etiketka, degan ma'noni anglatadi) deb ataladi va matn ko`rinishida bo`lgan web sahifaga joylanadi.

Teglarda alohida fayllarda joylashgan grafik tasvirlarga murojaatlar ham bo`lishi mumkin. Bunday teglar

web brauzerga shu tasvirlarni chaqirish va web sahifada aks ettirish kerakligini bildiradilar. Teglar yordamida web sahifaga gipermurojaatlar ham kiritiladi. Bu gipermurojaatlarni faollashtirganda, foydalanuvchi bu teglarda ko`rsatilgan yangi web sahifa va resurslarga o`tadilar yoki boshqa fayllarni web brauzerga yuklab oladilar. Shunday qilib, web sahifa hoshiyalash tilida tasvirlangan va har qanday web brauzer ekranda aks ettira oladigan teglar to`plamidir.

Web sahifada aks etishi kerak bo`lgan va boshqa matn muharrirlarida tayyorlangan xujjat tarkibida sarlavha, paragraflar, ro`yxatlar, turli shaklda formatlangan matn bo`ladi. Bu matnni web brauzer tushunmaydi, chunki u hali hoshiyalash tillari yordamida hoshiyalanmagan va shu sababli u web brauzerda bo`sh joy kabi aks etadi. Bu matnni web brauzer to`g`ri tasvirlashi uchun unga mos teglarni qo`yib chiqish kerak. Bu esa HTML tili yordamida amalga oshiriladi. HTML – butun olam to`rining ishchi tili. Uni barcha web brauzerlar tushunadi, uni barcha qurilmalar qo`llab quvvatlaydi, ya'ni u bilan ishlay oladi.

Hoshiyalash tillari dasturlash tillaridan tubdan farq qiladi. Dasturlash tillari yordamida murakkab ilovalar, masalan matn yoki rasm muharriri yaratish mumkin. Hoshiyalash tillari ularga nisbatan birmuncha sodda bo`lib, ma'lumotni qanday tasvirlash uchun ishlatadi. Masalan, hoshiyalash tili yordamida, matndagi belgilarni qalin yoki qiyshiq qilib aks ettirish mumkin. Hoshiyalash tillarida uning farmoyishlari, ya'ni teglari, xujjat ichida, u aks ettirishi kerak bo`lgan matn bilan birga joylashadi.

HTML (Hypertext Markup Language – gipermatnni hoshiyalash tili) butun olam to`rining hoshiyalash tilidir. Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma'lumotlarni va HTML xujjatlarni

ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW

daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma'lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma'lumotlar va boshqalvrni oladi.

Xujjatlar orasidagi aloqani ta'minlash va ma'lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.

Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-xujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma'lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML xujjatga ma'lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari abzatsni

tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli ssilkalar teglari ham

mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa xujjatga bog’lanish imkonini beradi.

Demak, uning yordamida web xujjatlar formatlanadi, ular tarkibiga gipermatnlar orasidagi bog`lanishlarni ta'minlaydigan teglar kiritiladi. HTML xujjatlari oddiy matn xujjatlaridir. Uni yaratish va tahrirlash uchun

siz ixtiyoriy matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, HTML uchun maxsus yaratilgan ko`plab, bepul va pulga sotiladigan HTML muharrirlari ham mavjud.

Tarmoq kun sayin rivojlanib bormoqda, U bilan birga HTML ham kengaymoqda va o`zgarmoqda. Uning asosida dinamik HTML umumiy nomi bilan atalgan bir qator texnologiyalar yaratildi. Bu texnologiyalar web sahifalarning bundan buyon statik, ya'ni o`zgarmas bo`lib qolmasligini ta'minlaydi. Ular yordamida HTML animatsiyalarni yaratadi va ko`rsatadi, web sahifalar interfaol ko`rinishda ishlay oladi va yana ko`plab ilgari iloji bo`lmagan imkoniyatlar yaratadi.

XML (Extended Markup Language – kengaytirilgan hoshiyalash tili) butun olam to`riga yanada

ko`proq o`zgarishlar olib keldi va bu jarayon yana davom etmoqda. Bu til boshqa hoshiyalash tillaridan butkul farq qiladi. Bu tilda web sahifalarning mazmuni uni taqdim etishdan, ya'ni shaklidan butunlay ajratilgan. Masalan, bevosita matnda belgilarning o`lchamini o`zgartirish o`rniga sahifa kontenti qanday ko`rinishda tasvirlanishi kerakligi haqida qoliplar va stil varaqlarini yaratadi.

XML Veb xizmatlari deb nom olgan butunlay yangi texnologiyaning negizini tashkil etadi. Bu texnologiya

asosida web brauzerdan foydalanib, Internet orqali butkul yangi turdagi xizmatlarni etkazib berish mumkin.

XML bilan bog`liq AJAX nomli texnologiya Internetdan xuddi kompyuterning ish stolidagi ilovalar kabi

foydalanish imkonini beradi.



Internetda Informatsion xavfsizlik

Ma’lumki internet tarmoqlararo informatsiya almashinuvini ta’minlavchi magistiraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manba’iga kirish, qisqa vaqt ichida ko‘plab ma’lumotlar yig‘ish ishlab chiqarishning va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin. SHu bilan bir qatorda internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib turmoqdagi begona kompyuterlarni boshqarish ularning ma’lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko‘chirish g‘arazli maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirsh mumkin. Internetda mavjud bo‘lgan ushbu xavf, axborot xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi.


Bizning oldingi paragraflarda qayd etib o‘tganimizdek ixtiyoriy tarmoq xizmatini o‘zaro kelishilgan qoida (protokol) asosida ishlovchi juftlik «Server» va «Mijoz» dastur ta’minoti bajaradi. Ushbu protokollar miqyosida ham «Server», ham «Mijoz» dasturlari ruxsat etilgan amallarini (operatsiya) bajarish vositalariga ega. Masalan, NTTR protokoldagi formatlash komandalari Web sahifalarida joylashtirilgan tovush, vidio animatsiyalar va har xil aktiv ob’ektlar ko‘rinishidagi mikrodasturlar. Xuddi shunday ruxsat etilgan operatsiyalar, aktiv ob’ektlardan foydalanib internetda ba’zi bir noqonuniy harakatlarni oshirish tarmoqdagi kompyuterlarga va ma’lumotlar ba’zasiga kirish hamda ularga tahdid solish mumkin bo‘ladi.
Bu xavf va tahdid nimalardan iborat:

  • Tarmoqdagi kompyuterlarga ruxsatsiz kirish va uni masofadan turib boshqarish. Ularga sizning manfaatingizga zid bo‘lgan dasturlarni joylashtirish mumkin.

  • Web sahifalarida joylashtirilgan «aktiv ob’ektlar» agressiv dastur kodlari bo‘lib, siz uchun xavfli virus yoki josus dastur vazifasini o‘tashi mumkin.

  • Internetda uzatilayotgan ma’lumotlar yo‘l yo‘lakay aloqa kanallari yoki tarmoq tugunlarida tutib olinishi ulardan nusxa ko‘chirilishi, almashtirilishi mumkin.

  • Davlat muassasasi, korxona faoliyati, moliyaviy ahvoli va uning xodimlari haqidagi ma’lumotlarni razvedka qilinishi o‘g‘irlashi va shu orqali sizning shaxsiy hayotingizga, korxona rivojiga tahdid solishi mumkin.

  • Internetda e’lon qilinayotgan har qanday ma’lumot ham jamiyat uchun foydali bo‘lmasligi mumkin, ya’ni internet orqali bizning ma’naviyatimizga, madaniyatimizga va e’tiqodimizga zid bo‘lgan informatsiyalarni kirib kelishi ehtimoli ham mavjud.

Internet foydalanuvchisi ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik yechim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur:

  • SHaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog‘iga hamda unda mavjud bo‘lgan axborot resurslarga tashqaridan internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va dasturviy usullardan foydalanish.

  • Tarmoqdagi axborot muloqat ishtirokchilari va ular kuzatayotgan ma’lumotlarni asl nusxasiga mosligini tekshirish.

  • Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kiriptografiya usullaridan foydalanish

  • Viruslarga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.

  • SHaxsiy kompyuter va mahalliy kompyuter tarmog‘iga begona shaxslarni qo‘ymaslik va ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan nusxa olish imkoniyatlarini cheklovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

Bundan tashqari axborot xavfsizlikni ta’minlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o‘rnatilmagan tartib qoidalar mavjud. Ulardan ba’zi birlarini keltiramiz:

      • Hech qachon hech kimga internetdagi o‘z nomingiz va parolingizni aytmang.

      • Hech qachon hech kimga o‘zingiz va oila a’zolaringiz haqidagi shaxsiy hamda ishxonangizga oid ma’lumotlarni internet orqali yubormang.

      • Elektron manzilingiz (E-mail)dan maqsadli foydalaning. Internet orqali dasturlar almashmang.

      • Internetda tarqatilayotgan duch kelgan dasturlardan foydalanmang. Dasturlarni faqat ishonchli egasi ma’lum bo‘lgan serverlardan ko‘chiring.

      • Elektron pochta orqali yuborilgan «aktiv ob’ektlar» va dasturlarni ishlatmang, yoki qo‘shimchali o‘z-o‘zidan ochiluvchi sizga noma’lum arxiv holidagi ma’lumotlarni ochmang.

      • Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda ma’lumotlarni shifrlash zarur, ya’ni kriptografiya usullaridan foydalaning.

      • Egasi siz uchun noma’lum bo‘lgan xatlarni ochmang.

      • Egasi ma’lum bo‘lgan va uning sifatiga kafolat beruvchi antivirus dasturlardan foydalaning va ularni muntazam yangilab boring.

      • Internetda mavjud bo‘lgan axborot resurslar va dasturlardan ularning mualliflari ruxsatisiz foydalanmang.

      • tarmoqdagi begona kompyuter va serverlarning IP manzillarini aniqlash va shu orqali ruxsat etilmagan serverlar va axborot resurslarga kirish nusxa ko‘chirish, viruslar tarqatish kabi noqonuniy dasturlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmang, bu jinoyatdir.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish