Internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish
Inernet bu – hozirgi zamon talablariga muvofiq ommaviy global tarmoq bo’lib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu tarmoqga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovozli xizmatlar va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa bu ta'sir doirasida o'smir yoshlar ham yo'q emas.
Internet tarmog'inig ijobiylik taraflari sifatida insonning ilm-fan, madaniyat va shaxsiy faoliyatiga bog'liq muhim aniq ma’lumotlarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va qimmatli vaqtning tejalishiga yordam berishini aytsak bo’ladi, lekin salbiy tomoni shundaki qiziquvchanlik sababli Internet foydalanuvchilarining virtual olamga haddan ziyod berilib ketishlari achinarli holatlarni yuzaga keltirmoqda.Shu bilan bir qatorda izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susayishiga sabab bo'lmoqda.
Hozirda nafaqat Internet tarmog'idagi axborotlar miqyosining kengligi, bundan tashqari rivojlanib kelayotgan turli-tuman axborot texnologiyalarining yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligi bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy oqimlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
Ushbu tarmoqning o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'pki gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'diradi.
Barchamizga ma'lumki, ish va o’qish faoliyatimiz uchun Internet tarmog’ida qidiruv tizimlarining o'rni beqiyos.
Intеrnеt tarmog’idagi axborot-qidiruv tizimlari Intеrnеt rеsurslari ichidan so’ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib topib bеrish imkoniyatiga ega.
Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Truveo , Yandex, Tagoo singari mashhur qidiruv tizimlari mavjud.
Qolaversa Telegram, Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar ham insonlarning axborot almashinuv jarayonini ancha yengillashtirmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin ushbu ijtimoiy tarmoqlarning salbiy tomonlarini ham aytib o’tmaslikning iloji yo’q. aynan ijtimoiy tarmoqlardan noto’g’ri foydalanish tufayli yosh-yosh qizlarimizning tarbiyasi buzilib bormoqda. Ko’pincha qo’shtirnoq Ichida aytib o’tiluvchi G’ARB madaniyati xuddi shu ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarimizning ongiga singib bormoqda. Aynan internetdan noto’g’ri foydalanish oilalarning buzilishiga sabab bo’lmoqda. Xususan Davlat statistika qo’mitasining dastlabki malumotlariga ko’ra birgina 2022 yilning yanvar-avgust oylari oralig’ida nikohdan ajrashgan oilalar soni 32 625 taga yetgan.
Yoshlarimiz vertual dunyoga bog’lanib qolganligi sababli yoshlardagi vatanga muhabbat shijoatlilik qatiyatlilik kabi xislatlar yo’qolib bormoqda. Yoshlar orasida loqaydlik boqibeg’amlik avj olmoqda.Oldingi davrlarda sharq mamlakatlari deganda kuchli bir madaniy va tarbiyaviy muhit ko’z oldimizga kelgan bo’lsa hozirgi kunda G’arb davlatlariga o’xshashga harakat qilayotganimiz juda ayanchli holat.
Aholining barcha qatlamlari xususan harbiylarimiz orasida ham shunga o’xshash muammolar uchrab turibdi.
Bugungi kunda harbiy hizmatchilar radio–televideniya, matbuot xizmati va Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olishmoqda.
Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda glaballashuv davrida xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi. Shu sababdan internet tarmog’idagi ayrim sayt va veb sahifalarga cheklovlarning joriy qilinishi foydadan holi bo’lmaydi.
Barcha ishlarda bo’lgani kabi Internetdan foydalanishda ham meyorning ahamiyati katta.
Shunday ekan internet tarmog’idan qanday foydalanish avvalambor barchamizning o’zimizga bog’liq. Har birimiz javobgarlikni his qilgan holda Internetdan to’g’ri foydalana olsak qaysidir manoda yurtimiz ravnaqi uchun ham o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Ashurov Shoxrux Shuxratovich
O’zLiDeP Samarqand Shahar kengashi Apparat rahbari o’rinbosari
____________
Do'stlaringiz bilan baham: |