1971-yilda elektron pochta jo‘natmalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan birinchi dastur yaratildi. Keyinchalik, 1972-yilga kehb, oliy ta’lim tizimida ham keng qo‘llanila boshladi — AQSHning 50 ta universiteti va tadqiqot markazlari yangi tarmoqqa ulanib, ilmiy axborot almashinuvida unumli foydalanishni boshladi.
1973-yilda esa Atlantika okeani tubidan o‘tgan telefon kabeli orqali bu tizimga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning xorijiy tashkilotlari ulanishi tufayli tarmoq halqaro maqomga ega bo‘ldi.
1984-yilda domen nomlari tizimi ishlab chiqildi. Xuddi shu yilda ARPANET tarmog‘iga jiddiy raqib paydo bo‘ldi, AQSHning Milliy ilmiy fondi NSFNet katta universitetlararo tarmog‘ini tashkil etdi. Shu paytdan boshlab Internet keng ijtimoiy muloqot vositasiga aylanib, jadal kengayib bordi.
1990-yil ARPANET o‘zining nisbatan yosh raqobatchisi NSFNet tarmog‘iga yutqazib, o‘z ishini tugatdi. 1991-yilga kelib esa Internetda gipermatn tuzilmasi asosidaishlaydigan umumjahon o‘rgimchak to‘ri (WWW) qo‘llana boshladi.
Ikki yildan so‘ng (1993-yil) mashhur NCSA Mosaic brauzeri paydo bo‘ldi. Bugungi kunda Intemetdan vaqtichog‘lik va pochta xizmatidan tashqari, turli kuch va manfaatlar urushidagi axborot quroli sifatida samarali foydalanib kelinayotganini ko‘rish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, rivojlanish shiddatli va tezkor bo‘lgan. Qiyoslash uchun bir ma’lumotni keltirib o‘tamiz. Ma’lumki, o‘tgan asrda axborot sohasi bilan bog‘liq radio, televideniye, kabel TV kabi Lxtirolar qilingan va ular asta-sekinlik bilan ommalashgan. Dastlabki radiopriyomnik va televizorlardan o‘n yillar davomida bir nechta oila birlashib foydalanar edi. Ammo Internet tarmog‘ining rivojlanishi ularga nisbatan ancha tezkor bo‘ldi va 50 million kishilik auditoriyaga (bu 0‘zbekiston aholisidan taxminan ikki barobar ko‘p) Internet atigi 4 yilda erishdi.
Axborot vositasi
|
Muddat (yil hisobida)
|
Radio
|
38
|
Televideniya
|
13
|
Kabel TV
|
10
|
Internet
|
4
|
Ayni paytda global tarmoqdan foydalanuvchilar soni dunyo bo‘yicha 2 mlrd. kishini tashkil etadi.
Hozirda global tarmoqning imkoniyatlari bu — tezkorlik, ommaviylik, dunyoviylikdir. Internetda har qanday ma’lumot sanoqli daqiqalarda insoniyatga oshkor bo'lishi mumkin. Avvallari yangi kitobni topish uchun oldindan navbatga yozilish, kitob do‘konlarida berilgan cheklar va pochta orqali yuborilishini kutishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda uni rasmiy taqdimotidan bir necha kun oldin Internetda oson topish mumkin, xoh u «Garri Potter»ning navbatdagi qismi bo‘lsin, xoh yangi darslik yoki qo‘llanma.
Bugungi kunda siz-u biz 220 volt elektr quvvati, shaxsiy kompyuter va Internet aloqasiga ega bo‘lsak, xonadan chiqmasdan turib bilim olishimiz, dunyodagi yangiliklardan boxabar bo‘lishimiz, qidiruv tizimlari orqali elektron Mtoblarni mutolaa qilishimiz, kurra-i zaminning istalgan burchagidagi tengdoshlarimiz bilan muloqot qilishimiz mumkin. Sababi, Internet barcha chegaralarni ochib tashlab, axborot va bilimga egalik borasida hammani teng qilib qo‘ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |