Internet muloqotining bola tarbiyasiga ta’siri


Mobil telefonning ikkinchi bosqich turlari



Download 0,66 Mb.
bet2/3
Sana13.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#447010
1   2   3
Bog'liq
мақола

Mobil telefonning ikkinchi bosqich turlari esa haqiqiy inqilobiy jarayon mahsuli bо‘lib, u endi kompyuter texnologiyasiga tenglashgan katta texnik imkoniyatlarning kichik va qulay shakldagi ixcham qurilmasiga aylandi.
Bu esa telefon orqali gaplashishni nutqiy muloqotning eng faol turiga aylantirdi. Telefon muloqoti madaniyatini shakllantirish bо‘yicha о‘ziga xos talablar zaruriyatining dolzarb masala sifatida kun tartibiga qо‘yilishi muloqot va muomala madaniyati muammolaridan biridir. Ayniqsa, jamoat joylarida, ommaviy transportda faqat sо‘zlovchiga tegishli bо‘lgan shaxsiy gaplarni atrofdagilarga eshittirish, kо‘pchilik oldida uzoq va noо‘rin valaqlash kabi holatlar atrofdagilarda noxush kayfiyat uyg‘otishi tabiiy. Omma orasida fikrni qisqa, ixcham bayon qilish, suhbatdoshning vaqtini olmaslikka intilish zamonaviy kishining fazilati sanaladi. Shu bilan birga, mobil qurilmalarning haddan ziyod ommalashishining salbiy jihatlarini ham unutmaslik kerak. Meditsina sohasi vakillari bunday muloqot vositalarining zararlari tо‘g‘risida bong urmoqdalar.
Abdujabbor Jumayev (shifokor): Uyali aloqa vositalari asab tizimining yemirilishiga, inson miyasida turli shishlar va о‘simtalar hosil bо‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari «sotka»dan muntazam va meyoridan ortiqcha foydalanuvchilar orasida uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, burundan qon ketishi, xotiraning pasayishi bilan bog‘liq kasalliklarga 
chalinuvchilar kо‘p uchraydi. Bu, ayniqsa, yosh bolalarda og‘ir kechadi. Chunki, ularda tashqi ta’sirlarga qarshi immunitet hali tо‘la shakllanmagan bо‘ladi. 18 yoshga tо‘lmaganlar va homilador ayollar telefonlardan 
foydalanayotganda 3-4 daqiqadan ortiq gaplashishlari mumkin emas. Eng yomoni, uyali aloqa telefonlari bolalar organizmiga, bо‘yining о‘sishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi[5].
«Mobil telefonda meyoridan ortiq darajada muloqot qilish, о‘yinlar о‘ynash, internet tarmog‘iga kirib turli xildagi bо‘lar-bо‘lmas tanishuv, pornografik va nosog‘lom g‘oyalar tarqatuvchi saytlarga kirish qurilma foydalanuvchisining nafaqat sog‘lig‘iga, balki ma’naviy ruhiy holatiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatmay qolmaydi. Qimmatli vaqtni havoga sovurilishiga sabab bо‘ladi, xolos. Zamonaviy mobil telefon vositalari orqali internet tarmog‘iga xohlagan joydan ulana olish uning egasi uchun cheksiz ma’lumotlar bazasidan foydalanish imqoniyatini yaratadi. Internet saytlari orqali tarqalayotgan turli xildagi buzg‘unchi va ommaviy madaniyat kо‘rinishlarini targ‘ib qiluvchi saytlar tinchliksever xalqlar yoshlarini ongini zaharlashga xizmat qiladi»[6].
Bunday muammolar о‘sib kelayotgan yosh avlodni mobil aloqa vositalaridan tо‘g‘ri va meyorida foydalanish madaniyatini shakllantirish masalasini zarurat qilib qо‘ymoqda.
Fan va texnika inqilobi rо‘y bergan XX asr о‘zining yirik kashfiyotlari bilan oldingi asrlardan tubdan farq qiladi. Biologiya, fizika, astronomiya, matematika fanlarining misli kо‘rilmagan yutuqlari qatorida kosmik fazoning tadqiq qilinishi, kibernetika, kompyuterlar haqidagi tasavvurlarning о‘zgarishi, ijtimoiy-gumanitar fanlardagi tub burilishlar fikrimizning dalilidir. Bundan esa о‘z navbatida axborotlar globallashuvi kelib chiqadi.
Axborotlar globallashuvi о‘zining ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bilan insoniyat ongini egallab bormoqda. Kо‘p axborot qabul qilish, bir tomondan, inson miyasi va uning nerv(asab) faoliyati uchun ortiqcha «yuk» bо‘lib, uning zaiflashishiga olib kelishi, ikkkinchi tomondan esa, u ijobiy hodisa sifatida inson tafakkurini boyitish bilan birga yer yuzidagi xalqlar va millatlar о‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni tezlashtiradi, yaqinlashtiradi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish