Internet muloqotining bola tarbiyasiga ta’siri



Download 0,66 Mb.
bet1/3
Sana13.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#447010
  1   2   3
Bog'liq
мақола


Internet muloqotining bola tarbiyasiga ta’siri.
İnternet iletişiminin çocuk yetiştirmeye etkisi
Son yıllarda, doğrudan internet sistemi ile ilgili olan yeni bir kitle iletişim yönü ortaya çıkmıştır. Bu alanda yukarıdaki sınıflandırma kapsamında herhangi bir araştırma yapılmamış olması da konunun aciliyetini göstermektedir. Hızlı ve kullanışlı İnternet, medya türünden bağımsız olarak belirli bilgilerin hızlı ve söylemsel olarak iletilmesine izin verdi. Böylece internet sisteminin ve yapısının, blogosfer ve sosyal ağların ortaya çıkması, medya ve kitle iletişim kavramlarının ayrı olgular olarak iki ağa ayrılmasına yol açmıştır. Radyo, televizyon, yazılı basın ve kurgu tek taraflı kitle iletişimi yani muhatabına yönelik dolaylı konuşma etkinliği olarak tanımlanırken, internet iletişiminin oluşumu biçimsel olarak iki yönlü bir kitlesel konuşma etkinliği sürecini doğurmuştur. diyalog ve polilog. Başka bir deyişle, muhatap artık herhangi bir grupla, herhangi bir konuda ve herhangi bir grupla kamusal diyaloga girme ve medya tarafından kendisine sızdırılan bilgilere aktif olarak tepki verme fırsatına sahiptir. Bu, iletişim sistemini daha da karmaşık hale getirdi.
Bu iletişim sistemindeki çocukların varlığının onların yetiştirilmeleri üzerinde belirli bir etkisi olduğu açıktır. İnternet iletişimi, mevcut ulusal iletişim yöntemlerini değiştirmiştir. Çocukların iletişiminin çok büyük bir kısmı dün internette başladı. Bu tür iletişimin karakteristik özelliği olan anonimlik, mesafe, zaman kısıtlamaları, kreolleşme, çocukların iletişiminde bir takım değişikliklere neden olmuştur. Bu etkinin belirli yönleri analiz edilir.
Keyingi yillarda ommaviy muloqotning yangicha yо‘nalishi paydo bо‘ldiki, bu bevosita Internet tizimi bilan bog‘liqdir.
Bu muloqot tizimida bolalarning borligi ularning tarbiyasiga muayyan ta’sir о‘tkazishi aniq. Internet muloqoti shu paytgacha mavjud bо‘lgan milliy muloqot usullarini о‘zgartirib yubordi. Bolalar muloqotining juda katta qismi internetda kecha boshladi. Muloqotning bu turi uchun xos bо‘lgan anonimlik, masofaviylik, zamonda cheklanmaganlik,kreollashganlik bolalar muloqotiga qator о‘zgarishlar kiritdi. Bu о‘zgarishlarning ijobiy jihatlari ham, salbiy jihatlari ham bor. Bu boradagi tadqiqotlar zamonaviy pedagogika uchun muhimdir.
Internet muloqoti, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarning о‘ziga xos xususiyati shundaki, muloqotning ijtimoiy va texnik imkoniyatlari kun sayin kengayib bormoqda:
1. Tarmoqlar odamlar о‘rtasidagi shaxslararo muloqot uchun mо‘ljallangan bо‘lib, foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalari asinxron tarzda zamon va makon jihatdan chegaralanmagan. Masalan, chat yoki forum muloqotida ishtirokchi xohlagan paytida kirib о‘z fikrini yozib qoldirishi yoki, boshqalarning yozib qoldirgan fikrlari bilan tanishishi mumkin. Alohida vaqt, imkon, sharoit talab qilmasligi muloqotchilar uchun muhim qulaylik hisoblanadi.
2. Axborot almashish uchun turli xil foto, video, ovozli yozuv va hokazolardan foydalanish imkoniyatlari mavjud .
3. Katta va kichik virtual guruhlarda (sinf, fakultet, ish joyi, qarindoshlar, dо‘stlar, hamfikrlar va boshqalar) muloqot qilish.
4. Kommunikatorlarning shaxsiy maqomni belgilash, muloqot erkinligi hamda lingvistik va audiovizual vositalarning cheksiz tanlovi.
5. Xalqaro biznes imkoniyatlarini kengaytirdi, xususan, onlayn tijorat vakillarining mijozlar bilan uzluksiz (24/7) muloqoti kafolatlandi.
6. Til iqtisodi uchun juda qulay sharoitlar mavjud bо‘lib, fikrni qisqa shaklda (masalan, emodzi, piktogramma va h.k.) ta’sirli yetkazish imkonini beradi, demak minimal ifoda vositalari orqali maksimal darajada axborot almashilishi mumkin.
Kommunikativ muhit parametrlarining bunday tubdan о‘zgarishi virtual muloqot kuchli attraktor sifatida butun insoniyatni о‘ziga tortib olmoqda. Xatto, bir paytlar televizorni ham qiyinchilik bilan qabul qilgan о‘zbek segmentida katta yoshdagi otaxon-u onaxonlarning ham oila a’zolari va yaqinlari bilan qulay muloqot vositasiga aylanganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
О‘zbek tilshunosligida Internet muloqoti uchun xarakterli janrlarni tavsiflash va tasniflash masalasi tadqiq etilmagan. Shu paytga qadar tilshunoslikda til imkoniyatlaridan foydalanish usullari «nutq uslublari» tushunchasi orqali tavsiflanar edi. Bugunga kelib, sinergetik jarayonlar, bifurkatsiya holati yangi tushunchalarni keltirib chiqardi va lingvistikada «nutq janrlari» atamasi paydo bо‘ldi.
«Janr» atamasining leksikografik izohlari quyidagichadir:
Janr [fran. genre - jins, tur] - san’at asarlarining syujet va uslub jihatdan о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lgan har bir turi[1].
Nachalo formi
Konets formi
Janr (frans. qenre - jins, tur) - san’at turlarida tarixan shakllangan ichki bо‘linish hamda mazkur bо‘linishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi о‘ziga xos xususiyatlariga ega bо‘lgan san’at asarining alohida turi. San’at asarlarining janr guruhlariga bо‘linishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-g‘oyaviy mazmun, shakl jihatlari va b.) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir san’at turida janr tasnifi о‘ziga xos tizimni tashkil etadi[3].
Janr (fransuzcha genre tur, xil) san’at, adabiyot, shuningdek, jurnalistika asarlarining tarixan tarkib topgan ichki bо‘linishidir. «Janr» tushunchasi muayyan davr millatga yohud dunyo san’atiga xos, mos asarlarning barqaror ustuvor belgi, xususiyatlarini anglatadi, umumlashtirib kо‘rsatadi[2].
Ushbu ta’riflardan kо‘rinib turibdiki, janr tushunchasi, asosan, san’at turlarining ichki bо‘linishiga nisbatan qо‘llanib kelingan. Bu esa tushunchaning tо‘liq mohiyatini qamrab ololmaydi. Shuning uchun ijodiy va nutqiy faoliyatning barcha turlarini nazarda tutgan holda quyidagi ta’rifni tavsiya etamiz: «Muayyan til uslubi doirasida tizim hosil qiluvchi og‘zaki va yozma matn yoki turli yо‘nalishdagi san’at asarlarining nisbatan ustuvor belgi, xususiyatlarga ega bо‘lgan ichki bо‘linishidir». Negaki, janr tushunchasi faqat adabiyot, san’at va publitsistik asarlargagina emas, ilmiy ijod mahsuli (monografiya, ma’ruza kabi), rasmiy hujjat(aloqa xati, shartnoma kabi)larning ichki turlariga nisbatan ham qо‘llanishi mumkin.
Umuman, muloqot doirasida amal qiladigan og‘zaki va yozma nutqiy janrlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Rasmiy – idoraviy uslub: shartnoma, nota, buyruq, e’lon, talabnoma, ariza, ekspert xulosasi, hisobot, aloqa xati, taqdimot, press-reliz.
2. Ilmiy uslub: ilmiy maqola, ma’ruza, monografiya, dissertatsiya, darslik, qо‘llanma, referat, retsenziya, taqriz, annotatsiya, konspekt. Ayrim ilmiy manbalarda bular akademik (bilim olish jarayoni) yozuvlar sifatida talqin qilinadi[4].
3. Ommabop uslub: maqola, ma’ruza, ocherk, reportaj, felyeton, intervyu, reklama, e’lon, shior, plakat.
4. Badiiy uslub: roman, qissa, hikoya, she’r kabi adabiy janrlar. Badiiy matn bu yozuvchi yoki shoirning о‘quvchi(adresat)ga qaratilgan yozma nutqi.
5. Sо‘zlashuv uslubi (asosan, Internet muloqotida): elektron xat, xabarnoma (SMS), sharh, blog, tashrif nutqi.
Internet materiallari tadqiqi asosida internet muloqotida ushbu janrlarning barchasidan foydalaniladi degan xulosaga keldik. Gap shundaki, Internet tarmog‘i kommunikatorlar tomonidan uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bо‘lgan kommunikatsion vosita vazifasini о‘taydi. Dastlabki tо‘rt guruhga oid janrlar an’anaviy foydalanib kelingan va ilmiy doirada kо‘p о‘rganilganligi, nazariy va amaliy asoslarga ega ekanligini hisobga olib, ishimizda, asosan, Ijtimoiy tarmoqlarda yangi shakllanayotgan sо‘zlashuv uslubiga oid nutqiy janrlarni tadqiq etishga harakat qilamiz.
Internet tarmog‘ining hosilasi о‘laroq sо‘zlashuv uslubining yozma shakllari paydo bо‘lishi bilan bu uslubda ham janr tushunchasiga ehtiyoj paydo bо‘ldi. Dunyo tilshunosligida bu boradagi tadqiqotlarda tur va janr masalasida turli–tuman qarashlar mavjud bо‘lib, aniq nazariy mezonlar ishlab chiqilmagan. Demak, fluktuatsiya hodisasi xali davom etmoqda, muloqot doirasiga rang-barang yangiliklar kirib kelayotganligi bois jarayonlar mо‘tadillashib, bir tо‘xtamga kelinmagan.
Kо‘pchilik tadqiqotchilar, jumladan, O.V.Lutovinova, L.Y.Shipitsinalar elektron pochta, chat, forum atamalariga oid tushunchalarni ham janr sifatida belgilayotganligini kuzatdik.[4] Bular, bizningcha, janr talabiga javob bermaydi, balki о‘zaro muloqotda biror janrga oid nutqiy birliklar bilan almashinuv imkonini beradigan muloqot shakllari hisoblanadi. Masalan, forum yoki chatda kommunikator о‘z sharhlari bilan qatnashib, bir necha suhbatdosh bilan axborot, fikr almashishi mumkin. Forum va chat о‘zaro yaqin tushuncha bо‘lib, faqat maqsadli yoki maqsadsiz muloqot nuqtai nazaridan farqlanadi. Forumda, kо‘pincha, biror mavzu doirasida aralash uslubda bahs-munozara yuritiladi. Chatda (inglizcha shat - suhbat, gap sotmoq, valaqlamoq) esa oddiy sо‘zlashuv tilida «u yoq - bu yoqdan» tarzida suhbatlashiladi.
Muloqotning har qanday turida ham kommunikatorlarning muayyan etnomadaniy guruhga mansubligi media vositalarini tanlashda ham о‘z izini qoldiradi. Bu esa kommunikatorlarning bir-birlarini tez va oson tushunishlari uchun qulay vosita hisoblanadi.

Zamonaviy obrо‘☺
- Bugun tarmoqdagi statusimga 65 ta layk bosishdi, 27 ta izoh yozishdi, 6 marta ulashishdi. Qalay? Senda nima gaplar?
- Senchalik emas. Ustozimdan bir marta rahmat eshitdim, qо‘shni qariya barakalla dedi, onam esa mehr bilan quchib qо‘ydi.
Paralingvistik vositalar nutqiy muloqotni tо‘ldirish, ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi tabiiy holdir. Ushbu mediamatndagi lingvistik va paralingvistik birliklarning о‘zaro aloqadorligini pragmatik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bо‘lsak, ayrim detallar «gapiradi». Dastlab sarlavhaning о‘ziyoq tushunchalarning zamonaviy talqini о‘zgarib borayotganiga kinoya tarzida ishora qiladi. Matndagi «layk», «izoh», «ulashish» leksemalari adresantning hozirgi davrda Internet muloqotiga mukkasidan ketgan, Internet og‘usiga «nashavand» omma vakili ekanidan dalolat beradi. Dialogning birinchi qismi rasmdagi sariq sochli qizaloqqa tegishli ekanligini ham anglash mumkin, chunki uning qarashlari «zamonaviy», о‘zi esa ommaviy madaniyat ta’siridagi yoshlarning tipik vakili. Adresat nutqidagi «ustoz», «qariya», «ona» leksemalari til tashuvchisining milliy axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalanayotganiga ishora.
Internet tarmoqlaridagi turli tillarga oid til tashuvchilari tomonidan keng foydalanilayotgan yolg‘on gapirmoq, avramoq ma’nosini ifodalovchi «Quloqqa lag‘mon ilmoq» iborasi asosida yaratilgan mana bu rasm esa iboraning til universaliyalari qatorida ekanligini tasdiqlaydi. Rasmdagi chehralar о‘zbek millatiga mansub kishilarni anglatmasa-da, о‘zbek segmenti foydalanuvchilari tomonidan ham unga kо‘p marta murojaat qilinayotgani hech qanday nutqiy birliksiz, ya’ni izohsiz ibora ma’nosi tushunarli va aniq tasvirlanganligidadir. Demak, mediamatnning qulayligi va yashin tezligida ommalashganining asosiy sababi ham adresat tomonidan maxsus tayyorgarlik yoki о‘z ona tilidan boshqa tilni bilishini talab qilmasligi, oson qabul qilinishidir. Shuning uchun ham asosiy maqsadi axborot va ma’lumotni Xalqaro darajada ommalashtirish bо‘lgan OAV, PR va reklama matnlarida mediamatn keng qо‘llaniladi.
Mediamatn elementlari informativ-emotsional vosita sifatida uzatilayotgan axborot mazmunini tо‘ldirishga, ta’sir kuchini maksimal darajada oshirishga xizmat qiladi, va hatto, axborotning pragmatik tusini о‘zgartirib yubora oladi.
XX asrning 50-60-yillarida xorijiy tilshunoslikda nutqiy faoliyat xususiyatlarini о‘rganadigan ilmiy yо‘nalish shakllandi. Hozirgi kunda ushbu ilmiy muammo falsafa, mantiq, psixologiya, sotsiolingvistika, kognitiv lingvistika, tilshunoslik kabi qator sohalar kesishmasida hal qilinayotgani til falsafasidagi zamonaviy tendensiyalarni aks ettiradi va fanlar integratsiyasi kо‘plab amaliy muammolarni hal qilishga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu tariqa, nutqiy faoliyat nazariyasi bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar zamonaviy paradigmasi lisoniy ifodaning mazmuni, kommunikant niyati va tinglovchining idrok qilishi, о‘zaro ta’sir maqsadidagi muloqotning psixofiziologik mexanizmlari asosida tadqiq qilish imkonini beradi.
Muloqot shaxslararo hamda odamlar va guruhlar о‘rtasida о‘zaro aloqalarni о‘rnatish va rivojlantirishning murakkab kо‘p о‘lchovli jarayonidir. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda yashaydi va shuning uchun ushbu jamiyat a’zolari bilan aloqa о‘rnatishi kerak. Muloqot - bu keng tushuncha bо‘lib, uning strukturasi va funksiyalari, shaxslararo anglash muammolari, muloqot jarayoni, nutqiy-psixologik ta’sir, munosabatlarning rivojlanish dinamikasi kabi muammolarni qamrab oladi.
Muloqot tadqiqot predmeti sifatida faqat uning ontologik xususiyatlarini о‘rnatilishi bilan bog‘liq bо‘libgina qolmay, bevosita amal qilish sharoiti - inson va jamiyat aloqadorligini о‘rganish bilan aniqroq maqomga ega bо‘ladi. Deyarli barcha tadqiqotchilar tomonidan muloqot inson faoliyati turlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til orqali muloqotda bо‘lishini, turli xil axborot va fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish