Ta`lim uchun internet tarmog`i resurslaridan foydalanish
"Yurtimizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, o‘z bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Men tahsil olayotgan ta’lim muassasasida dars jarayonlari to‘liq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etiladi. Komputer zallari, zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlangan axborot-resurs markazi va shinam auditoriyalar, eng so‘nggi modeldagi interaktiv doskalar va katta sensorli monitorlar... Bularning bari bizning hech kimdan kam bo‘lmay ta’lim olishimizga xizmat qilmoqda..."
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan jahon ta’lim standartlari va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada ta’lim muassasalarida elektron ta’lim orqali modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.
Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va komputer qurilmalari bilan jihozlash, talaba-yoshlar bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning ma’naviy-axloqiy mazmuni va natijadorligini takomillashtirish maqsadida “2017-2021-yillarda Respublika oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi” ishlab chiqilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va monitoring qilish, yagona axborot muhitini yaratish, elektron ta’limni rivojlantirish, ta’lim jarayonida komputer uskunalaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida "Elektron ta’lim" milliy tarmog‘ining joriy etilishi bo‘yicha Toshkent davlat pedagogika universiteti yetakchi ta’lim dargohlaridan sanaladi.
– Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet jadal rivojlanib borayotir, – deydi Toshkent davlat pedagogika universiteti axborot ta’lim markazi rahbari Sayfullo Dottoyev. – Zamonaviy axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, internetdan foydalanuvchilar safi kengayayotgan hozirgi davr talabalarning o‘quv jarayonlari, ilmiy metodikalarini ham elektronlashtirishni taqozo etadi. Universitetimizda yagona lokal internet tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, unga barcha fakultetlar, kafedra va bo‘limlar to‘liq ulangan.
Ta’lim muassasasidagi o‘quv xonalari va ma’ruza zallari multimedia texnikalari bilan jihozlanib, o‘quv jarayonida zamonaviy komputerlardan foydalanilmoqda. Talabalar fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni internet orqali masofadan turib olish imkoniyatiga ega. O‘qitishning bu usuli talabalarning vaqtdan samarali foydalanishi, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishi va ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilmoqda.
Universitetda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha elektron o‘quv-metodik majmualar bazasi yaratilib, veb-sayt orqali talaba va professor-o‘qituvchilarga yetkazishga qaratilgan veb-tizim ishlab chiqilgan. Darslarda o‘qitiladigan barcha fanlardan 891 o‘quv-metodik majmua, 139 elektron darslik va o‘quv qo‘llanma yaratilgan.
Mazkur universitetda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan elektron kutubxona talabalarni deyarli barcha adabiyotlarning elektron shakli bilan ta’minlash imkonini bermoqda. Professor-o‘qituvchilarning elektron shaxsiy ish rejasi, elektron jurnal, o‘qitish muhiti kabi tizimlarni jamlagan veb tizim ishga tushirilgan. Elektron jurnal tizimi talabalarning davomati, joriy, oraliq va yakuniy baholash natijalarini kiritish, saqlash va qayta ishlash hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash imkonini beradi.
Universitet rasmiy veb-sayti har kuni yangiliklar bilan boyitiladi. Saytda interektiv xizmatlar uchun alohida bo‘lim ochilgan. Ta’lim muassasasi saytiga xohlagan kishi kirib, “Vakant lavozimlar”, “Elektron qabulxona”, “Oliy ta’lim muassasalariga qabul”, “Diplom olganlik to‘g‘risida ma’lumot”, “Elektron kutubxona katalogi”, “Ilmiy faoliyat” kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin. Xalq ta`limi vaziri: “Globallashuv jarayonlarining jadallashuvi o'quv dasturlarimizni tubdan qayta ko'rib chiqishni talab etadi”
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta`lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid bir qator davlat dasturlariga asosan ko'plab ta`lim muassasalari yangidan qurildi, ta`mirlandi, eng zamonaviy o'quv anjomlari bilan ta`minlandi. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta`lim-tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, o'z dunyoqarashiga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash har doimgidek dolzarb bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti shiddati, unda kechayotgan voqealar rivoji barcha sohalar kabi ta`lim-tarbiya jarayoniga ham yangicha yondashuv, innovatsiyalarni tatbiq etishni taqazo etmoqda. Avvalo bu, o'quv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillashtirish, o'qituvchi-pedagoglar saviyasini muntazam oshirib borish, jarayonga eng zamonaviy va ilg'or axborot hamda ta`lim texnologiyalarini joriy etish bilan bog'liq muammolarda ko'rinmoqda.
Bugungi kunda xalq ta`limi tizimi oldiga qo'yilayotgan bu kabi vazifalarni to'laqonli amalga oshirish, amaliy natijalarini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida muxbirimiz Xalq ta`limi vaziri Ulug'bek Inoyatovga bir necha savollar bilan murojaat etdi.
- Darhaqiqat, yosh avlodga sifatli bilim berish uchun, avvalo, o'qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati davr talabiga javob berishi lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda tez va ilg'or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos - yuqori darajada tashkil etish uchun o'qituvchi muntazam ravishda o'z mahoratini oshirib borishi, har bir mashg'ulotga alohida tayyorgarlik ko'rishi zarur. Shu bois xalq ta`limi tizimiga yangi va zamonaviy ta`lim texnologiyalari, o'quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga ham muntazam ravishda e`tibor qaratib borish zarur.
Bugungi kunda xalq ta`limi tizimida 4916 ta maktabgacha ta`lim muassasasi, 9692 ta umumiy o'rta ta`lim maktabi, 301 ta bolalar musiqa va san`at maktabi, 211 ta “Barkamol avlod” markazlari, 225 ta bolalar va o'smirlar sport maktabi, 4 ta davlat pedagogika instituti faoliyat ko'rsatmoqda.
Tizimda rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi Markaziy institut, 14 ta hududiy xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, maktabgacha ta`lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv-metodik markazi hamda bolalar-o'smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyat olib bormoqda. Masofadan malaka oshirishning zamonaviy metodlari joriy etilgan. Birgina 2016 yil davomida 93 mingdan ortiq rahbar va pedagog 140 ta malaka toifasi asosida o'z malakasini oshirgan. Ayni paytda rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablarini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar tajribasi o'rganilib, xalq ta`limi tizimida malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablarini, o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, har bir tuman miqyosida “Mahorat maktablari” tashkil etilib, muntazam o'tkazib borilayotgan mashg'ulotlarga barcha fan o'qituvchilari qamrab olingan. Bu mashg'ulotlarda pedagoglar tajribali trener o'qituvchilardan darsga tayyorgarlik ko'rish, ko'rgazmali qurollar tayyorlash, yangi mavzuni tushuntirish, o'quvchilar va ota-onalar bilan ishlash, umuman, kasbga oid barcha yo'nalishlar bo'yicha keng amaliy bilimlarni o'zlashtirmoqda.
Yurtimizdagi umumta`lim maktablarida 389740 nafar pedagog faoliyat ko'rsatadi. Pedagog kadrlar tarkibi muntazam o'rganilib, ularning bilimi, mahorati attestatsiya va sinovlardan o'tkazib borilmoqda. Jumladan, shu yilning 3–12 yanvar kunlari ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy mahorati va bilim darajasini o'rganish bo'yicha sinovlar o'tkazildi. Jami 20119 nafar o'qituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan. Qolgan 2869 nafar o'qituvchining navbatdan tashqari malaka oshirish kurslaridan o'tishi rejalashtirildi.
Bundan tashqari, o'tgan yili boshlang'ich ta`lim hamda aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilarining respublika forumlari o'tkazilib, ularda tegishli o'quv fanlari ta`limida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo'llari hamda ilg'or ish tajribalarini ommalashtirishga doir muhim chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Joriy yilning mart
Elektron pochta xizmati
Do'stlaringiz bilan baham: |