Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari



Download 2,97 Mb.
bet1/5
Sana02.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#731687
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ELEKTRON XIZMATLAR


ELEKTRON XIZMATLAR


Reja:
INTERNET IJTIMOIY TARMOQ XIZMATLARI
Ta`lim uchun internet tarmog`i resurslaridan foydalanish
Elektron pochta manzili


Ijtimoiy tarmoqlar tarixi

I jtimoiy tarmoqlardan avval…


1970- yillarning boshlarida dastlabki elektron e’lonlar taxtasi paydo bo‘la boshladi. U orqali foydalanuvchilar o‘zaro suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar. To‘g‘ri, hozirgidek oson va qulay emas-u, har qalay, odamlarni global tarmoqda birlashtirish uchun qilingan birinchi urinishlar edi bu.Keyin on-layn suhbatlashish servislari yaratildi. Chatlarning dastlabki ko‘rinishlaridan foydalanish juda qimmat bo‘lgan. Masalan, birinchi chat – CompuServeda bir soat suhbat qurish uchun 30 dollar to‘langan. Keyingi bosqich tezkor xabarlar tizimlari yuzaga kelishi bo‘ldi. 1988- yilda yaratilgan IRC (Internet Relay Chat) UNIX tizimida bo‘lgani bois, unchalik shuhrat qozonmadi. Lekin 1990- yillar o‘rtalarida yaratilgan ICQ tezkor xabarlar tizimi tezda butun dunyoda ommalashib, mashhur bo‘lib ketdi. Hozirda ICQ dan butun dunyoda 30,4 million nafar kishi foydalanadi.
Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga ko‘ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo‘ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o‘rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog‘i orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do‘stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin.Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda MySpace (255 000 000 foydalanuvchi), Twitter (200 000 000 foydalanuvchi), Windows Live Spaces (120 000 000 foydalanuvchi), Habbo Hotel (120 000 000 foydalanuvchi), V Kontakte (110 000 000 foydalanuvchi), Friendster (90 000 000 foydalanuvchi), Hi5(80 000 000 foydalanuvchi), Tagged.com (70 000 000) .
Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Bunday veb saytlarda odatda o‘zingiz xaqingizdagi ma’lumotlarni joylashtirasiz (Tug‘ilgan kun, maktab, sevimli mashg‘ulot va boshqalar). O‘z navbatida siz xam qidiryotgan qatnashchingizni shu turdagi ma’lumotlarini olishingiz mumkin.

I jtimoiytarmoqlarninginternetdagig‘alabaliyurishi 1995 yildaamerikaliklarning Classmatec.com (Odnaklassnikiuningruschaanalogixisoblanadi) ijtimoiytarmog‘iyaratilishibilanboshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog‘i orqali qidirish, topish va muloqat o‘rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o‘zaro qiziqish to‘rlarini hosil qilish va muloqatni saqlab qolishdan iboratdir.
Albatta, bu veb sahifalarni yaratishdan asosiy ko‘zlangan maqsad bir tomondan mablag‘ ishlash bo‘lsa, ikkinchi tamondan sahifani ommalashtirish hamda bir xil dunyoqarashga ega bo‘lganlar shaxslar guruhlarini shakllantirish hisoblanadi. Salbiy tomoni, esa shakllangan guruhlarni boshqarib bo‘lmaydi.
Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. 
Ushbu veb sahifa Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina O‘zbekistonliklar fuqoralar uchun yaratilgan va moslashtirilgan.
O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlar. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoq saytlarini tiliga qarab quydagilarga ajratish mumkin. O‘zbek tilini xam qo‘llay oladigan ijtimoiy tarmoqlar. www.sinfdosh.uz www.vsetut.uz
Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa ham Odnoklassniki (odnoklasniki.ru), www.sinfdosh.uz ijtimoiy tarmog‘lari yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslashtirilgan
Bundan tashqari qiziquvchilar quyidagi veb sahifalarni ham ko‘rishlari mumkin: Last.fm, Linjedln, MySpace
Bularning yaratilish maqsad va vazifalari ham yuqorida keltirilgan veb sahifalar bilan o‘xshash.
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar tahlil qilinsa quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:

  1. Foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tishmaydi;

  2. Nomaqbul foto sur’atlar qo‘yishadi;

  3. O‘zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadi;

  4. Bema’ni gaplar yozadilar, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanadi;

  5. Sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatadilar va hokoza.

Demak, Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi.
Unutmaslik kerakki, ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo‘yiladigan ma’lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. SHu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u erdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga, Sizni aldashmayotganligiga iqror bo‘lib, so‘ngra ma’lum bir qarorga kelish kerak
Ko‘z oldingizga keltiring: Katta bir uy. Minglab xonalarda 10 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan sanoqsiz odamlar izg‘ib yuradilar, nimalardir haqida o‘zaro suhbatlashadilarl. Xonalar devorlari turli suratlarga, hikmatli-hikmatsiz so‘zlarga, she’rlarga to‘lib ketgan, bir xonadan musiqa ovozi yangrasa, boshqasida video ko‘rishadi, yana bir xonada hamma o‘yinlar bilan mashg‘ul. Kimdir tanishgan, kimdir do‘stlashgan, boshqasi esa urishgan. Ishqilib, hayot qaynaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar virtual olam – Internetdagi xuddi shunday «ari uyasi»dir. Ular paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hammasi kimningdir xayoliga Internetdagi hamfikrlarini yig‘ish g‘oyasi kelib qolganidan boshlandi. Dastlab qiziqishlari yoki kasblari bo‘yicha birlashdilar, keyin bu g‘oya kengayib, do‘stlar, tanishlar, hamkasblar ularga qo‘shila boshladilar…
Hozirda yirik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar soni millionlab, milliardlab kishiga yetgan.Ular o‘zaro muloqot qiladilar, saytlarga o‘zlarining, yaqinlarining fotosuratlari, videolarini qo‘yadilar, u yoki bu mavzuda fikr almashadilar. Kimlardir bu saytlarda o‘zlarining unut bo‘lib ketgan tanishlarini, bolalikdagi do‘stlarini topadilar. Ba’zida aqlga to‘g‘ri kelmaydigan hollar ham uchraydi – ikkita yon qo‘shni bir-biri bilan Internet orqali gaplashib o‘tirashadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda faqat do‘stlar, tanishlarni emas, mashhur insonlarni ham uchratish mumkin.Yulduzlar o‘z sahifalarini ochib, unda hayotlaridagi qiziqarli voqealarni yozadilar, suratlarni berib boradilar. Lekin, mashhurlar ismi bilan ochilgan sahifalar har doim ham ularga tegishli bo‘lavermaydi. Masalan, bir yulduzning nomidan ochilgan 50-60ta sahifalarning ichida bittasi unga tegishli bo‘lishi mumkin!
Tarmoqlar ichida ko‘plab hamjamiyatlar ochilgan – ularni istalgan foydalanuvchi o‘z qiziqishiga qarab ochishi va do‘stlarini taklif qilishi mumkin. Hamjamiyatlarning mavzulari xilma-xil – futbol, tikuvchilik, avtomobil… Ishqilib, insoniyat nimaga qiziqsa, hammasi.Hamjamiyat ichida uning a’zolari o‘zaro fikr almashadilar. Ba’zi hamjamiyatlarga istagan kishi a’zo bo‘lishi mumkin, ba’zilari esa yopiq sanalib, unga faqat a’zolardan birining tavsiyasi bilan yoki hamjamiyat ma’muri ruxsati bilan qo‘shilsa bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda pullik xizmatlar ham bo‘ladi. Masalan, kimgadir chiroyli otkritka yoki virtual sovg‘alar yuborish, turli imtiyozlarga ega bo‘lish kabilar. Odatda, ijtimoiy tarmoqlar ma’’muriyati o‘z a’zolari bilan juda xushmuomala bo‘ladilar, ularni imkon bo‘ldi deguncha yaxshi gaplar bilan «siylab», turli bayramlar bilan muntazam tabriklab turadilar.
Har yaxshining bir kamchiligi bo‘lganidek, tarmoqlarning ham bir qancha yomon tomonlari bor. Avvalo, bu – psixologik qaramlik. Ko‘pgina foydalanuvchilar bunday saytlarga bir kirgach, kun bo‘yi qolib ketadilar, tuni bilan o‘tirib chiqadiganlar ham bor. Natijada, ularning ongida haqiqiy hayot bilan virtual olam aralishb ketadi. Inson virtual olam – bu xayolot ekanligi, real hayotga doim ham to‘g‘ri kelavermasligini unutib qo‘ysa, buning oqibatlari ayanchli bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar nima uchun kerak?


Internet deganda bugungi kunda ko‘pchilik aynan ijtimoiy tarmoqlarni tushunadigan bo‘lib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlar huddi magnit kabi odamlarni o‘ziga tortib, ularning butun bo‘sh vaqtlarini egallab oladigan bo‘lib qoldi. Xo‘sh, bu saytlarni kim, nima uchun ishlatadi?

Aksariyat kishilar bu yerda o‘zlariga do‘st qidiradilar, eski tanishlarini topishga, do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga/tiklashga harakat qiladilar. Bu yerdagi «tenglik» tufayli siz real hayotda yaqiniga ham yo‘lay olmaydigan mashhur yulduz bilan yoki yana boshqa kimlardir bilan suhbatlashib, do‘stlashishingiz mumkin. Lekin, yuqorida aytganimizdek, yulduz deb o‘ylaganingiz, aslida, birovning nomidan kirgan qo‘shni bola bo‘lib chiqishi ham hech gap emas.



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish