Ommaviy axborot vositalaridagi media
kontentni tushunish. O‘quvchilarda media
savodxonlikni shakllantirish
Qarshiyeva Dilnoza O‘tkirjonovna
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hududiy markazi
Bugun mediasavodxonlik –
axborotning nega va nima uchun
uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu axborotni
kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan
savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy
yondoshishi lozim.
Mediasavodxonlik tushunchasi
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi
xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro
sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi,
tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va
siyosiy mazmunini tushuna
olishi demakdir.
Ingliz
siyosatshunosi R.Kibey esa
mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish,
ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia
hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan
foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul
qilishni oladi, deydi.
Fikrimizcha,
mediasavodxonlik
yuqorida
bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot
vositalari
orqali
uzatiladigan
barcha
axborotga
tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir
uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda
yondashish hamdir.
Siz qaysi ijtimoiy tarmog‘idan ko‘proq
foydalanasiz?
Siz qaysi kanal ma’lumotlarini doimiy kuzatib
borasiz va nima uchun?
Berilayotgan yangiliklar uzatish usullari sizga ma’qulmi?
Mavzu
- dolzarb, jarangdor, qisqa, aniq, lo‘nda va
jozibador bo‘lishi;
Yangilik uzatish usullari-
matn, video, audio,
taqdimot, infografik qisqa viorolik shakllardan foydalanish;
Epizod va stikerlardan foydalanish-
mavzuga doir,
kerakli ma’lumotlarga mos, o‘ta ko‘p bo‘lmagan sonda
ishlatish;
Matnlarda orfografik va texnik xatolarsiz
bo‘lishi;
Yangiliklarning mavzusiga e’tibor berish
Mediasavodlikni rivojlantirish
Maqolalarni to‘liq o‘qish, orfografik
xatolarga e’tibor berish;
Rasmiy kanallarning xabarlarni o‘qib
borish;
Maqolalarga fikr-mulohazalar bildirish va
berilgan fikr-mulohazalarni o‘qib chiqish;
Medisavodxonlikning
maqsadi-har bir medianing ustuvorliklari va
kamchiliklarini tushungan holda
ular tomonidan tarqatilayotgan
axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish bo‘lsa,
asosiy vazifasi-
insonlar tomonidan iste’mol
qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan
holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda
fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.
Telegra.ph da yangiliklarni tayyorlash.
Asosiy mavzu
Matn
Matnni chop
etish, ko‘rish
holatiga o‘tkazish
https://www.renderforest.com
Onlayn tayyor animatsion
roliklar tayyorlaydigan dastur
renderforest.com
•
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
•
rasmiy veb-sayti
•
http://www.sammoi.uz
•
maxsus rasmiy telegram kanal
•
https://t.me/sammohm
Do'stlaringiz bilan baham: |