Xo‘sh, bundan maqsad nima? - Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.
Ikkinchi maqsad - Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba'zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin.
Buyumlarning Internet tarmog‘i orqali o‘zaro muloqoti. - Buyumlar orasidagi ilk Internet orqali muloqotni amalga oshirgan maishiy texnika bu – tosterdir. Bu texnologiyani ilk bor Massachusets texnologiya instituti bitiruvchisi Jon Romkin amalda sinab ko‘rgan. U 1990-yilda TCP/IP protokoli orqali tosterni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalangan.
- 1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budil’nik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Internet ashyo» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |