Key words:
language, emotion, national character, national mentality, nation, tradition.
Til hech qachon insoniyatdan xoli mavjud bo’la olmaydi va, albatta, insoniyat ham uning
yordamisiz taraqqiy eta olmaydi. Chunki til va inson tushunchalari bir-biridan ajratib bo’lmas
hodisadir. Tilda bizni o’rab turgan atrof-muhit o’z ifodasini topadi, shuningdek, u biz yaratgan
madaniyatni ham o’zida aks ettiradi, saqlaydi va kelajak avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun tilni
madaniyat tashuvchisi desak ham bo’ladi.U shunday kuchga egaki, go’yo insoniyat uning oldida
ixtiyorsiz qulga aylanadi. Chunki biz dunyoga kelar ekanmiz, o’z ona tilimizning ta’siri ostida
borliqni idrok etamiz, tilimiz asragan madaniyatni qabul qilamiz va unga ergashamiz.
E.M.Vereshagin aytganidek: “Odamzot rus yoki nemis yoxud yapon bo’lib tug’ilmaydi, balki unga
mos ijtimoiy guruh doirasida o’sha millat kishisiga aylanadi”[1,61]. Shunday ekan, biz o’z tilimiz
va u ichiga olgan madaniyatning mahsulimiz.
Til o’z so’zlashuvchilarini aks ettiradi, shu bilan birga ular tashkil etgan jamiyatning milliy
xarakteri va mentaliteti ham unda o’z ifodasini topadi. “Mentalitet” tushunchasi tilshunoslik
sohasiga kiritilganiga hali ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, hozirda juda keng doirada qo’llanilmoqda. Tor
ma’noda mentalitet “fikrlash doirasi, dunyoqarash” mazmunida foydalanilsa, keng ma’noda esa
xalqning axloqi, tarbiyasi va tasavvuri sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasini tilshunos V.fon
Gumboldt qarashlarida ko’rishimiz mumkin. Uning fikricha, mentalitet – bu xalqning nafaqat tilida,
balki adabiyoti, dini va boshqa ma’naviy jabhalarida ham o’z aksini topgan xarakteridir. Shunday
ekan, tadqiqot ob’yektimiz bo’lgan his-hayajonni ifodalovchi til vositalari xalqning urf-odatlari,
ijtimoiy qatlami, turmush tarzi, siyosati, tarixi, geografik o’rni va hatto dini bilan ham chambarchas
bog’liq [2,285]. Mеntalitеt bu individ yoki ijtimoiy guruhning, millatning dunyoni ma’lum bir
tarzda tushunish va harakat qilishga tayyorligi, moyilligidir. Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida
shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur tarzi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil
etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati, jamiyat,
millat yoki shaxsning mеntalitеti, o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod
va irimlarini ham qamrab oladi. Jamiyat, millat, elat, yoki shaxsning mеntalitеtini o‘rganish va
aniqlash nihoyatda katta ehtiyotkorlikni hamda jiddiy yondashuvni talab qiladi. Mеntalitеtni faqat
millatning soni, tarixining boy yoki qashshoqligi, millatning qaram yoki tobеbo‘lishi yoki
kapitalistik formatsiyaga mansub emasligi bilangina aniqlashga urinish jiddiy xatolarga olib kеlishi
mumkin. Uni aniqlash uchun juda ko‘p omillar e’tiborga olinishi va boshqa millatlardan farqlay
Do'stlaringiz bilan baham: |