СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№2 | 2021
68
egallaydi.Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida milliy mafkura
manfaatlariga mos bo’lib tushadigan o’z milliy xarakter idealini yaratadi.Shu davrdagi xarakter tipi,
ruhiy holatlar kishilarning yashash tarzini aks ettiradi.Xalqning butun tarixi davomida orttirgan har
bir xarakter hislatlarining vujudga kelishi kishilar ruhiyatiga atrofdagi voqeliklarning uzoq vaqt
davomida ta’sir etib turishi bilan bog’liqdir. Milliy xarakterga qanday ruhiy xislat va sifatlarni
kiritish mumkin? Shuni ta’kidlash kerakki, “milliy xarakter” tushunchasi haqida hali ham umumiy
bo’lgan bir xil qarash mavjud bo’lmasada, lekin unga kiruvchi xislatlar to’g’risida umumiy bo’lgan
fikrlar mavjud.Ko’p tadqiqotchilar milliy xarakterga, mehnatga munosabat (mehnatsevarlik),
vatanparvarlik, erksevarlik, jangovorlik, dovyuraklik kabi xislatlarni kiritishadi. Bizning
fikrimizcha, yuqoridagi xislat va sifatlar bilan bir qatorda milliy xarakter tarkibiga yana millatning
boshqa xalqlarga bo’lgan munosabati va shu millat vakillarining o’zaro munosabatlarini belgilovchi
xususiyatlar ham kiradi. Bu esa bevosita shu xalqning tilida, boy madaniy merosida o’z aksini
topadi.Milliy xarakterni tadqiq etishdagi asosiy qiyinchilik shundaki, bir xalqqa yoki millatga xos
bo’lgan xislatlar boshqa millat vakillarida ham uchrashi mumkin.
Darhaqiqat, hissiy holatlarning qaysi bir xususiyatini olib ko’rmaylik, albatta u barcha
xalqlar va millatlarda ham mavjud ekanligini ko’ramiz. Masalan, baxt, quvonch, kulgu, tabassum,
sog’inch, sevgi-muhabbat kabi hissiy holatlar hamma xalqlarga xos bo’lgan xususiyat bo’lgani
holda, bular o’zining namoyon bo’lishi, tuzilishi jihatdan barcha xalqlarda bir xil kechmaydi. Zero,
xarakter xislatlarini keltirib chiqaruvchi yashash tarzi, tarixiy taraqqiyot va faoliyat sharoitlari
aynan bir xil bo’lmaganligi sababli, yuqoridagi emotsional holatlarning namoyon bo’lishi ham
ularda aynan bir xil bo’lolmaydi. Masalan, Kavkazdagi tog’li xalqlarni o’rgangan tadqiqotchilar
ularda jangovorlik, mag’rurlik, jizzakilik kabi his-hayajon holatlarining kuchli ekanini e’tirof
etishadi. Ulardagi bu xaraktertog’li xalqlarning tashvishli va xavf-xatarga to’la hayotiga moslashish
zaruriyati natijasidir. Demak, insoniyat ruhiyatining shakllanishida, avvalo, yashash sharoitining
ham ta’siri kuchli ekan. Bunga yana misol sifatida Gollandiya xalqlarini olaylik. Ularning yashash
sharoiti doimiy mehnatni va yerga ishlov berishni talab qiladi, shu sababli, ularning milly
xarakterida tirishqoqlik va sabot bilan mehnat qilish xislatlari birinchi o’rinda turadi. Gollandlar o’z
farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratar ekanlar va bolalariga kaftlaridagi
egri-bugri chiziqlarni ko’rsatib, “M” man - odam , “W” work - mehnat deb yoshligidanoq uqtirar
ekanlar. Qarangki, bizning o’zbek xalqimiz ham mehnatsevarlik xislatini juda ulug’laydi. Chunki
qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz dehqonchilik, chorvachilik, mirishkorlik bilan shug’ullanib
kelganlar va bu mehnatkashlik bizning qonimizda ham saqlanib qolgan xarakterimizning bir
qismidir. Yana shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, har bir xalqning mehnatsevarligi turli
ko’rinishda kechadi.Masalan, o’zbeklar ham, qozoqlar ham, ikkalasi mehnatkash xalq.Lekin
ularning mehnatsevarligi faoliyatining turli sohalarida turlicha namoyon bo’ladi.O’zbeklarda u
dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanish jarayonida namoyon bo’lsa, qozoqlarda esa
chorvachilik bilan bog’liq mehnatlarda ko’rinadi. Bir necha asrlar davomida o’zbeklar dehqonchilik
bilan shug’ullanib kelgan, shu boisdan ularda mahsulot ishlab chiqarishning asosiy omili bo’lgan
yerga nisbatan ehtiyotkor, tejamkorona munosabatda bo’lish, unga bo’lgan mehr-muhabbat
xususiyatlari vujudga kelgan. Shu boisdan, o’zbek nutqida ona-yer, ona-tuproq, ona-zamin kabi
yerni ulug’lovchi iboralarga ko’plab duch kelamiz.Bu o’zbek milliy xarakterining lisonda aks etgan
bir namunasi, xolos. Agar biz millatga xos hissiy holat va mentalitetni tildagi aksini chuqurroq
tahlil qilib o’rgansak, bundanda ko’proq namunalarga duch kelamiz. Yer yuzidagi har bir xalq
o’ziga xos ruhiy holatlarni namoyon etadi.Ammo, bu milliy xarakterni mutloqlashtirib yuborish
kerak degani emas. Boshqa xalqlarda va millatlarda uchramaydigan, faqat bir xalqqagina hos
bo’lgan sof emotsional holatlar umuman uchramaydi. Milliy xarakterga oddiy shaxslar
xarakterining yig’indisi deb qarash ham noto’g’ri. U ommaviy fenomen sifatida, individual
xarakterlarning umumiy bo’lgan xislatlari ijtimoiy jihatidan qayta ishlanib, yangi, maxsus sifatga
aylangan vaqtda tarkib topib namoyon bo’ladi.Masalan, xor ovozi hech bir xor qatnashchisining
ovoziga o’xshamagandek, milliy xarakter ham birorta millat vakilining xarakteriga o’xshamaydi,
yoki millat xarakteri hech bir millat vakilida tugalligicha aks etmaydi.Miiliy xarakter o’zgarmas,
turg’un narsa ham emas.U tarix mahsuli. Shuning uchun ham uni vujudga keltirgan tarixiy, ijtimoiy,
Do'stlaringiz bilan baham: |