Interfaol ta`lim va uning didaktik imkonIyatlari Aralov Otabek Abduxamitovich



Download 42,04 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi42,04 Kb.
#66555
Bog'liq
Sardoba tumani 18-sonli maktab Aralov Otabek Abduxamitovich


Interfaol ta`lim va uning didaktik imkonIyatlari



Aralov Otabek Abduxamitovich.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 18-umumta`lim maktabi informatika fani o`qituvchisi. Magistr

Telefon: +998932934013



Annotasiya: Uzluksiz ta`lim jarayonini isloh qilishda multimediali interfaol o`quv-uslubiy majmualar yaratish, uni loyihalash usullari, shuningdek, yaratishga qo`yiladigan asosiy psixologik-pedagogik talablar keltirilgan.

Kalit so`zlar: Veb-manba, multimediali dars, multimediali darslik, multimediali kurs.

Bugungi kunda sir emaski, mamlakatimizda barcha sohalar kabi uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish orqali umumta`lim maktablarini yangi sifat bosqichiga ko`tarish shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lib qoldi. Ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, jahon ta`lim tizimiga raqobatbardosh milliy ta`lim tizimini yaratishga juda katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta`limni rivojlantirish darslarni qiziqarli, amaliy hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni taqazo etmoqda. Ayniqsa, mustaqil ta`lim hamda masofaviy ta`limga e`tibor qaratilayotgani, endilikda o`quvchiga oson va qulay bo`lishi uchun multimediali interfaol o`quv uslubiy majmualar (MIO`UM) yaratish davr talabi bo`lib qolmoqda.

MIO`UM – davlat ta`lim standarti asosida sinflar kesimi bo`yicha fanlarning alohida muhumroq bo`limlariga oid elektron nashr bo`lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:


  • Fanning dasturiga mos kelishi va oquv-uslubiy nashrlarga qo`yilgan talablarga javob berishi kerak;

  • U mutloq yangi yoki birinchi marta e`lon qilinayotgan bo`lishi, shuningdek, umumiy, maxsus va fakultativ darslarga mo`ljallangan bo`lishi ham mumkin;

  • sinf yoki bo`limning mazmunini ochib berishi, o`quv-uslubiy maqsadga erishish uchun yetarli hajmga ega bo`lishi lozim;

  • o`quv-uslubiy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi ovozli, illyustrativ elementlarni o`z ichiga olish, ya`ni undan kompyuterning multimediali imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish lozim;

  • MIO`UMda boshqa boblar, mavzular, kerakli atamalarga gipermurojaat qilish, zarur bo`lganda tashqi veb manbalarga va resusrslarga murojaat qilishni o`zida jamlashi kerak;

  • o`quvchining o`quv materialini o`zlashtirish va mustaqil baholash uchun o`z-o`zini tekshirish imkonini beruvchi nazorat savollariga ega bo`lishi kerak.[1]

MIO`UMni yaratish jarayoniga turli yo`nalish bo`yicha mutaxassislarni jalb etish zarur. Hech bo`lmaganda, ularning fikrlarini o`rganib chiqish kerak. Bu mutaxassislarga o`qituvchi, psixolog, testolog (o`qitish natijalarini nazorat qilish usullari bo`yicha mutaxassis), shakllar dizayneri yoki veb-usta, dasturchilar kiradi.

MIO`UM ham xuddi boshqa qo`llanmalar singari ta`lim mazmunini tashuvchi va o`qitish omili bo`lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda MIO`UMning multimediali dars, multimediali darslik, multimediali kurs turlari mavjud.

MIO`UMni yaratishni loyihalashda quyidagi asosiy psixologik talablar qo`yiladi:



  • mazmunning ilmiyligi;

  • ochiqlik;

  • maqsadga yo`nalganlik;

  • motivlashtirishni ta`minlash;

  • kirish nazoratini mavjudligi;

  • o`qitishni individuallashtirish;

  • o`qitishni hamkorlikda olib borishni ta`minlash;

  • mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirish;

  • tizimli teskari aloqani ta`minlash;

  • rivojlangan yordam tizimining mavjudligi;

  • o`quv materiali to`liqligi;

  • intelektual yadroning mavjudligi;

  • pedagogik egiluvchanlik;

  • ikki tomonlama muloqatni ta`minlash;

  • orqaga qaytish imkoniyati;

  • o`quvchining refleksi uchun maxsus ajratilgan joyning mavjudligi;

  • o`qitish jarayonining borishi va uning natijalarini hujjatlashtirish imkoniyati;

  • tuhunarli, qulay interfeysning mavjudligi;

  • dasturning statistik (matnli, grafik, illyustrativ) qismlarning aniq nusxasini olish imkoniyatini ta`minlash;

  • rivojlangan qidiruv tizimining mavjudligi.

Keyingi bosqichlarda MIO`UMni bezash usullari ishlab chiqiladi. Bezash jarayonida ham, albatta, mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, ta`lim olish jarayonida MIO`UMlardan foydalanish o`quvchilarni mustaqil bilim olishi, mantiqiy firklashi, faqat o`quv muassasalarida emas balki, istalgan joyda bilim olishlarini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.



Adabiyotlar:

  1. Fizika, matematika va informatika. Ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent-2019. №1, B-67-80

  2. N.I.Taylaqov. elektron darslik yaratishga qo`yiladigan talablar// Xalq ta`limi.-2005. -№2. – B.17-20

  3. Fizika, matematika va informatika. Ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent-2019. №2, B-18-25

Download 42,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish