Interfaol ta’lim metodlari


«Tarixdan 8 bosqichli tizim» qo’llanmasining 33 ta foydali jihatlari



Download 1,84 Mb.
bet4/7
Sana31.10.2019
Hajmi1,84 Mb.
#24721
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Interfaol ta

«Tarixdan 8 bosqichli tizim» qo’llanmasining 33 ta foydali jihatlari:


Siz pedagogmisiz?

Maktabdagi va tayyorlov darslaringiz qiziqarli va sifatli bo’lishini xohlaysizmi? Ushbu qo’llanma sizga yordam beradi.



Sizga taklif etilayotgan 6-sinf tarix darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha 8 bosqichli tizimning afzalliklari quyidagicha:

  1. Tarix fanining 100% oʼzlashtirilganini tekshirish imkoniyati mavjudligi;

  2. 1 kunda 5 ta mavzuni tez va mustahkam o’zlashtira olish imkoniyatini taqdim etadi;

  3. Kuniga kamida 20 ta atamalarni  tez yodlash ko’nikmasini shakllantirishga yordam beradi;

  4. 6-sinf qadimgi dunyo tarixi fanining har bir mavzusi yuzasidan 8 bosqichli tizim asosida shakllantirilgan topshiriqlar 100% darslikni qamrab olganligi bois umumiy  o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey o‘quvchilari, tarix fanidan olimpiada ishtirokchilari, abituriyentlar tarix fanini mukammal o‘rganish uchun juda katta amaliy yordam beradi;

  5. Darslikda berilgan har bir mavzu yuzasidan oddiy va murakkab testlar mavjudligi;

  6. Darslikda berilgan bo’limlar yuzasidan takrorlash uchun oddiy va murakkab testlar mavjudligi;

  7. Darslikda berilgan har bir mavzu yuzasidan savol-javoblar mavjudligi;

  8. Darslikda berilgan yillar, sanalar hamda atamalar ishtirokidagi boshqotirmalar mavjudligi;

  9. Innovatsion progressiv metodlar asosida topshiriqlar mavjudligi;

  10. Tarixiy voqealar qaysi davrda yuz berganligini izohlay olish ko‘nikmasini shakllantiradi;

  11. Tarix fani o‘qituvchilari tarix darslarida har bir o‘quvchiga guruh doirasida yoki individual ishlash uchun kerak bo‘ladigan xilma-xil topshiriqlar bosqichma-bosqich mavjudligi;

  12. Xatolarni topib, to’g’rilay olish qobiliyatini shakllantiradi;

  13. Tarix fanini mukammal o’rganuvchilar bilan sog’lom raqobatlashish uchun zamin hozirlaydi;

  14. Oliy o’quv yurtiga kirish uchun mo’ljallangan DTM testlarning mavjudligi ( O’quvchi xuddi o’zini imtihonda test topshirayotgan abiturientdan his qiladi)

  15. Qiziqarli boshqotirmalardan iborat bo‘lgan “Raqamli tarix” ta’limiy o‘yinining topshiriqlari orqali tarix fanini o‘rganishning eng murakkab tomonlaridan biri hisoblangan sanalar va statistik ma’lumotlarni o‘quvchilarni qiziqtirgan holda ularning xotirasida saqlab qolishida yordam beradi;

  16. Yillar va raqamli ma’lumotlarni eslab qolish  ( tarixiy sana , tarixiy yillar)

  17. Topshiriqlar soddadan murakkabga qarab yo’naltirilganligi;

  18. Kitobni tez o’qish usullaridan foydalanib tuzilgan topshiriqlar

  19. Maktab o’qituvchilarining o’z o’quvchilarini «Bilimlar bellashuvi», «Fan olimpiada» lariga kam energiya sarflab, yuqori natijaga erishish imkoniyati;

  20. Tarixiy rasmlarni, tarixiy xaritalarni eslab qolish ko’nikmasini shakllantiradi;

  21. Qo’llanma bir vaqtning o’zida ham maktab o’quvchilari, ham akademik litsey o’quvchilari va abituriyentlarga mo’ljallanganligi;

  22. Qisqa xotirani kuchaytirish;

  23.  O’quvchining uyda mustaqil tayyorlana olishini ham hisobga olgan holda qo’llanma tayyorlanganligi;

  24.  Voqealarni  tahlil qilishni o’rgatadi;

  25. Dunyoqarashni kengaytiradi;

  26. E’tibor va ziyraklikni oshiradi;

  27. Aqliy salohiyatni oshiradi;

  28. Ma’lumotlarni  tez va uzoq vaqtga eslab qolishi uchun zamin hozirlaydi;

  29. 12 yoshdan yuqori bo’lgan barcha yoshdagi kitobxonlar uchun mo’ljallanganligi;

  30. Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun olinadigan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish davomida har xil kitoblarni, qo‘llanmalarni izlab o‘tirmasdan hammasi bittada mujassamlashtirilgan to‘plamga ega bo‘ladi;

  31. Xotirani chiniqtirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, aqlni peshlashga, intellektual salohiyatni kengaytirishga yordam beruvchi krossvordlarning  mavjudligi;

  32. 2019-yildan DTM test topshiriqlariga kiritilgan xaritali, rasmli hamda jadvalli testlar mavjud

  33. O‘quvchilarda izlanuvchanlikni vujudga keltiradi.

Ushbu qo‘llanma orqali farzandingiz nafaqat tarix faniga oid ma’lumotlarni mukammal bilishi, balki fikrlash qobiliyatini kengaytirishga hamda innovatsion yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirishga amaliy yordam beradi. Bu esa kelajakda farzandingiz qaysi kasb tanlashidan qat’iy nazar unda shakllangan innovatsion yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlari ish faoliyatida yuqori natijalarni zabt etib, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishida asqotadi.

O‘quvchi har bir bosqichda berilgan topshiriqlar mavzularni mukammal o‘rganibgina qolmasdan, turli ko‘rinishdagi boshqotirmalar orqali mantiqan fikrlash qobiliyati oshadi. Eng muhimi, o‘quvchining bilimi  chigʼiriqdan-chigʼiriqqa shakllanib boradi.

Oddiy o‘qituvchi bilan zamonaviy o‘qituvchining farqi, oddiy o‘qituvchi kitobdagi ma’lumotlarnigina o‘rgatsa, zamonaviy o‘qituvchi mantiqan fikrlashga ham o‘rgatadi.

Farzandingizga kitob tanlashda adashmang!!!

Ushbu qo‘llanma mualliflari Shuxrat Nurgaziyev va Ilyosxo‘ja Bekmirzayevlar tomonidan yangicha yondashuv asosida yaratilgan «Muhim so‘zlar» hamda «Raqamli tarix» o‘yini singari ta’limiy o‘yinlarni keyingi sinflar uchun mo‘ljallab chop etiladigan  qo‘llanmalarimizda berib boramiz.  Masalan: 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha chop etiladigan qo‘llanmamizda «Egizaklar» o‘yini asosida shakllantirilgan topshiriqlarni Sizlarga taqdim etamiz. Odam qiziqish bilan o‘rgangan narsasini bir umr unutmaydi.

O‘zbekistonda ta’lim tizimida tarix fani bo’yicha ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu innovatsion loyiha siz va o’quvchilaringiz uchun manzur keladi degan umiddamiz.

Ushbu qo’llanma Xalq ta’limi a’lochisi Shuhrat Nurg’oziyev va Ilyosxo’ja Bekmirzayev tomonidan yaratilgan.



Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. 

Hozirgi ta’lim metodlarining asosiy turlari


 

Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma- xil hamda ko’p sonli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu metodlarning xdr biri muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo’lib, uning o’rniga boshqa metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod ushbu maqsad uchun mos emas ekanligi ma’lum.



Shu sababli ta’lim metodlarining kaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Lekin bu masala hozirgacha to’liq o’rganilgan emas. Bu masala avvalo ta’lim metodlarini ma’lum belgilariga ko’ra turlarga ajratib olish va ularning asosiy xarakteristikalarini aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini turlarga ajratish dolzarb masaladir. Buni hal qilish uchun zamonaviy ta’lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo’lgan asosiy belgilarini aniqlab olish lozim. Bu belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:

Bajaradigan vazifasiga, ko’zda tutiladigan natijaga, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo’nalishlariga, ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga, o’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar.


Shu belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Bajaradigan vazifasiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Nazariy bilim berish metodlari.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’rgatish metodlari.

Amaliy mashklar bajarishni o’rgatish metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni nazorat qilish metodlari va boshqalar.

2. Ko’zda tutiladigan natijaga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mashg’ulot sifati va samaradorligini oshirish.

Ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Ta’lim oluvchilarning iqtidorlari yo’nalishlarini aniqlash.

Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Yuqori o’zlashtirishlariga erishish:

Bilimlarni o’zlashtirishlariga erishish.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlariga erishish.

Faolliklarini oshirishga erishish..

Qiziqishlarini orttirishga erishish..

3. Ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Mustaqil qarorlar qabul qilishga o’rgatish.

Vazifalarni mustaqil bajarishga o’rgatish.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini faollashtirish.

Tanqidiy fikrlashga o’rgatish.

4. Pedagogik va psixologik yo’nalishlariga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Interfaol ta’lim metodlari

Didaktik uyinlar metodlari

Muammoli ta’lim metodlari

O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim metodlari

Differenstial ta’lim metodlari

Yakka (individual) ta’lim metodlari

Evristik ta’lim metodlari

Dogmatik ta’lim metodlari

Reproduktiv ta’lim metodlari

Produktiv ta’lim metodlari

Ijodiy ta’lim metodlari.

Badiiy ta’lim metodlari.

Estetik tarbiya va ta’lim metodlari.

Jismoniy tarbiya va sport ta’limi metodlari.

Mehnat ta’limi va tarbiyasi metodlari.

Maxsus ta’lim metodlari.

Katta yoshdagilar ta’limi metodlari va boshqalar.

5. Ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Oliy ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mos metodlar.

Umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maxsus ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

6. Ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Ijtimoiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Tillarni o’qitishga mos metodlar.

Tabiiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Aniq fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Amaliy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Texnika fanlarini o’qitishga mos metodlar va boshqalar.

7. Nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Nazariy bilimlarni o’rgatishga mos metodlar.

Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga mos metodlar.

Har turli texnika vositalaridan foydalanish, ularni boshqarishni o’rgatishga mos metodlar.

Axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatishga mos metodlar.

Kasb-hunarlarni o’rgatishga mos metodlar va boshqalar.

8. O’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Yozma ishlar bajarish: diktant, bayon, insho va sh.k.

Nazorat ishlarini bajarish: joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari.

Mashqlar bajarish.

Masalalar echish.

Mustaqil ishlar bajarish.

Og’zaki so’rov (savol-javoblar), imtixon, sinov.

Test sinovlari va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan ta’lim megodlarining turlari ma’lum darajada shartli bo’lib, bu esa, har bir ta’lim metodi bir vaqtda bir nechta sifat va xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog’liq. Shu sifat va hususiyatlarning eng umumiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

So’zlash va tinglashga asoslangan metodlar.

So’zlash, tushuntirish va tinglashga asoslangan metodlar.


So’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlar.

Monologik ma’ruza metodi.
Suhbat metodi.
Savol-javoblar metodi.
Bahs, munozaralar metodi.
Ishchanlik o’yinlari metodi.
Rolli o’yinlar metodi.
Didaktik o’yinlar metodi.
Hamkorlikda ishlash metodi va boshqalar.

Ta’lim metodlarining ushbu umumiy belgilari so’zlash- tinglash, ko’rsatish-kuzatish, tushuntirish-fikrlash, mustahkamlash-takrorlash jarayonlaridan iborat bo’lib, bu belgilar aslida har bir metod uchun xosdir. Bunday umumiylik ta’lim metodlarini amalda qo’llashda birmuncha keng imkoniyatlar berishi tabiiy. Bu esa, ta’lim metodlarini ma’lum maqsad bo’yicha tanlashda hisobga olinishi zarur omildir.

“Yozma bahslar” metodi


Bu metod o’quvchilarga o’quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu onda jamoatchilik fikrini to’lqinlantirayotgan mavzularda muloqotlarni rejalashtirish imkonini beradi. Uslub o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratish, munozara madaniyatini o’rgatish va o’z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlatirishga xizmat qiladi.

Bu metoddan foydalanishda o’qituvchi o’quvchilarni baholash uchun asos xizmatini o’tovchi ajoyib materialga ega bo’ladi. Yozma bahslar uslubiyoti bunday muloqotlarni o’quv xonasidagi barcha o’quvchilar ishtirokida yozma shaklda o’tkazish imkonini beradi.


Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:


  1. O’quvchilar bahs mavzusi bilan oldin o’tkazilgan mashg’ulotda tanishadilar. Bahs arafasida o’qituvchi bo’lajak mavzu to’g’risida o’quvchilarga axborot berar ekan, bahslar qay yo’sinda o’tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta, bahslar birinchi marta o’tkazilayotgan bo’lsa, juda ham muhimdir).

  2. O’qituvchi guruh o’quvchilarini ikkiga ajratadi va ularni o’quv xonasining ikki tomoniga qator qo’yilgan stollar atrofiga yuzma-yuz holatda o’tkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtayi nazarni himoya qilishlarini belgilaydi (masalan, 1 -guruh – ijobiy holat joriy qilinishi tarafdorlari, 2-guruh – bunga qarshilar).

  3. Shundan so’ng o’qituvchi O’quvchilarni juftliklarga ajratadi, har bir juftlikda qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari bo’lishi kerak. Juftliklarni tartib raqami yoki alifbo harflari bilan belgilanadi. Agar o’quv xonasida o’quvchilar soni toq bo’lsa, o’qituvchi munozaraga yetishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. O’qituvchi 1-guruh o’quvchilariga (keltirilgan misolda – ijobiy holat joriy qilinishi tarafdorlari) har bir juftning raqami (harfi yoki ramzi) bilan belgilangan katak qog’oz varaqlarini tarqatadi

  4. O’quvchilar o’quv xonasining ikki tomonida o’tirib, juftma- juft yozma muloqotni boshlaydilar. 1-guruh o’quvchilariga o’zlari makullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog’oz varag’iga puxta tahrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtda 2-guruh o’quvchilari o’zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bulgan nuqtayi nazarlarini isbotlashlari mumkin.

  5. Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatning joriy qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juftlik bo’yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o’z qarshi dalilarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.

  6. Dalillar almashishning bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi bunda har bir o’quvchi sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishi va o’zining aks dalilini keltirishi shart. O’quvchilarning bilimlarini aniqlash uchun 3-4 raund etarlidir. Ohirgi raundda o’quvchilarga yakuniy paragrafni yozish imkoni beriladi. Shundan so’ng yozma ish yig’ib olinadi.

  7. Bahslarni samarali yakunlashning eng qulay shakli – ikkala tomonga qaratilgan savoldir: “Qarshi tomonning eng yaxshi dalil- isbotlari qaysilar bo’ldi?” Har ikkala tomon vakillari qarshi taraf yozgan fikrlarni o’qib yuqoridagi savolga javob beradilar.

  8. O’qituvchi ishni yakkama-yakka yoki juftlik bo’yicha baholashi mumkin. Agar o’qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo’lsa, bu haqda o’quvchilarni darsning boshidayoqogohlantirishi kerak.

Ta’lim muassasalaridagi mashg’ulotlarda yozma bahslar usulidan foydalanish davomida quyidagi jadval ko’rinishda keltirilgan tarqatma materialdan foydalanish mumkin:

1-jadval


Yozma bahslar” metodi bo’yicha javoblarni asoslab yozish varag’i namunasi

 


Baxs mavzusi:

Ha            ·        Bu javobni asoslang.

·        Dalil keltiring.



yo’q          ·        Bu javobni asoslang.

·        Dalil keltiring.


Masofaviy ta’lim metodlari


Masofaviy ta’lim (lotincha “distanstiya” – masofadan foydalanish) o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o’qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo’lib, unga ko’ra ta’lim jarayoni yangi axborot texnologiyalari, multimedia tizimi yordamida tashkil etiladi. U O’quv fanlari bo’yicha o’zlashtirish samaradorligini ta’minlash; idrok etish qobiliyatini rivojlantirish kabi imkoniyatlarga ega. Kompyuter ta’limi masofaviy ta’limning o’ziga xos turi sanaladi.

Masofaviy ta’lim metodi o’z tarkibiga birqancha ta’lim shakllarini oladi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.


Internet konferensiyalar – ta’lim metodi


Internet konferenstiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog’i orqali konferenst aloqasi yordamida o’zaro axborot almashinishi jarayonidir.

Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga shaxslar doirasi cheklangan bo’ladi. Adabiyotlarda telekonferenstiya atamasini ko’p uchratish mumkin. Telekonferenstiya o’z ichiga konferenstiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferenstiyalarini oladi. Kompyuter konferenstiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p bo’lishi mumkin.


Audiokonferensiyalar


Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikastiyalarii saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Ikkitadan ko’p ishtirokchi so’zlashuvda qatnashishini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi tizimi audiokonferenstiyalarni o’tkazish uchun qo’llaniladigan eng oddiy texnika vositasi hisoblanadi. Audiokonferenstiyalarni tashkil etish kompyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda tutadi. Audiokonferenstiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi, u arzon ham qulay.

Videokonferensiyalar


Videokonferensiyalar ham audiokonferenstiyalar qanday maqsadlarga mo’ljallangan bo’lsa, shunday maqsadlarga mo’ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo’llaniladi. Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi. Videokonferensiyani o’tkazish kompyuter va monitorlar bo’lishini talab etadi.

Masofadan turib muloqotning videokonferensiya shakli 1964 yilda AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan   Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi. Bu qurilma yordamida ishtirokchilarning masofadan bir- birlariny real vaqtda ko’rib turgan holda muloqotlarini tashkil qilingan.

Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari ekranda o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Shunisi bilan videokonferensiya shaklida masofadan turib interfaol o’qitish tizimi Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan hamda radio yoki televidenie orqali ma’ruza o’qishdan farq qiladi. Videokonferensiyada tashqi elektron doskadan foydalanilganda o’qituvchi doskaga yozadi va uni videokonferensiya aloqasi ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.

Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ham ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan professor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.



Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:

a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;

b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.

Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunda uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilarda ta’limni o’zlashtirish samaradorligi oshadi.


FORUMLAR – TA’LIM METODI


Forum tushunchasi. Internet tarmog’ida forumlar veb-sayt ko’rinishida bo’ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum – veb-­sayt tashrif buyuruvchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb-sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb-saytiga tashrif buyurib, o’zini qiziqtirgan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.

Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo’lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Forumni o’tkazishda biror mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo’yiladi. Qatnashuvchilar muzokara jarayoni bilan tanishib, o’z fikrlarini jo’natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko’rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.



Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga medistina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi.

Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa, ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.



Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Medicinform.ru forumi — ushbu forum tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, u orqali kasalliklar va ularni davolash, dori vositalari va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin.

  • Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan.

  • Avtomobili.ru forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo’lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish mumkin.

  • Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o’yinlari forumidir. Bunda o’yinlarning turlari, ularni o’ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.

  • WildDesign.ru forumi — bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan baxramand bo’lish mumkin.

  • Uforum.uz – milliy forumi. Uforum.uz milliy forum hisoblanib, u Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog’liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro’y berayotgan masalalar muhokamasini o’z ichiga oladi.

 

VEBINAR METODI


Vebinar metodi – zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o’tkaziladigan interfaol mashg’ulot turi. Vebinar metodi yoki “Webinar” texnologiya tushunchasi muloqotga 1998 yilda kirib keldi.

Vebinar metodida dars masofaviy seminar yoki konferenstiya shaklida Internet orqali bir vaqtda hozir bo’lgan talabalar bilan masofaviy ta’lim tizimida qo’llanayotgan ko’plab interfaol audio video aloqa vositalari yordamida jonli olib boriladi. Bu darslarni kelgusida kerak darajada foydalanish uchun yozib olish mumkin. Bu metodda olib boriladigan butun o’quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona o’quv dasturidagi izchillikda o’zaro uzviy bog’lanmaydi, ular alohida-alohida bir martalik darslardan iborat bo’ladi.



Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. 

Hozirgi ta’lim metodlarining asosiy turlari


 

Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma- xil hamda ko’p sonli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu metodlarning xdr biri muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo’lib, uning o’rniga boshqa metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod ushbu maqsad uchun mos emas ekanligi ma’lum.



Shu sababli ta’lim metodlarining kaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Lekin bu masala hozirgacha to’liq o’rganilgan emas. Bu masala avvalo ta’lim metodlarini ma’lum belgilariga ko’ra turlarga ajratib olish va ularning asosiy xarakteristikalarini aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini turlarga ajratish dolzarb masaladir. Buni hal qilish uchun zamonaviy ta’lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo’lgan asosiy belgilarini aniqlab olish lozim. Bu belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:

Bajaradigan vazifasiga, ko’zda tutiladigan natijaga, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo’nalishlariga, ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga, o’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar.


Shu belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Bajaradigan vazifasiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Nazariy bilim berish metodlari.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’rgatish metodlari.

Amaliy mashklar bajarishni o’rgatish metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni nazorat qilish metodlari va boshqalar.

2. Ko’zda tutiladigan natijaga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mashg’ulot sifati va samaradorligini oshirish.

Ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Ta’lim oluvchilarning iqtidorlari yo’nalishlarini aniqlash.

Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Yuqori o’zlashtirishlariga erishish:

Bilimlarni o’zlashtirishlariga erishish.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlariga erishish.

Faolliklarini oshirishga erishish..

Qiziqishlarini orttirishga erishish..

3. Ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Mustaqil qarorlar qabul qilishga o’rgatish.

Vazifalarni mustaqil bajarishga o’rgatish.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini faollashtirish.

Tanqidiy fikrlashga o’rgatish.

4. Pedagogik va psixologik yo’nalishlariga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Interfaol ta’lim metodlari

Didaktik uyinlar metodlari

Muammoli ta’lim metodlari

O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim metodlari

Differenstial ta’lim metodlari

Yakka (individual) ta’lim metodlari

Evristik ta’lim metodlari

Dogmatik ta’lim metodlari

Reproduktiv ta’lim metodlari

Produktiv ta’lim metodlari

Ijodiy ta’lim metodlari.

Badiiy ta’lim metodlari.

Estetik tarbiya va ta’lim metodlari.

Jismoniy tarbiya va sport ta’limi metodlari.

Mehnat ta’limi va tarbiyasi metodlari.

Maxsus ta’lim metodlari.

Katta yoshdagilar ta’limi metodlari va boshqalar.

5. Ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Oliy ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mos metodlar.

Umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

Maxsus ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.

6. Ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Ijtimoiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Tillarni o’qitishga mos metodlar.

Tabiiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Aniq fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Amaliy fanlarni o’qitishga mos metodlar.

Texnika fanlarini o’qitishga mos metodlar va boshqalar.

7. Nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Nazariy bilimlarni o’rgatishga mos metodlar.

Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga mos metodlar.

Har turli texnika vositalaridan foydalanish, ularni boshqarishni o’rgatishga mos metodlar.

Axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatishga mos metodlar.

Kasb-hunarlarni o’rgatishga mos metodlar va boshqalar.

8. O’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Yozma ishlar bajarish: diktant, bayon, insho va sh.k.

Nazorat ishlarini bajarish: joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari.

Mashqlar bajarish.

Masalalar echish.

Mustaqil ishlar bajarish.

Og’zaki so’rov (savol-javoblar), imtixon, sinov.

Test sinovlari va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan ta’lim megodlarining turlari ma’lum darajada shartli bo’lib, bu esa, har bir ta’lim metodi bir vaqtda bir nechta sifat va xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog’liq. Shu sifat va hususiyatlarning eng umumiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

So’zlash va tinglashga asoslangan metodlar.

So’zlash, tushuntirish va tinglashga asoslangan metodlar.


So’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlar.

Monologik ma’ruza metodi.
Suhbat metodi.
Savol-javoblar metodi.
Bahs, munozaralar metodi.
Ishchanlik o’yinlari metodi.
Rolli o’yinlar metodi.
Didaktik o’yinlar metodi.
Hamkorlikda ishlash metodi va boshqalar.

Ta’lim metodlarining ushbu umumiy belgilari so’zlash- tinglash, ko’rsatish-kuzatish, tushuntirish-fikrlash, mustahkamlash-takrorlash jarayonlaridan iborat bo’lib, bu belgilar aslida har bir metod uchun xosdir. Bunday umumiylik ta’lim metodlarini amalda qo’llashda birmuncha keng imkoniyatlar berishi tabiiy. Bu esa, ta’lim metodlarini ma’lum maqsad bo’yicha tanlashda hisobga olinishi zarur omildir.

“KUNDALIK DAFTAR” METODI


Kundalik daftar yuritish metodi. Guruhning har bir a’zosiga yon cho’ntak daftarchasi tarkatiladi. Unga, aytaylik, bir hafta davomida muhokama qilinadigan muammo bo’yicha tug’ilgan fikrlar qayd qilib boriladi. Barcha ishtirokchilarning yozib borgan fikrlari peshqadamlar tomonidan tahlil qilinib, tayyorlangan material ohirgi muhokamaga olib chiqiladi. Bu metod quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, tug’ilgan g’oya, aniq rastional taklif o’sha guruhning fikri darajasiga ko’tariladi, ikkinchidan, turli xildagi tortishuvlar, nuqtayi nazarlar guruh majlisigacha hal qilinadi, keskinlashgan nuqtayi nazarlar ham tekislanadi.

1-sxema

 

 



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish