Keywords:
"Brainstorming", "Boomerang", "Gallery", "Zig-Zag", "Stairs", "Museum",
"Rotastia", "Round Snow".
Boshlang’ich sinflarda Sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning
ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan
predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan
shu belgilar bilan
farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi . Sifat so’z turkumini o’qitishda
“Aqliy hujum”, “Davra suhbati”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-
zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” kabi interfaol metodlardan
foydalanilsa o’quvchilar ushbu mavzuni tezroq tushunishga erishadilar.
“Zig-zag”metodida o’quvchilar belgi bildirgan so’zlarning nutqimizdagi
ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib zig-zag usulida
o’qitiladi, keyin esa sifatlarini tushirib qoldirilib, so’ngra sifatlari bilan o’qib
beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning
belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi.
Har bir
o’qituvchining vazifasi o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni aniqlashi va ularning
yo’l qo’ygan xatolarini kuzatib,to’g’rilab borishdan iboratdir. O’qituvchi
o’quvchilarning chalkashishlaridan,
noaniq javoblaridan, hodisani esidan
chiqarishidagi,
taxminiy
javoblaridan
qoniqish
hosil
qilmasligi,
aniq
shakllantirilgan javob va tushuntirishlarini talab qilishi lozim. Nutqimizdagi so’z
boyligimizning katta qismi atrofimizdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlarning,
belgi-xususiyatlarning nomi sifatida vujudga kelgan. Bola maktabga kelgan
kunidan boshlab, ta’lim jarayonida tilning lug’aviy birliklarini o’zlashtirib boradi.
O’quvchi lug’atining boyishiga,
birinchi navbatda, uni o’rab olgan muhit, o’qish
faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan muloqot katta ta’sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinfda ona tilidan nazariy bilimlar, o’quvchilarni o’qishga
o’rgatish badiiy matnlar tahlili asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham
badiiy asar matnlari o’quvchilar lug’atini boyitishda va nutqini o’stirishda eng
asosiy manba
sanaladi
Boshlang’ich sinf ona tili ta’limida, jumladan, o’qish darslarida ham lug’at
ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Ona tili va o’qish darslarida lug’at
ustidagi ishlar o’rgatilayotgan mavzular va o’quv materiallari bilan bog’liq holda
olib boriladi. O’quvchilar ma’nosini bilmaydigan yoki aniq anglamaydigan so’zlar
barcha so’z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma’nosi biror usullar
yordamida o’quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o’quvchilarning nutqi bora-
bora qashshoqlashib boraveradi.
O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta’sirchan ifodalashga o’rgatishda belgi
bildirgan so’zlar – sifatlarni o’rgatishda ”Davra suhbati”metodi alohida o’rin
tutadi. Boshlang’ich sinf ona
tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, hajm,
xususiyat bildiruvchi ma’no turlari o’rganiladi. Biz mazkur maqolamizda rang
bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar lug’atini boyitish yuzasidan
olib borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad qilib oldik.
Bir qaraganda rang bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli
o’rinda foydalanadigandek ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich
sinf ona tili va
o’qish darsliklarida uchragan rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda
qo’llanadigan turlaridan o’quvchilar nutqda foydalanmayaptilar. CHunki rang
bildiruvchi sifatlarning ma’nosini – qanday rangni bildishini o’rgatishga e’tibor
berilmaydi. SHu sababli o’quvchilar ko’p hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat
ekanini farqlamaydilar.
Vaholanki, boshlang’ich sinf “Ona tili“ va “O’qish kitobi“ darsliklarida
o’quvchilar ma’nosini farqlamaydigan rang bildiruvchi sifatlar talaygina. Masalan,
darsliklaridagi
badiiy matnlarda
Do'stlaringiz bilan baham: