Dars usuli
|
Musobaqa
|
Dars jihozi
|
Didaktik
|
Darslik, tarqatma, osma plakat, rag’bat kartochkalar
|
Texnik
|
Kompyuter, manitor, interaktiv doska, slayd
|
|
Kutiladigan natija
|
Dars davomida faollik, mustaqil firlash, birovning fikrini tinglay olish, o’zaro hurmat
|
Dars mazmuni
|
t/r
|
Dars bosqichi
|
Metod tafsiloti
|
1
|
Tashkiliy qsim
|
Suhbat asosida kun tafsiloti, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish, ,,oltin” qoidani eslatish.
|
2
|
O’tilgan dars takrori
|
“Men sevgan asar qahramoni”mavzusida matn tayyorlash.(“Assesment”metodi orqali)
|
3
|
Yangi mavzu
|
She’r tahlili asosida mavzu tushuntiriladi.
|
4
|
Yangi mavzu mustahkamlash
|
“Sinkveyn” va”Blits-so’rov” metodlari asosida mavzu mustahkamlanadi.
|
5
|
O’qituvchi xulosasi
|
“Suhbat”asosida
|
6
|
Uyga vazifa
1. 4ta o’z she’ringizdagi qofiya so’zlarni va qofiya turini aniqlash;
2. A.Oripovning “Sarob”she’ridagi qofiya , turoqlar sonini aniqlash.
|
Mashg’ulot tipi: O’rgangan bilim, ko’nima va malakalarni tahlil hamda nazorat qilish.
Mashg’ulotning turi: amaliy
Mashg’ulotda foydalaniladigan metod: “Assesment”, “Sinkveyn” va”Blits-so’rov” metodlari.
Mashg’ulotning jihozi: Kompyuter, manitor, interaktiv doska, slayd
Mashg’ulotning shiori: Ko’p bilgan kishi emas,bilimlari foydali kishi dono.(Esxil)
Mashg’ulot vaqti:45 daqiqa
Mashg’ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism:
1.Salomlashish;
2.O’quvchilar davomatini aniqlash;
3.O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash;
4.O’quv qurollarining tayyorligi tekshiriladi;
5.Kundalik yangiliklar bilan tanishtirish.
Mashg’ulotning oltin qoidalari bilan tanishtirish:
-
-Guruhdoshingni hurmat qil!
-
-To’liq javob ber!
-
-Darsda faol bo’l!
-
-Tartib-qoidaga rioya qil!
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
(Bunda to’garak rahbari ““Assesment”metodidan foydalanishi mumkin)
Mavzuni takrorlashdan oldin o’quvchilarni qobiliyatiga qarab 2 guruhga bo’linadilar. Qobiliyati sust o’quvchilarni qobiliyatli o’quvchilar bilan birga o’tqaziladi. Bunda ranglar tanlash yoki 1,2 deb ketma-ketlik sanashadi. Bir degan to’garak a’zolari 1-guruh, ikki degan to’garak a’zolari 2-guruh bo’ladi. ”Men sevgan asar qahramoni” mavzusida matn tayyorlash uyga vazifa shaklida berilgan edi. O’tilgan dars mavzusini mustahkamlash uchun quyidagi jadvalni to’ldirishi kerak.Jadval 4ta qismdan iborat bo’lib,
1-jadvaldagi test bajariladi.
2-jadvalda muammoli vaziyat beriladi;
3-jadvalda asardagi qahramonning simptomi ,ya’ni tashqi belgisi ochib beriladi.
4-jadvalda amaliy ko’nikma : o’quvchining asar tahlili asosida chiqarilgan xulosa beriladi.
Masalan: O’tkir Hoshimovning “Urushning so’nggi qurboni” asari tahlili:
Test
1.”Ziqna bo’lmay o’l-deb o’yladi” –bu gap kimga tegishli?
A) Shone’mat
B) Shoikrom
S) Xadicha
D) Umri xola
2. Bir hovlida yashab turib, o’n kundan beri ukasini holini so’ramagan kim?
A) Xadicha
B) Umri xola
S)Shoikrom
D)Shone’mat
|
Muammoli vaziyat:Asar qahramoniga tavsiya.
Urush tufayli hamma xonadonning kun kechirishi qiyin edi. Shunday ekan eng avvalo onasi va ukasi Shone’mat bilan yashashlari kerak edi. Buning uchun doimo g’ingshiydigan Xadichaga yaxshilab tushintirishi lozim. Oilaning tinchligi ko’pincha erkak kishining oilada o’rnatgan tartibiga bog’liq. Ayollar ko’pincha qiynalganlarida nolishdan taskin topsalar kerkki, Xadichaning nolishi Shoikromni o’ylamasdan qaltis ish qilib qo’yishga undadi. Qadimdan “Yetti o’lchab, bir kes”,-degan naql bor. Shunga amal qilgan holda, har qanday vaziyatda shoshma-shosharlik yaxshi natija bermaydi. Qanchalik charchamasin, jigarini, Shone’matni borib holini so’rashi shart edi.
|
Simptomi:
Shoikromning chehrasi xomush, uyidagi tartibsizliklarga beparvolik bilan qo’l siltaydi-yu, lekin ko’ngli g’ash. Hayotning notinchligidan alamini xotini Xadicha va qizlaridan olganday ularga qichqirib turadi. Hatto chaqaloq yig’isi ham unga yoqmaydi. Chetdan jahldor ko’ringani bilan, ukasini holini so’ramaganidan afsuslanadi. Sigirini o’g’rilar olib ketgandan so’ng, hushyor bo’laman deb qulupnay o’g’risini tutish uchun titroq qo’llari bilan elektr tokiga ulangan simni qulupnayning pushtasiga tashladi. Umri xola kechasi qulupnay olaman deb, o’g’li qo’ygan tuzoqqa tushadi. Bu holatni ko’rgan Shoikromning bir lahza ko’zlari olayib qoldi, boshidan hushi uchib borayotganini his qilib o’zini yerga otdi, titroq qo’llari bilan loy changallaganicha cho’kkalab ko’ksiga mushtlay ketdi. Vujudini larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi.
|
Amaliy ko’nikma:
Hayot hamisha bir tekis kechmaydi. Qiyin vaziyatlarda oila a’zolari hamjihatlikda yashasalar tug’iladigan har qanday muammoning yechimini toppish yengilroq bo’ladi.
Masalan, Xadichaning o’zi uch farzandning onasi, lekin qaynonasi Umri xolaning dardiga befarq qarashi menga yoqmadi.
-Payshanba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo’y suti ichsa, dard ko’rmaganday bo’lib ketadi,-dedi Umri xola
-Hozir qo’y suti qatta,-dedi Xadicha.
-Sigir suti otliqqa yo’g’u…
Shu bilan birgalikda, yomonlik bilan yomonlarni jazolab bo’lmasligini angladim. Asarda ko’rsatilgandek, shoikrom o’g’rilarni jazolayman deb, onasining o’limiga sababchi bo’ldi. Bunday noxush voqeaning albatta eng asosiy aybdori urush bo’lgan.
Tinch va farovon hayot kechirayotganimizdan xursandman.
|
Ikki guruhning taqdimoti o’tgach, to’garak rahbarining dars yuzasidan xulosasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |