So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma
1. Qaysi qatorda turg‘un bog‘lanmaga to‘g‘ri izoh berilgan?
A) so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi B) tushuncha anglatadi, leksik ma’no bermaydi C) turg‘un bog‘lanmalarda so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan – yaxlitlangan bo‘ladi, bir leksik ma’no anglatadi D) turg‘un bog‘lanmalar ma’noviy butunlikka ega bo‘lmaydi, birdan ortiq leksik ma’no anglatadi
2. Turg‘un bog‘lanma (ibora)larga to‘g‘ri izoh berilgan javobni ko‘rsating.
A) turg‘un bog‘lanma (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi B) turg‘un bog‘lanma lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi C) iboralar so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi D) javoblarning barchasi to‘g‘ri
3. “Mag‘rurlangan” ma’nosini beradigan iborani aniqlang.
A) tutunini bulut ko‘rmagan B) ko‘zini yog‘ bosgan C) igna teshigidan o‘ta oladigan D) yulduzni benarvon uradigan
4. Qaysi ibora “qaysarlik qilmoq” ma’nosini bildiradi?
A) to‘nini teskari kiyib olmoq B) tutunini bulut ko‘rmagan C) qovog‘idan qor yog‘moq D) o’z yog’ida qovurilmoq
5. Turg‘un bog‘lanma haqida aytilgan fikrning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida qaraladi B) barcha fikrlar to‘g‘ri C) turg‘un bo‘glanma so‘z ma’nolarini oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi D) turg‘un bog‘lanma ma’noviy yaxlitlikka ega bo‘ladi
6. Berilgan gaplarning qaysi birida turg‘un bog‘lanma (ibora) ishtirok etgan?
A) Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi. B) Shifokor dorini bolaning qulog‘iga quydi. C) Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi. D) Yakka qolgan Hasanboy vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi.
7. Turg‘un bog‘lanma (ibora)ga xos xususiyat berilmagan qatorni toping.
A) turg‘un bog‘lanma (ibora)lardagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi B) ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi C) leksik ma’no ifodalamaydi D) javoblarning barchasi to‘g‘ri
8. Turg‘un bog‘lanma (ibora) ishtirok etgan gapni belgilang.
A) Hozirgina qizcha ushlab olgan tog‘ kapalagi uchib ketdi. B) Sigirning ahvolini ko‘rdi-yu, uning ham kapalagi uchib ketdi. C) Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi. D) Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi.
9. “To‘nini teskari kiymoq” iborasiga mos keladigan so‘zni toping.
A) qo‘li ochiq B) jahli chiqmoq C) qaysarlik qilmoq D) o‘jar
10. Bezovtalandi so‘ziga mos keluvchi ibora qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. B) Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po‘stagimni qoqishdi. C) Mehmon joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko‘ngli joyiga tushmadi. D) Kim u? Joyimda qoqqan qoziqdek qotib qoldim.
11. “Hafsalasi pir bo‘ldi” iborasiga ma’nodosh ibora ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Og‘ziga talqon solganday jim o‘tirdi. B) Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. C) Sobir yulduzni benarvon uradiganlar sirasiga kiradi. D) Mehmon joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko‘ngli joyiga tushmadi.
12. Qaysi qatordagi birikuv erkin birikma sanaladi?
A) aybini bo‘yniga qo‘ymoq, qilichni bo‘yniga qo‘ymoq B) ariqning boshiga yetmoq, onasining boshiga yetmoq C) to’g’ri javob berilmagan D) dorini qulog‘iga quymoq, gapni qulog‘iga quymoq
Do'stlaringiz bilan baham: |