So‘z birikmasi va so‘z
1. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri?
A) so‘z leksik hodisa B) so‘z birikmasi grammatik hodisa C) so‘z birikmasida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi D) so‘z grammatik hodisa
2. Qaysi qatorda so‘zning so‘z birikmasiga nisbatan muqobili noto‘g‘ri berilgan?
A) olqor – yovvoyi tog‘ echkisi B) g‘o‘nan – uch yashar ot C) pilla – kumush tola D) nor – erkak tuya
3. “Qanotli do‘stlar” haqida film yaratildi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi?
A) samolyotlar B) qaldirg‘ochlar C) qushlar D) pillakorlar
4. Yurtimiz zangori olov, qora oltin zahiralariga juda boy. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmalarini ma’nosiga ko‘ra unga teng keladigan so‘z bilan almashtiring.
A) neft, toshko‘mir B) paxta, gaz C) gaz, neft D) gaz, oltingugurt
5. So‘z birikmalarida ma’no …
A) mavhum bo‘ladi B) ancha umumlashgan bo‘ladi C) so‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi D) to‘g‘ri ta’rif keltirilmagan
6. Ko‘rgazmada atoqli mo‘yqalam ustalari yaratgan rasmlarni tomosha qildik. Keltirilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining ma’nosiga teng keladigan so‘zni belgilang.
A) yozuvchilar B) suratkashlar C) shoirlar D) rassomlar
7. Echkining bolasi atrofida sakrab o‘ynaydi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining qaysi so‘zga teng kelishini aniqlang.
A) toy B) uloqcha C) qo‘zichoq D) ayg‘ir
8. Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi?
A) rassomlar B) qiziqchilar, yozuvchilar C) notiqlar, qiziqchilar D) yozuvchilar
9. Maktabimizda juda ko‘p kumush tola yetishtiriladi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasini ma’nosiga ko‘ra unga teng keladigan so‘z bilan almashtiring.
A) pilla B) paxta, pilla C) kumush, metall D) paxta
10. Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo bo‘ylab parvoz qilmoqda. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so‘z birikmasining qaysi so‘zga teng kelishini aniqlang.
A) samolyot B) vertolyot C) parashut D) raketa
11. Bu yil bahor elchilari erta uchib keldilar. Gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining so‘zga nisbatan muqobilini ko‘rsating.
A) qaldirg‘och B) turna C) laylak D) kabutar
12. Lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berish uchun nimalardan foydalaniladi?
A) qo‘shma so‘z B) so‘z birikmasi C) tasviriy ifoda D) ibora
13. Qaysi qatorda so‘zlarning so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nolari to‘g‘ri berilmagan?
A) ayg‘ir – uch-to‘rt yosh orasidagi erkak ot B) nor – erkak tuya C) olqor – yovvoyi tog‘ bug‘usi D) g‘o‘nan – ikki yashar ot
Do'stlaringiz bilan baham: |