Qo‘shma gaplarning uslubiy vositalari
1. Qo‘shma gapning og‘zaki nutq uchun xos bo‘lgan belgisini aniqlang.
A) murakkab va keng bo’ladi B) ko‘pincha bog‘lovchili bo‘ladi C) sodda, ixcham tarzda bo‘ladi D) B, C
2. Yo‘lchi uchun bu qiz endi begona emas, u Yormatning qizi, u yaqin. Ushbu gapning mazmuni va bog‘lanish usulini aniqlang.
A) qiyoslash, ohang yordamida B) izohlash, ohang yordamida C) payt ma’nosi, bog‘lovchi yordamida D) ketma-ketlik, ohang yordamida.
3. Shabnam tomar, o‘rmon shuvillar, bulbullar sayrar. Ushbu jumlada qo‘shma gaplarga xos qanday uslubiy vosita qo’llangan?
A) takror B) ellipsiya C) parallel D) ohang
4. Ellipsiya hodisasiga xos bo‘lgan gap qaysi javobda berilgan?
A) Odamlar bor: boshiga ko‘tarar ellar, odamlar bor: sadqayi el ketsin. B) Aql ko‘pga yetkazar, hunar ko‘kka yetkazar. C) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. D) Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
5. Ayag‘i kichchi suyganini kiyadi, ayag‘i ulli siyg‘anini kiyadi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so‘zning sintaktik vazifasini belgilang.
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) kesim
6. Achanni dadangga bepaddas ko‘rdatma. Ushbu gap qaysi hudud shevasiga mansub?
A) Xorazm shevasi B) Uychi shevasi C) Qarshi shevasi D) Toshkent shevasi
7. Yozma nutqda qo‘shma gaplar, asosan qaysi uslubdagi matnlarda ishlatiladi?
A) badiiy uslub B) ilmiy uslub C) publitsistik uslub D) rasmiy uslub
8. Bog‘lovchilar yordamida tuzilgan qo‘shma gaplar asosan qaysi nutqqa xos bo‘ladi?
A) badiiy B) ilmiy C) ommabop D) rasmiy
9. Bu xil gaplarni tashkil etgan sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchisiz, faqat ohang yordamida bog’lanadi. Ushbu ta’rifga misol bo‘la oladigan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Qambaralining joni chiqib ketdi va uni chapparasta qilib so‘kib tashladi. B) Mehr va muruvvat – oliyjanob xislat. C) Qo‘shning tinch – sen tinch. D) Men dadil bo‘lmay, kim dadil bo‘lsin.
10. Bog‘langan qo‘shma gap haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Bu xil gaplarni tashkil etgan sodda gaplar biriktiruv bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi. B) Bu xil gaplarni tashkil etgan sodda gaplar ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali bog‘lanadi. C) Bu xil gaplarni tashkil etgan sodda gaplar yuklamalar bilan bog‘lanadi. D) barcha javoblar to‘g‘ri
11. Yarim soat o‘tar-o‘tmas, oradan begonalik pardasi ko‘tarildi-yu, Siddiqjon sarguzashtini qisqacha so‘zlab berdi. Ushbu gapdagi sodda gaplarni bog‘lovchi vositani aniqlang.
A) bog‘lovchi B) yuklama C) ohang D) ko’makchili qurilma
12. Yo podsho biror yerga chiqadi, yoki elchi kelishi kutiladi. Ushbu gap haqida berilgan hukmlarning qaysi biri to‘g‘ri?
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) ergash gapli qo‘shma gap D) sodda gap
13. Ergash gapli qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalar qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan?
A) sifatdosh qo‘shimchalari B) ravishdosh qo‘shimchalari C) harakat nomi qo‘shimchalari D) barcha javoblar to‘g‘ri
14. Men dadil bo‘lmay, kim dadil bo‘lsin. Ushbu gapda ergash gapni bosh gapga tobelantiruvchi vositani aniqlang.
A) bog‘lovchi B) ohang C) ravishdosh qo’shimchasi D) sifatdosh qo’shimchasi
15. Kulgi ko‘tarildi, qarsak bo‘lib ketdi. Ushbu gap qaysi gap bo’laklaridan tashkil topgan?
A) ega, kesim, ega, kesim B) ega, kesim, ega, hol, kesim C) ega, kesim, kesim D) ega, kesim, hol, kesim
16. Sheva va dealektlarning sintaktik xususiyatlarini o‘rganishning ham juda katta ahamiyati bor. Ushbu gap haqida bildirilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) murakkab sodda gap B) sodda yoyiq gap C) qo‘shma gap D) barcha javoblar to‘g‘ri
17. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Afandi kambag‘allikdan och-nahor qolaverib bezor bo‘ldi-yu, bozorga borib, men payg‘ambarman, deb jar soldi. B) Sheva va dealektlarning sintaktik xususiyatlarini o‘rganishning ham juda katta ahamiyati bor. C) Yo podsho biror yerga chiqadi, yoki elchi kelishi kutiladi. D) Ularni aytish uchun hozir darmonim yo‘q, qornim och.
5- DARS. SINONIMIYA. (82-105-betlar)
Reja:
1. Leksik sinonimlar.
2. Morfologik sinonimlar.
3. Kelishik sinonimiyasi.
4. Shaxs-son va zamon qo‘shimchalari sinonimiyasi.
5. Sintaktik sinonimiya. Ayrim gap turlari orasidagi sinonimiya.
6. Gap bo‘laklari sinonimiyasi.
7. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimiyasi.
8. Bog’langan qo‘shma gaplar sinonimiyasi.
9. Ergash gaplar sinonimiyasi.
10. Ravishdosh va sifatdosh boshqargan sodda gaplar bilan ergash gapli qo‘shma gaplar sinonimiyasi.
11. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar sinonimiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |