Mustahkamlash
1. Biriktiruvchi bog‘lovchi orqali bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. B) Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim. C) Bu sohaning ustasi o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘ladi. D) Mashina to‘xtadi-da, undan bir kishi tushdi.
2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi. B) Nodon mol-dunyo yig‘adi, aqlli odam bo‘lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. C) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. D) Mashinaning nuqsoni bo‘lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog‘i yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |