Kiritmalar
1. Gapdagi biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydigan bo‘laklar berilgan qatorni toping.
A) undalma B) kiritma gap C) kiritma D) A, B, C
2. Kiritmalar gapning o‘rtasida kelganda gapdan qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?
A) vergul, qavs B) vergul, tire C) tire, qavs D) A va B
3. Murakkab kiritmalar qaysi birikmalar bilan ifodalanadi?
A) so‘z gaplar, so‘z birikmalari B) uyushiq bo‘laklar va kengaygan birikmalar C) so‘z birikmalari, birikmalar va gaplar D) gaplar
4. Gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmagan so'z qaysi gapda qo'llangan?
A) To'g'ri, o'zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi. B) Qirlar bag'rini hali ko'm-ko'k, saf-saf pistalar, do'lanalar bezab turibdi. C) Asal ta'sirida yuzda qizillik, bilakda kuch, ko'zda nur yetarlicha bo‘ladi. D) Ba'zi vaqtda, sug'orish paytlarida, kechalari ham tinim bo'lmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |