Egasi yashiringan gaplar
1. Egasi yashiringan gap berilmagan qatorni toping.
A) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. B) Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz. C) Bu yerda o’rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. D) Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi.
2. Egasi umumlashgan gapning kesimi qaysi shaxsda bo‘ladi?
A) II shaxsda B) II, III shaxsda C) I, II shaxs birlikda D) III shaxsda
3. Shaxsi ma'lum gapni toping.
A) Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir. B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi. C) Hayotni go'zalliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. D) Keksalikni ko'prikka tashbeh qiladilar.
4. Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
A) Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. B) Ko‘nglida armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. C) Hovliga orqa eshikdan chiqiladi. D) To‘garakka borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |