Intensiv kurs


Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 0,96 Mb.
bet154/219
Sana22.09.2021
Hajmi0,96 Mb.
#181784
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   219
Bog'liq
5-11-ona tili1

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

1. Qaysi turdagi qo‘shma gap qismlari orasida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire ishlatiladi?

A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ergash gapli qo‘shma gap D) A, B, C

2. Bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beruvchi voqea-hodisalarni ifodalovchi qo‘shma gap qismlari orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul

3. Tuzilish jihatidan bir xil bo‘lgan, sanash ohangi bilan talaffuz qilinuvchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?

A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul

4. Yangi shahar ko‘chalari quruq va toza ilk bahor shamollari yoqimli esadi. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul

5. Bir vaqt dasturxon yozildi // turli taomlar kirdi. Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

6. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi // tizzalari bukilib-bukilib ketadi // ko‘zlari javdiraydi // hech kimni ko‘rmaydi. Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?

A) vergul, tire, vergul B) vergul, ikki nuqta, vergul C) nuqtali vergul, vergul, vergul D) vergul, nuqtali vergul, vergul

7. Qo‘shma gap qismlari mazmunan ancha mustaqil bo‘lsa, ular orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

8. Urilmoq ham foyda pishiq bo‘lasiz, tajriba hosil qilasiz. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

9. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?

A) Elning bir so‘zi bor: o‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma. B) Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz. C) Rais kirib keldi, majlis ochildi. D) Ishning ko‘zini bil – dala ham obod, choyxona ham…

10. Qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalanganda, ular orasida ikki nuqta qo‘yilishi mumkin?

A) sabab, natija B) payt C) sabab D) zidlik, sabab, natija

11. Qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalanganda, ular orasida ikki nuqta qo‘yilmaydi?

A) sabab B) natija, payt C) sabab, natija D) A, B

12. Qanday holatda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida tire qo‘yilishi mumkin?

A) qo‘shma gap qismlari orasida zidlik, o‘xshashlik, natija va payt mazmunlari anglashilganda B) qo‘shma gap qismlari orasida sabab, natija, payt munosabatlari ifodalanganda C) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash mazmuni anglashilganda D) qo‘shma gap qismlari orasida zidlik, o‘xshashlik, payt munosabatlari ifodalangan

13. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida o‘xshashlik mazmuni anglashilganda, ular orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

14. Qaysi qatordagi qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire ishlatiladi?

A) Urilmoq ham foyda pishiq bo‘lasiz, tajriba hosil qilasiz. B) Saida bunga juda suyundi demak, hisobot yuzasidan bo‘ladigan muzokara qizg‘in tus oladi. C) Sen o‘g‘limsan xotining kelinim. D) Said Jalolxon tovush chiqarmay uning yoniga o‘tirdi u ko‘rmadi.

15. Qismlari orasida zidlik munosabati ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni ko‘rsating.

A) Suv keldi – nur keldi. B) Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz. C) Rais kirib keldi – majlis ochildi. D) To‘g‘ri bo‘ling bexavotir bo‘lasiz, Maqtanchoq bo‘lmang – hijolat tortmaysiz.

16. Qaysi qatordagi bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?

A) Bora-bora ularning ham ko‘zi ochiladi, past-balandni ajratib olishadi. B) Ishning ko‘zini bil: dala ham obod, choyxona ham… C) Saida bunga juda suyundi: demak, hisobot yuzasidan bo‘ladigan muzokara qizg‘in tus oladi. D) Sultonmurod o‘zini chetga olishga tirishdi, xalq to‘lqini uni surib ketdi.

17. Qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni ko‘rsating.

A) Suv keldi – nur keldi. B) Rais kirib keldi – majlis ochildi. C) Davlat tinch – sen tinch. D) Sizning qilayotgan ishingiz yomg‘irga o‘xshaydi: har bir tomchisi don undiradi.

18. Qaysi gap tarkibida ikki nuqta noto‘g‘ri qo‘llangan?

A) Elning bir so‘zi bor: o‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma. B) Bora-bora ularning ham ko‘zi ochiladi: past-balandni ajratib olishadi. C) Chol undan balandroq keldi: men brigadirlikdan tushmayman, deb chiqib ketdi. D) Sizning qilayotgan ishingiz yomg‘irga o‘xshaydi: har bir tomchisi don undiradi.

19. Kimki mehnatning zo‘rini qidiripti – odamning sarasi ana shu. Ushbu gap turini aniqlang.

A) ergash gapli qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) sodda gap

20. Qaysi qatordagi qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?

A) Sen o‘g‘limsan, xotining kelinim. B) Siz otam o‘rnida otalik qildingiz, sizdan hech yomonlik ko‘rmadim. C) Kitob ajoyib bog‘ga o‘xshaydi, u kishiga doimo zavq bag‘ishlaydi. D) Bora-bora ularning ham ko‘zi ochiladi, past-balandni ajratib olishadi.

21. Ariqlar chiqardik – yovlar quritdi. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan?

A) sabab B) zidlik C) payt D) natija

22. U yo‘g‘on gavdali yakkam-dukkam qizg‘ish mo‘ylovli keng qoramtir yuzining yonoqlari bo‘rtgan kunlar isib ketgan bo‘lsa ham uning egnida qo‘pol eski po‘stini boshida qunduzi qalin katta bo‘rk. Ushbu gap tarkibida qanday tinish belgilari ifodalanmay qolgan?

A) ikki o‘rinda vergul, ikki o‘rinda nuqtali vergul B) uch o‘rinda vergul, bir o‘rinda nuqtali vergul C) to‘rt o‘rinda vergul, ikki o‘rinda nuqtali vergul D) besh o‘rinda vergul

23. Qismlari orasida sabab ma’nosi anglashilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni ko‘rsating.

A) Suv keldi – hur keldi. B) Ko‘zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz. C) Paxtani qilgil egat, bo‘lar ekan kam mehnat. D) Lekin qiyinchilik tortamiz, busiz bo‘lmaydi.

24. Qaysi qatortdagi qo‘shma gap qismlari orasida tinish belgisi noto’g‘ri qo‘yilgan?

A) Ariqlar chiqardik – yovlar quritdi. B) Paxtani qilgil egat, bo‘lar ekan kam mehnat. C) Men tirikman – o‘lja bo‘lmaydi otim, Men tirikman, yovga qolmaydi yurtim. D) Angladim men: sendagi fikr, Senda bo‘lgan qarashlar yangi.

25. Faxr bilan silkib qo‘l,

Derlar: tilaymiz oq yo‘l. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan?

A) to‘ldirish B) o‘xshatish C) sabab D) izoh

26. Yoz oxirlarida kechalari salqin, kunduzlari issiq bo‘ladi // tun paytida shabada tog‘dan salqin va rohatbaxsh havo keltiradi. Mazkur bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?

A) tire, B) ikki nuqta C) vergul D) nuqtali vergul

27. Qaysi qatortdagi qo‘shma gap qismlari orasida sabab ma’nosi ifodalangan?

A) Sultonmurod o‘zini chetga olishga tirishdi, xalq to‘lqini uni surib ketdi. B) Qarg‘a aslo kaklikka teng kelolmas, Arslongina kuchli fildan yengilmas. C) Yoz oxirlarida kechalari salqin, kunduzlari issiq bo‘ladi: tun paytida shabada tog‘dan salqin va rohatbaxsh havo keltiradi. D) Angladim men, sendagi fikr, Senda bo’lgan qarashlar yangi.

28. Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan?

A) izoh B) to‘ldirish C) sabab D) o‘xshatish

29. Qaysi gapda tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?

A) Shu fe’llari yaxshi – hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. B) Chol aqlli odam: unga o‘rgatish ham mumkin, undan o‘rganish ham mumkin. C) Saida bunga juda suyundi: demak, hisobot yuzasidan bo‘ladigan muzokara qizg‘in tus oladi. D) Ko‘zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz.

30. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.

A) Haftalar o‘tdi ham tugaldi savdo. B) Yormat supa atrofiga suvni qalin sepgach, supaga o‘tishdi. C) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. D) Ko‘zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz.

6- DARS. SINTAKSIS VA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI (davomi).

ILOVA. (100-125-betlar)

Reja:

1. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilari.



2. Ona tili fanidan o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash.

3. Mustaqillik madhi darslari.

4. Ayrim qiyin so‘zlarning izohli lug‘ati.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish