Uslubni yaratuvchi vositalar
1. Yozma adabiyotda uslubni yaratish uchun qanday vositalar qo‘llanadi?
A) leksik vositalar B) fonetik vositalar C) leksik, fonetik vositalar D) leksik, fonetik, grammatik vositalar
2. “Deyiladi”, “ataladi”, “kifoya” kabi so‘zlar qaysi uslubda qo‘llanadi?
A) rasmiy B) ilmiy C) ommabop D) so‘zlashuv
3. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘z leksik ma’nosi bilan birga, qo‘shimcha mazmun ifodalagan?
A) so‘z, til, mehr B) do‘st, yer, qahramon C) go‘zal, dushman, aqlli D) B va C
4. So‘z ma’nosining ko‘chishi, uslubiy mazmun olishi qaysi uslubga xos xususiyat hisoblanadi?
A) badiiy uslub B) ommaviy uslub C) so‘zlashuv uslubi D) A, B, C
5. Biror predmet belgisining o‘xshash tamonini boshqasiga ko‘chirish…
A) metonimiya deyiladi B) metafora deyiladi C) o‘xshatish deyiladi D) sinekdoxa deyiladi
6. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud?
A) metonimiya B) o‘xshatish C) metafora D) sinekdoxa
7. Qaysi qatordagi gapda metafora usulidagi ma’no ko‘chishi mavjud?
A) Osmon fonarini ham yoqdi shu onda. B) Besh qo‘l barobar emas. C) Auditoriya sukutda. D) Po‘lat qilichingni ko‘rganman o‘tda.
8. Ulug‘bek – misoli oftob. Ushbu gapda qaysi turdagi ma’no ko‘chishi mavjud?
A) o‘xshatish B) metonimiya C) sinekdoxa D) ma’no ko‘chishi mavjud emas
9. Metonimiya usulidagi ma’no ko‘chishi mavjud gapni ko‘rsating.
A) Bahor kelinchakdek yasanib keldi. B) Osmon fonarini ham yoqdi shu onda. C) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. D) Besh qo‘l barobar emas.
10. Qaysi qatorda metonimiyaga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) shaxs yoki predmetni unga bog‘liq bo‘lgan boshqa nom bilan ifodalash B) shaxs yoki predmetning nomi o‘rnida uning biror a’zosi, bo‘lagining keltirilishi C) biror predmet belgisining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish D) to‘g‘ri javob keltirilmagan
11. Metonimiya usulidagi ma’no ko‘chishi mavjud gapni ko‘rsating.
A) Auditoriya sukutda. B) Zal oyoqqa turdi C) Barcha gapda metonimiya usulidagi ma’no ko‘chishi mavjud. D) Osmon fonarini ham yoqdi shu onda.
12. Osmonga tikilar million juft ko‘zlar… Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?
A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) kinoya
13. “Nazarda tutish” ma’nosini bildiruvchi tilshunoslikka oid atamani ko‘rsating.
A) sinekdoxa B) assimilyatsiya C) metafora D) kontekst
14. Butun orqali qism ma’nosi ifodalangan sinekdoxa usulidagi ma’no ko‘chishi qaysi qatorda mavjud?
A) Dunyoda o‘zimizdan so‘ng qoldiradigan tuyog‘imiz… faqat shul Otabekdir… B) Besh qo‘l barobar emas. C) Osmonga tikilar million juft ko‘zlar. D) Qurvonbibi bir umr tirnoqqa zor o‘tdi.
15. Mazax ma’nosida qo‘llanuvchi so‘zlar ma’no ko‘chishining qaysi turiga tegishli bo‘ladi?
A) kinoya B) tag ma’no C) metafora D) sinekdoxa
16. Ma’no ko‘chishining qaysi turida ko‘chma ma’nodagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi?
A) o‘xshatish B) tag ma’no C) kinoya D) sinekdoxa
17. Kinoya usulidagi ma’no ko‘chishi yuz bergan gapni ko‘rsating.
A) Besh qo‘l barobar emas. B) Bizni “homiy’lardan himoya qilg‘il. C) Adashgan it kabi Furqat qayon borgum bilolmasman. D) Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo‘lmasmidi?! Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
18. Qaysi qatorda gapning o‘z ma’nosi bilan birga ko‘chma – tag ma’nosi ham ifodalangan?
A) Xo‘sh, janobi oliylari, qaysi sho‘rlik xalq Sizning “himoyangiz”ga qolmish intizor B) Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi. C) Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo‘lmasmidi?! Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan. D) Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
19. Nuqta va nukta so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi?
A) bu so‘zlar o‘zaro paronim hisoblanadi B) nuqta va nukta so‘zlari bir so‘zning ikki xil ko‘rinishi hisoblanadi C) nuqta – tinish belgisi, nukta – nozik ma’noli so‘z D) A va C
20. Mushavvash so‘zining ma’nosi qaysi qatorda keltirilgan?
A) tashvish B) shuhratli C) bellashuv D) oqibat, natija
2- DARS. USLUBIYAT (davomi). (27-47-betlar)
Reja:
1. Arxaik va tarixiy so‘zlar, qo‘shimchalar.
2. Shevaga xos so‘zlar.
3. Noadabiy so‘zlar.
4. Atamalar.
5. Kasb-hunarga oid so‘zlar.
6. Omonimlar va paronimlar.
7. Antonimlar.
8. Sinonimlar.
9. Ko‘p ma’noli so‘zlar.
10. Sifatlash.
11. Mubolag‘a.
Do'stlaringiz bilan baham: |