Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
1. “Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham shu yo‘ldan yuradi”. Berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap
2. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni ko‘rsating.
A) Men shunday narsa keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan. B) Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. C) Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas. D) Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lida obod yer ham xarob bo‘ladi.
3. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Toleyim shuki, jahonda bir guliston tanladim. B) Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. C) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. D) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
4. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq. Ergash gap turini aniqlang.
A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) uyushiq bo‘lakli gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
5. Qaysi qatorda noto‘g‘ri fikr ifodalangan?
A) aniqlovchi ergash gap bosh gapga nisbiy so‘zlar orqali bog‘lanadi B) aniqlovchi ergash gap bosh gapga ergash gap kesimi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi C) aniqlovchi ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin keladi D) keltirilgan barcha fikrlar to‘g‘ri
6. Odam borki, odamlarning naqshidir. Ushbu qo‘shma gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
7. Ergash gap bosh gapdan oldin kelgan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar. B) Kimki rostgo‘y, samimiy bo‘lsa, el orasida qadr topadi. C) Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to‘kilgan muqaddas zamin. D) Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lida obod yer ham xarob bo‘ladi.
8. Bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan so‘z ifodalanmay qolgan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan. B) Bilginki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. C) Kim birovga yaxshilik qilsa, obro‘yi baland bo‘ladi. D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
9. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. B) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. C) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi. D) Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on gapirsa, uning qulog‘i o‘sib ketarmish.
10. Qaysi qatorda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi. B) Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. C) Bir narsa aniqki, ahvol yomon. D) Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.
11. Bosh gap + ergash gap shaklidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan yuradi. B) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi. C) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. D) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
Do'stlaringiz bilan baham: |