Ega ergash gapli qo‘shma gaplar
1. Ega ergash gapli qo‘shma gapda gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bog‘lansa…
A) ergash gap bosh gapdan oldin keladi B) ergash gap bosh gapdan keyin keladi C) aniqlovchi ergash gapga aylanadi D) ergash gap kesimi shart maylidagi fe’l bilan ifodalanadi
2. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. Qo‘shma gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
3. Kim izlansa, u albatta maqsadga erishadi. Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga mansub?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
4. Ega ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. B) Kimki rostgo‘y, samimiy bo‘lsa, u el o‘rtasida qadr topadi. C) A va B D) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.
5. 1) nisbiy so‘zlar; 2) shart mayli qo‘shimchasi; 3) ko‘makchili qurilmalar; 4) -ki yuklamasi; 5) deb so‘zi. Mazkur bog‘lovchi vositalardan qaysilari ega ergash gapli qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
6. Qanday holatda ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi?
A) gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda B) ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanganda C) gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bog‘langanda D) barcha holatda ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi
7. Ega ergash gapli qo‘shma gap qismlari qaysi vosita orqali bog‘langanda bosh gap ergash gapdan keyin keladi?
A) nisbiy so‘zlar B) shart mayli qo‘shimchasi C) -ki yuklamasi D) A, B
8. Ega ergash gapli qo‘shma gap haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin B) gap qismlari nisbiy so‘zlar orqali bog‘langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi C) gap qismlari -ki yuklamasi orqali bog‘langanda, ergash gap boshida shunisi, shu narsa kabi so‘zlar mavjud bo‘ladi D) gap qismlari nisbiy so‘zlar orqali bog‘langanda, ergash gap bosh gapdan oldin keladi
9. Ega ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. B) Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi. C) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. D) Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on gapirsa, uning qulog‘i o‘sib ketarmish.
10. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida ergash gap bosh gapdan oldin kelgan?
A) Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas. B) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. C) Shu narsa aniqki, tarixini bilmagan odam oxir oqibatda qul sifatida kun kechiradi. D) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.
11. Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |