2.2. Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash.
2 rasm. Metodlarni tasniflanishi
2 rasmda ko‘rinib turibdiki, tasniflashda asosiy printsip bilim manbaasiga
bog‘liq. Kommunikativ uslub bilimlarning jonli manbaasi ekspert bilan, tekstologik
uslublar esa xujjat, hisobot, darsliklar maxsus adabiyotlar kabi bilimlar manbaasiga
bog‘liq. Yuqori bosqichda bu guruhlarga tasniflanishi ularning qarama-qarshiligi
hisobga olinmagan, odatda muhandis bu uslublarning kombinatsiyasidan
foydalanadi, masala, avval adabiyotlarni o‘rganadi, keyin ekspert bilan
munozaralashadi yoki teskari.
O‘z navbatida, kommunikativ metodlarni ikkiga bo‘lish mumkin: faol va
nofaol. Nofaol metod orqali bilimlarni ajratib olishda asosiy rolni ekspert bajaradi,
bilimlar bo‘yicha muhandis esa ekspertning real ish jarayonida tadbiq etgan qoida
va uslublarini qayd etib boradi yoki ekspert tomonidan kerakli deb
baholanganlarnigini yozib oladi.
Faol metodlarda esa aksincha, tashabbus bilimlar bo‘yicha muhandisda
bo‘ladi, u ekspert bilan o‘yin, dialog, intervyu kabi turli usullar yordamida
muloqotda bo‘ladi. Nofaol metod bir qarashda oddiy tuyular, lekin o‘z navbatida
bunday metod bilimlar bo‘yicha muhadisdan ziyraklik, ekspertning bilimlar oqimini
aniq tahlil qila olish, bilimlarning kerakli qismlarini aniqlab olish kabi ko‘nikmalarni
talab qiladi.
Bilimlarni ajratib olish
Tekstologik metodlar
Kommunikativ metodlar
“Aglliy hujum”
Rolliy o’yinlar
Anketa
Intervi’u
Ekspert
ўйинлар
Nafaol
faol
Individual
Guruhli
Adabiyotlarni
tahlil etish
Darsliklarni
tahlil etish
Xujjatlarni
tahlil etish
Kuzatish
“Eshitib o’yla”
qoidasi
Ma’ruza
23
Teskari aloqaning yo‘qligi (bilimlar muhandisi nofaolligi) bu metodlarni
samarasini kamaytiradi. Aktiv metodlarni ekspertlar soniga bog‘liq ravishda ikki
guruhga bo‘lish mumkin. Agar ularni soni bittadan ortiq bo‘lsa, har bir ekspertga
individual yondoshgan holda guruhli munozara metodlari qo‘llaniladi. Bu kabi
guruhli metodlar munozara ishtirokchilari faolligini oshiradi va ular bilimlarining
ochilmagan qirralarini kashf etishga yordam beradi. O‘z navbatida hozirgi kunda
individual metodlar yetakchi bo‘lib qolmoqda.
O‘yinli metodlar hozirda sotsiologiya, iqtisodiyot, menejment, pedagogika
sohalarida o‘qituvchilarni, rahbarlarni va boshqa hodimlarni tayyorlashda keng
qo‘llanilmoqda. O‘yin - inson o‘zini odatiy ish jarayonidan ko‘ra anchagina erkin
his qiladigan faoliyatning va ijodning asosiy shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |