jadvallardan tortib, katta hajmdagi murakkab iqtisodiy, moliyaviy, matematik va h.k.
jadvallargacha tayyorlash mumkin.
Imkoniyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- oddiy elektron jadvallarni tashkil, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi
vositalar. Bularga
Super Calc, Quadro Pro
kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi;
- katta hajmdagi turli murakkab elektron jadvallarni tashkil, tahrir qilish va bosmaga
chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga
Lotus, Microsoft Excel
kabi dasturlari misol bo’la
oladi.
Hozirda eng ommalashgan elektron jadvali -
Microsoft Excel
dasturiy vositisi bo’lib, hozirda
uning quyidagi versiyalaridan keng foydalanilmoqda:
Microsoft Excel 2000 (Microsoft Office 2000
kompleksi tarkibida
);
Microsoft Excel 2003 (Microsoft Office 2003
kompleksi tarkibida
)
;
Microsoft Excel 2007 (Microsoft Office 2007
kompleksi tarkibida
).
Bulardan tashqari,
Lotus-troyka
kompleksi tarkibidagi
Lotus, Perfect Office
kompleksi
tarkibidagi
Quattro Pro
elektron jadvallari ham tez ommalashib bormoqda.
Kompyuterlashtirilgan ma’lumotlar bazalari (KMB)
O’tgan asrimizning 70-yillaridayoQ bir qancha rivojlangan kapitalistik davlatlarda keng
ko’lamda kompyuterlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini (KMB) yaratish borasida ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borila boshlandi.
Bunga, KMB larning o’zining ajdodlari bo’lmish oddiy ma’lumotlar bazasiga nisbatan
katta afzalliklarga ega ekanligi sabab bo’ldi. Bu afzalliklar KMB larning quyidagi xususiyatlarida
yaqqol namoyon bo’ladi:
- ma’lumotlar kompyuter o’qiy oladigan vositalarda (magnit lenta va disklarda; optik va
magnitooptik disklarda; mikrofishlarda) saqlanadi. Bu vositalar o’lchamlari kichikligiga qaramay,
katta hajmdagi ma’lumotlarni ishonchli ravishda saqlay oladi;
- KMBlardan yer yuzining istalgan nuqtasidan turib foydalanish mumkin, ya’ni KMB
bilan foydalanuvchining orasidagi masofa ahamiyatga ega emas;
- KMBdagi bitta ma’lumotdan, ayni bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilar
foydalanishi mumkin;
- KMBlardagi ma’lumotlarni to’ldirib, yangilab borish juda qulaydir;
- KMBlar foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni turli mezonlar (fan, muammo yoki
yo’nalishlar bo’yicha; kitob, maqola yoki kashfiyotlarining nomlari yoki mualliflari bo’yicha; kalit
so’zlar bo’yicha va hokazo) orqali sanoqli daqiqalar ichida izlab topib va saralab bera oladi.
Shuning uchun ham o’tgan asrning oxiriga kelib tashkil qilingan KMBlar soni keskin
ko’paydi. Masalan, 1983 yilda jahonda (sosialistik mamlakatlardan tashqari) 1 845 ta KMB; 1990
yilda
3 000 ta KMB faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 10 000 dan oshib ketdi.
Ularni saqlayotgan ma’lumotlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- ko’rsatilgan soha bo’yicha chop etilgan davriy nashrlar, kitoblar, anjuman materiallari,
dissertasiyalar va referativ ma’lumotlarni saqlovchi KMBlar;
- ko’rsatilgan soha bo’yicha chop etilayotgan nashrlardan olingan eng zarur ma’lumotlarni
saqlovchi KMBlar;
- jahonda ro’yxatga olingan patentlar to’g’risida bibliografik va referativ ma’lumotlarni
saqlovchi KMBlar;
- jahonda ro’yxatga olingan patentlar va ularning huquqiy hujjatlari to’g’risida ma’lumot
beruvchi KMB- lar;
- faktografik ma’lumotlar, ya’ni foydalanuvchining so’roviga har tomonlama to’la ma’lumot
beruvchi KMBlar.