Intellektual tizimlar


Sun’iy intellekt tizimlari



Download 5,12 Mb.
bet7/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

3. Sun’iy intellekt tizimlari
Sun’iy intellekt borasida oxirgi 30 yil ichida olib borilayotgan tadqiqotlarni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqichda (50-yillarning oxiri) olimlarning harakati evristik (mutaxassisning tajribasi natijasida) izlash nazariyasini yaratishga va faoliyat yoki intellekt darajasiga tegishli bo’lgan «masala yechuvchilar»ni yaratish bo’yicha muammoni hal qilishga qaratilgan. Tadqiqot uchun instrument (asbob) bo’lib EHM xizmat qilgan, har xil o’yinlar, oddiy musiqa asarlari, matematik masalalar o’ylab topilgan. Shunga o’xshash masalalarni tadqiqot uchun tanlash, muammo muhitning oddiyligi va aniqligini, yetarli darajada oson tanlab olish imkoniyatini va usulga qarab sun’iy konstruksiyani tuzishni talab qiladi. Bu yo’nalishda bir qancha yutuqlarga erishildi. Xususan shaxmat programmalari hozir juda yuqori takomilga yetkazildi.
Asosiy qiyinchiliklar masalani yechish uchun yaratilgan usullarni sun’iy muhitlarda emas, balki haqqoniy muhitda qo’llashga urinish jarayonida sodir bo’ldi. Bu qiyinchiliklar tashqi dunyo to’g’risidagi bilimlarni ifodalash muammolari bilan, bu bilimlarni saqlashni tashkil qilish va ularni yetarli darajada izlash, EHM xotirasiga yangi bilimlarni kiritish hamda eskirib qolganlarini olib tashlash, bilimlarning to’laligi va bir-biriga zidligini tekshirish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq. Ko’rsatilgan muammolar bugungi kunda ham to’la yechilmagan, lekin hozirgi paytga kelib shu narsa ravshan bo’lib qoldiki, muammolarni yechish - samarali sun’iy intellekt tizimini yaratishning kaliti ekan.
Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor (60-yillarning oxiridan to 70 yilgacha) intellektual robotlar (real uch o’lchovli muhitda mustaqil holda harakat kiladigan va yangi masalalarni yechadigan robotlar) qurishga qaratildi.
Bu borada intellektual funksiyalarning kerakli doirasi: maqsadga yo’naltirilgan xulq (holat)ni ta’minlash, tashqi muhit to’g’risidagi axborotlarni qabul qilish, harakatlarni tashkil etish, o’qitish, odam va boshqa robotlar bilan muloqotni uyushtirish tadqiq kilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda maqsadga yo’naltirilgan xulq (holat)ni ta’minlash uchun ular atrof-muhit haqida bilimlar majmuasiga ega bo’lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashqi muhit modeli ko’rinishida kiritib qo’yilishi lozim. Robotning tashqi muhit modeli - bu o’zaro bog’langan ma’lumotlar yig’indisi bo’lib, bu ma’lumotlar mos sinfdagi masalalarni yechish uchun kerak. Robotning bilimlar tizimiga muhitning «fikrdagi» o’zgarishini qayta ishlab chiqarish va shu asosda navbatdagi masalani yechishga imkon beruvchi algoritmlar hamda bu rejaning bajarilishini va oldindan rejalashtirilgan harakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo’lishi shart. Bu bilimlar manbaida bilimlar va maxsus blok («reja tuzuvchi») saqlanadi. «Reja tuzuvchi» blokning zimmasiga robotning harakati programmasini tuzish yuklangan. Bu harakat programmasi robot tomonidan kabul qilinadi va robotning sensor (ko’rish vositasi) tizimi orqali kuzatiladi. Robotning ish jarayonida «yechuvchi blok» bo’lishi kerak. Bu blok robotning harakati to’g’risidagi yechimni qabul qiladi. Har ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuvchi bilimlar asosida ishlaydi. Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda ularni hal etish zarur. Shunday muammolarga faoliyat ko’rsatadigan muhit hakidagi bilimlarni tasavvur etish, ko’z bilan ko’rganlarni o’zlashtirish, o’zgaruvchan muhitda robotlar xulqi (holati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan tabiiy tilda muloqotda bo’lish kiradi.
Uchinchi bosqichda (70-yillarning oxiridan boshlab) tadqiqotchilarning e’tibori amaliy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan intellektual tizimlarni yaratish muammolariga qaratildi. Har kanday intellektual tizim, uning kayerda qo’llanishiga bog’liq bo’lmagan holda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EHM ishlatiladi. Tizimning vazifasi - oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani yechishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EHM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo’lgan masalalarni yechish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani yechish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o’rtasidagi o’zaro munosabatni (harakatni, ishlashni) ta’minlaydigan so’nggi foydalanuvchining hamma vositalarini o’z ichiga oladi.
Sun’iy intellektli tizimlarga: axborot - qidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), hisob - mantiq tizimlari va ekspert tizimlari kiradi.
Intellektual axborot - qidiruv tizimlari EHM bilan muloqot jarayonida foydalanuvchilarning tabiiy tilga yaqin bo’lgan kasb tillarida so’nggi foydalanuvchilar (programma tuzmaydiganlar) bilan ma’lumotlar, bilimlar manbalari o’rtasida o’zaro muloqotni ta’minlaydi. Bu tizimlar sun’iy intellekt tizimlarining dastlabkilaridan bo’lib, ular ustida olib borilgan tadqiqotlar hisoblash texnikasi rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Hisob-mantiq tizimlari amaliy matematika va programmalashtirish sohasida mutaxassis bo’lmagan so’nggi foydalanuvchilarni murakkab matematik usullar va shunga mos amaliy programmalardan foydalanib o’zaro muloqot shaklida o’zlarining masalalarini EHMda yechishni ta’minlaydi.
SI ning qo’llanilish sohalariga quyidagilar kiradi:

  • Teoremalarni isbotlash;

  • O’yinlar;

  • Tasvirlarni tanish;

  • Qaror qabul qilish;

  • Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash;

  • Mashinada musiqalarini bastalash;

  • Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;

  • O’qituvchi to’rlar (neyroto’rlar);

  • Og’zaki konseptual o’qitish.

Sun’iy intellektni kelajakda qo’llash sohasidagi rejalar: qishloq xo’jaligida kompyuterlar ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishi, daraxtlarni kesish va tanlash xususiyatiga asoslanib parvarishlashni ta’minlashi kerak. Tog’ sanoatida kompyuterlar insonlar uchun o’ta xavfli bo’lgan sharoitlarda ishlashi kerak. Ishlab chiqarish sohasida hisoblash mashinalari(HM) lari yig’ish va texnik nazoratning turli xil masalalarini bajarishi kerak. Tashkilotlarda HM lari jamoa va alohida xodimlar uchun jadval tuzish, yangiliklar haqida qisqacha ma’lumot berish bilan shug’ullanishi kerak. O’quv yurtlarida HM lari talabalar yechadigan masalalarni ko’rish, undagi xatolarni izlash va ularni bartaraf qilish masalarini hal qilishi kerak. Ular talabalarni hisoblash tizimlarining xotirasida saqlanadigan superdarsliklar bilan ta’minlashlari kerak. Kasalxonalarda HM lari be’morlarga tashxis qo’yish, ularni kerakli bo’limga yuborish va davolash davomida ularni nazorat qilishlari kerak. Uy ishlarida HMlari ovqat tayyorlash, maxsulot xarid qilish bo’yicha maslahatlar berish, uyning va bog’dagi gazonlarning holatini nazorat qilishi kerak. Albatta ayni vaqtda bularning hyech qaysisini amalga oshirish imkoni yo’q, lekin SIsohasidagi tadqiqotlar ularni amalga oshirish imkonini berishi mumkin.



Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish