Intellektual tizimlar


O’z - o’zini tekshirish uchun nazorat savollari



Download 5,12 Mb.
bet64/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

O’z - o’zini tekshirish uchun nazorat savollari.

  1. Tijorat bozorining bir nechta asosiy yo’nalishlarini sanab o’ting

  2. Qanday dasturlash gen injeneriyasi metaforasidan foydalanishga urinish hisoblanadi?

  3. Genetik algoritmlarda nima asosiy qurilish bloki rolini o’ynaydi?

  4. Sun’iy intellektli tizimlarning tijorat muvaffaqiyatlariga sabablar keltiring

  5. Mijoz/server arxitekturasi tushunchasini tushuntirib bering

  6. Statik ETlar qanday talablarga javob beradi?

  7. Real vaqt ETlariga qo’yiladigan maxsus talablar nimalarga olib keldi?



18 -Ma’ruza

EKSPERT TIZIMLARI RIVOJLANIShINING ASOSIY TENDENSIYaLARI


Reja:

  1. Ilovaning xayot sikli.

  1. Asosiy komponentlar.

  1. Bilimlar bazasi.

  2. Chiqarish mashinasi, modellashtirish va rejalashtirish

tizimosti.


Tayanch iboralar: alternativ yondashuv, sozlash fazasi, obyektlar/sinflar, qoida, proseduralar, funksiyalar, formulular, modullar, rejalashtiruvchi, bilimlar bazasi, bilimlar kutubxonasi, daraxtsimon iyerarxiya, iyerarxiya ildizi, o’zgaruvchilar, parametrlar, ro’yxatlar, massivlar, ishchi fazo.


1. Ilovaning hayot sikli.
G2 tizimda ilovaning hayot sikli bir qator bosqichlardan iborat.
1.1. Ilovaning ÿxshashini ishlab chiqish. Ishlab chiqaruvchi odatda muayyan bilim sohasidagi mutaxassis bo’ladi. U asosiy foydalanuvchi bilan muhokama davomida ÿxshashning bajaradigan funksiyasini aniqlaydi. O’xshashni ishlab chiqishda an’anaviy dasturlash ishlatilmaydi. O’xshashni yaratish uchun odatda bir haftadan ikki haftagacha vaqt sarflanadi(ishlab chiqaruvchi bu muhitda ilova yaratish tajribasiga ega bo’lsa). Ilova singari ÿxshash obyekti grafika, obyekt sinflari iyerarxiyasi, qoidalar, tashqi olamning dinamik modellaridan foydalangan holda strukturalashtirilgan tabiiy tilda yaratiladi.
1.2. O’xshashni ilovagacha kengaytirish.Asosiy foydalanuvchi ishni bosqichma-bosqich olib borishni taklif etadi, unga hujjatlarni ko’rsatadi. Ishlab chiqaruvchi hatto ilova ishlayotganda ham foydalanuvchi ishtirokida bilimlar bazasini kengaytirishi va modifikasiya qilishi mumkin. Bu ish jarayonida ÿxshash shunday holatgacha rivojlanishi mumkinki, asosiy foydalanuvchi tasavvurini qondira boshlaydi. Katta ilovalarda iщlab chiqaruvchilar guruhi ilovani yagona bilimlar bazasiga integrallashadigan alohida modullarga bo’lishi mumkin.
Ilovani yaratishning alternativ yondashuvi ham mavjud. Bu yondashuvga ko’ra har bir ishlab chiqaruvchi odatda mijoz kompyuterida joylashgan Telewindow vositasi yordamida serverda joylashgan bilimlar bazasiga murojaatga ega bo’ladi. Bu holda ishlab chiqaruvchilar ilovaga murojaatning turli xil ma’qullangan darajasiga ega bo’lishi mumkin. Ilova nafaqat turli xil EHMlarda, balki bir nechta o’zaro bog’langan G2 qobiqlarida ham amalga oshirilishi mumkin.

    1. Ilovani xatoliklar mavjudligi bÿyicha testdan ÿtkazish. G2 da sintaksis xatolar ma’lumotlar bazasiga konstruksiyalarni (ma’lumotlar strukturasi va bajariladigan tasdiqlar) kiritish jarayonida to’g’ridan - to’g’ri ko’rsatiladi. Faqat hyech qanday xatolarga ega bo’lmagan konstruksiyalar kiritilishi mumkin. Shu tarzda butun ilovani sozlash fazasi tushib qoladi va ilovani ishlab chiqarishni tezlashtiradi.

    1. Ilova va chegaralanishlarni (vaqt va xotira bo’yicha) mantiqan testdan ÿtkazish. Dinamik modellashtirish bloki tekshirish davomida tashqi olamga adekvat bo’lgan turli xil holatlarni tiklashga imkon beradi. Shu tarzda ilova mantiqi u yaratilgan sharoitda tekshiriladi. Asosiy foydalanuvchi sinash jarayoniga ranglarni (ya’ni berilgan holat talab qilinganda yoki shart bajarilganda rangning o’zgarishi) va animasiyalarni (ya’ni holat/shart talab qilganda moxiyatni siljitish/burish) boshqarish tufayli to’g’ridan - to’g’ri ishtirok etishi mumkin. Shu tufayli qoida va proseduralarni taxlil qilmay shunchaki texnik inshoat, boshqariluvchi jarayon va h.k. larning grafik tasvirini ko’rib, ilova ishining mantiqini tushunish va baholash mumkin.

Chegaralanishlar bajarilishini tekshirish uchun tezlik va foydalanilgan xotira bo’yicha statistikani hisoblaydigan “Meters” imkoniyatidan foydalaniladi.
Olingan ilova turli xil qatlamlarga mos keladi: UNIX(SUN, DEC, IBM), VMS(DEC, VAX) va Wndows (Intel, DEC) bilimlar bazasi ixtiyoriy qatlamda bir xil interpretasiya qilinadigan ASCII faylida saqlanadi. Ilovani ko’chirish uni qayta kompilyasiya qilishni talab qilmaydi va fayllarni oddiy ko’chirish bilan amalga oshiriladi. Bu holda ilovaning funksional imkoniyatlari va tashqi ko’rinishi hyech qanday o’zgarishlarga uchramaydi. Ilova to’liq muhitda yoki bilimlar bazasini modifikasiya qilishga imkon bermaydigan runtime muhitida ishlashi mumkin.
1.5. Ilovani kuzatish. Mazkur ilovani nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki ixtiyoriy foydalanuvchi osongina tushunishi va kuzatishi mumkin. Chunki barcha obyektlar, sinflar, qoidalar, proseduralar, funksiyalar, formulalar, modellar bilimlar bazasida strukturalashtirilgan tabiiy tilda grafikli obyektlar ko’rinishida saqlanadi. Uni ko’rish uchun “Inspect” imkoniyatidan foydalaniladi.

Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish