Intellektual tizimlar



Download 5,12 Mb.
bet51/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

Ishlab chiqaruvchi
firma nomi

Xisoblash tizimi

Operasion muxit

Digital Equipment

VAX Zxxx,4xxx,bxxx, 7xxx, 8xxx,9xxx

VMS




DECstation Zxxx, bxxx

ULTRIX




DEC Alpha APX

Open VMS, OSF/1, Windows NT

SUN Microsystems

SUN=4

Sun OS




SPARC 1,2, 10, LX, Classic

Sun OS/Solaris 1, Solaris 2.x

Hewlett Packard

NR9000/4xx, 7xx, 8xx

HP-UX

IBM

RISC 6000

AIX

Data General

AViiON

DG/UX

Silicon Graphics

IRIS, INDIGO

IRIX

PEVM

Intel 486/Pentium

Windows NT, Windows-95

Motorola

Motorola 88000

UNIX



O’z o’zini tekshirish uchun nazorat savollari



  1. Taqqoslash amalining qanday shakllarini bilasiz?

2. Sintaktik taqqoslash holatini tasvirlang?

  1. Semantik taqqoslash holatiga nima mos keladi?

  2. Predmet soha muhimligini qanday parametrlar bilan harakterlash mumkin?

  3. ETda masalalarni yechishda ishlatiladigan usullarni qanday qilib sinflashtirish mumkin?

  4. EKO kompleksi nima uchun ishlatiladi?

  5. G2 uchun mo’ljallangan masalalarning qanday sinflarini bilasiz?

  6. G2 texnik kompleksining yutuqlarini tushuntiring.

15-MA’RUZA

BILIMLARNI OLISh


Reja:
  1. Ekspertdan bilimlarni olish.

  2. Bilimlarni olish usullari.

  3. Bilimlarni olish aspektlari.


Tayanch iboralar: bilimlarni egallash, obyektlashtirilgan bilimlar, ekspert bilimlar, empirik bilimlar, bilimlarning kongitiv strukturasi, bilimlar maydoni, protokol tahlil, professional faoliyatning o’yinli immitasiyasi, intervyu, klasterlar.

  1. Ekspertdan bilimlarni olish.

Bilimlarni manbalardan aniqlash va ularni kerakli shaklga o’zgartirish, shuningdek, texnik vosita(TV)larning bilimlar bazasiga kiritish bilimlarni hosil qilish deb nomlanadi. Bilimlarning manbalari kitoblar, arxiv xujjatlari, boshqa bilimlar bazalari va boshqalar, ya’ni egallovchiga tushunarli bo’lgan shaklga keltirilgan ba’zi obyektlashtirilgan bilimlar bo’lishi mumkin. Bilimlarning boshqa turi ekspert bilimlar hisoblanadi. Ular mutaxassislarda mavjud bo’lib, ular mutaxassisga nisbatan tashqi saqlovchilarda qayd qilinmagan. Ekspert bilimlar subyektiv hisoblanadi. Subyektiv bilimlarning yana bir ko’rinishi empirik bilimlar hisoblanadi. Bunday bilimlar tashqi muhitni kuzatish yo’li bilan TV lar tomonidan qo’lga kiritilishi mumkin.
Obyektlashtirilgan bilimlarni bilimlar bazasiga kiritish muammo tug’dirmaydi, subyektiv bilimlarni, ayniqsa ekspert bilimlarni aniqlash va kiritish anchagina murakkab. Ekspertlardan olinadigan subyektiv bilimlarni egallash uslubiyotini ishlab chiqish uchun bilimlarni qayta namoyish etishning ikki xil shaklini aniq farqlay olish lozim. Birinchi shakl bu bilimlar inson – ekspertda qanday va qaysi modellarda saqlanishi bilan bog’liq. Bunda ekspert undagi bilimlar qanday qayta namoyish etilganini har doim ham to’liq tushunmaydi. Ikkinchi shakl ET ni loyihalaydigan bilimlar injeneri bilimlarni qanday tavsiflashi va namoyish etishi bilan bog’liq. Bilimlar injeneri ishining samaradorligi ushbu ikki qayta namoyish etish shakllarining o’zaro moslik darajasiga bog’liq.
Kongnitiv psixologiyada inson uchun xarakterli bo’lgan (kongnitiv bilimlar strukturasi) bilimlarni qayta namoyish etish (reprezentasiya) shakllari o’rganiladi. Quyidagilar misol bo’la oladi [Xafman, 1986]: tushunchalar sinfini ularning elementlari orqali tasvirlash (masalan, “qush” tushunchasi chayka, qarg’a, chumchuq kabi qatorida qayta namoyish etiladi), sinf obyektlarining tipik xususiyatlarini aks ettiradigan bazaviy prototip yordamida sinf tushunchasinini tasvirlash (masalan, “qush” tushunchasi qanot, tumshuq, uchish va shu kabi qandaydir prototiplar bilan qayta namoyish etiladi), belgilar yordamida tasvirlash (“qush” tushunchasi uchun, masalan, qanotlar, tumshug’, patlarining borligi).
Tushunchalardan tashqari ular orasidagi munosabatlar ham qayta namoyish etiladi. Qoidaga ko’ra, tushunchalar orasidagi munosabatlar prosedurali usul bilan, tushunchalarni tashkil etuvchilari orasidagi munosabatlar esa deklorativ usul bilan aniqlanadi. Ikki xil ko’rinishdagi tavsiflarning mavjudligi bilimlarni tasvirlash modellarida bir vaqtda ikki komponet masalan, kognitiv modelda tasvirlangandek, semantik tarmoq va produksion tizimning bo’lishini talab etadi[Anderson, 1983].
Bilimlarni hosil qilishda predmet sohani tavsiflashda ishlatiladigan hamda tarkibida asosiy tushunchalar mavjud bo’lgan bilimlar maydoni va tushunchalar o’rtasida aloqani o’rnatish uchun ishlatiladigan barcha munosabatlarning xususiyatlari muhim rol o’ynaydi. Bilimlar maydoni predmet sohasining konseptual modeli bilan bog’liq. Bu modelda bilimlar bazasida ularni shakl tasvirlashda yuzaga keladigan cheklanish hisobga olinmagan. Biror sohani bilimlar maydonida tasvirlashdan bilimlar bazasida tasvirlashga o’tish ma’lumotlar bazasining konseptual modelidan uning mantiqiy sxemasiga o’tishga o’xshash.

Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish