ETni tashkillashtirilgan strukturasi.
ET asosida BB yotadi. Bu yerda bilim faktlar va qoidalarning o‘zaro bog‘liq shaklda qabul qilinadi, xoh ular to‘g‘ri bo‘lsin, xoh noto‘g‘ri yoki qaysidir darajada ishonchlilikka ega bo‘lsin.
ETda ko‘p qoidalar, masalan, empirik yoki tajribali qoidalar yoki soddalashtirish, evristika bo‘ladi.
ET evristikani ishlatishga majbur, chunki bu yerda yechiladigan masalalar odatda qiyin bo‘ladi va oxirigacha tushunib bo‘lmasligi, matematik yozuvga tushmasligi mumkin.
Fan soxasi haqida saralab olingan bilimlar bazaviy bilimlar, masalani yechishda qaror qabul qilishda ishlatiladiganlari esa umumiy bilimlar deyiladi. Shunday qilib, ETdagi BB faktlar va qoidalardan iborat bo‘ladi, qaror qabul qilish mexanizmida esa yangi bilimlar uchun qoidani qanday shaklda qabul qilishni aniqlashtiruvchi interpretator va bu qoidalarni qanday tartibda qabul qilishni o‘rnatuvchi dispetcher bo‘ladi.
ETning tashkillashtirilgan sxemasini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |