Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intelektual tizimning iqtisodiyotdagi vazifalari. Ekspert tizimlari tarkibi. Bilimlar bazasi


EKSPERT TIZIMLARI TARKIBI. BILIMLAR BAZASI



Download 67,79 Kb.
bet7/13
Sana21.06.2022
Hajmi67,79 Kb.
#690137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
axborot

EKSPERT TIZIMLARI TARKIBI. BILIMLAR BAZASI.
Bilimlarni taqdim etish usullari ETni asosini Feygenbaum, S. Osuga, R. Forsaytlar qo‘yishgan. Ekspert tizimi uning qismlari bilan o‘zining uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi: • Bilimlar bazasi - BB; • Mantiq chiqarish mashinasi - MChM; • Ifodalash ichki tizimi - IIT; • Bilimlar bazasi tahrirlagichi; • Bilimlarni egallash (o‘rganish) moduli. 20 1. ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri bilimlar bazasi tizimini qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga, ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi. Qoida berilgan aniq holatda nima natija kelib chiqishini aniqlaydi va ikki qismdan iborat bo‘ladi: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin bo‘lgan shart va agar shart bajarilganda kelib chiqadigan harakatdan iborat. Ekspert tizimida foydalanilgan barcha qoidalar tizim qoidasini ifodalaydi, hatto oddiy tizimlar ham bir necha ming qoidadan tashkil topishi mumkin. Bilimlarning barcha ko‘rinishi predmet maydoni o‘ziga xosligiga bog‘liq va shu yoki boshqa hollarda loyihachining mahorati (bilimlar muhandisi) adekvatlik darajasi bir yoki bir necha semantik modellar yordamida tasvirlash mumkin. Eng keng tarqalgan modellarga mantiqiy, mahsuliy, freymli va semantik tarmoqlar kiradi. 2. Mantiq chiqarish mashinasi. Uning maqsadi - tashqi muhit ob'yektlaridan olingan ma’lumotlar qayta ishlanishini muvofiqlashtirishdan iborat. Bu holda BB chekli natijalar olish uchun ishlatiladi. Tashqi muhit ostida texnik tizim, ya’ni ET hisoblagich yoki operatorlardan olayotgan ma’lumotlar tushuniladi. Natijada gipotezalar ilgari suriladi va tekshiriladi, yangi ma’lumotlar ishlab chiqariladi, yangi ma’lumotlarni kiritish shakllantiriladi, yechimlar shakllantiriladi, tavsiya qiluvchi yoki boshqaruvchilik xususiyati shakllantiriladi. IIT ETda foydalanuvchining mantiqiy harakatlarini ifodalashga xizmat qiladi, masalan, ET “shaffoflik”ini ta’minlash uchun. Bu blok, ayniqsa o‘qituvchi va konsultatsiya beruvchi ETlarda ET foydalanuvchilarini o‘zlashtirish jarayonida alohida ahamiyatga ega. IIT vaqtning ihtiyoriy momentida ta’minlaydi: • ayni vaqtdagi tizim holati haqidagi ma’lumotlarni to‘liq berish; • foydalanuvchi so‘rovi bilan oldin bajarilgan harakatlar natijalarini xabar qiladi. 4. Bilimlar bazasi tahrirlagichi - BBT. BBni to‘ldirishda ekspertlar bilan ishlash jarayonida bilimlar muxandisiga yordam berish uchun mo‘ljallangan. BB - bu fayl tizimi va BBT tabiiy tilning ba’zi ichki to‘plamidan bilimlar muxandisi foydalanadigan, MChMga yo‘naltirilgan, maxsus kodga o‘tkazuvchi translyatorni ifodalaydi. BBT shart: • bilimlar muxandisiga qulay bo‘lishi; 21 • oldindan ko‘zda tutilgan BB tarkibining ixtiyoriy tuzilishini realizatsiya qilishi; • BB elementlarini tuzilishga o‘zgartirish kiritmasdan to‘g‘rilashga imkon berishi; • bilimlar muxandisi bilan “do‘stona interfeys”ni ta’minlashi. 5. Bilimlarni ifodalash moduli o‘ta ixtisoslashtirilgan soha maydoni haqidagi bilimlarni chiqarib olishga xizmat qiladi. Bu bilimlar empirik xarakterga ega va shu sohada uzoq vaqtdan beri ishlovchi, ekspert xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu ETni loyihalashdagi muhim jihatidir. Bilimni egallash - ET ishlab chiqishdagi eng nozik bosqichlardan biri. Hozirda bilimlarni egallashda hech qanday avtomatlashtirilgna vositalar mavjud emas. YeT larning soha bo‘yicha bilimlari o‘quv adabiyotlari, hisobotlar, kasalliklar tarixi, tajribaviy malumotlar, shaxsiy tajriba kabi malum bir manbaalardan yig‘iladi. Bilimlarning yagona asosiy manbasi - mutaxassis-ekspert hisoblanado. Bilimlar bo‘yicha muhandis bevosita ekspert bilan muloqot jarayonida bilimni to‘playdi.
Semantik tarmoq bu bilimlarni tasavvur qilishning bir usulidir. Avval semantik tarmok psixologiyada uzoq muddatli xotirani tasavvur qilish modeli sifatida o‘ylab topilgan bo‘lsa, keyinchalik bu ekspert tizimida bilimlarni tasavvur qilish usullaridan biriga aylandi. Semantika- simvollar va shu simvollardagi ob'yektlar o‘rtasidagi umumiy alokadorlikni anglatadi. Ushbu modellar asosida tarmoqlar, cho‘qqilar, yoylar tushunchalari yotadi. Tarmoqlar sodda va iyerarxik bo‘ladi, cho‘qqilar esa mohiyat, ob'yektlar, hodisalar, jarayonlar yoki mavjudlik tushunchalaridir. Ushbu mohiyatlar orasidagi munosabatlar yoylar orqali tasvirlanadi. Tushuncha sifatida odatda abstrakt va konkret ob'yektlar turadi, munosabatlar esa bu, qismiga ega,tegishli, sevadi kabi aloqalardir. Sodda tarmoqlar ichki strukturaga ega bo‘lmaydi, iyerarxik tarmoqlarda esa ayrim cho‘qqilar ichki strukturaga ega bo‘ladi. Semantik tarmoqlarning xarakterli xususiyati bo‘lib uch tur munosabatning mavjudligi hisoblanadi: 1. Sinfning sinf-elementi 2. Xossa-mazmun 3. Sinf element andozasi
Bilim olishning psixologik jixatlari bilimlar muhandisi va bilim manbaasi - ekspert orasidagi o‘zaro munosabatning samarali va muvaffaqqiyatli bo‘lishida 36 asosiy omili hisoblanadi, sababi bilim to‘planishi bevosita eT yaratuvchilari orasidagi muloqoti natijasi hisoblanadi. Shu narsa malumki, og‘zaki muloqot jarayonida axborotning yo‘qolishi quyidagicha kattalikka ega: Ekspert o‘ylaydi 100% axborotni So‘z shaklida ifodalaydi 90% Aytib beradi 80% Yeshitiladi 70% Tushuniladi 60% Bilimlar muhandisi xotirasida qoladi 24% Bilimlarni olsihning psixologik jihatlari strukturasi: a) Aloqa qatlami b) Harakat qatlami c) O‘rganish qatlami Bilimlarni egallashda quyidagi tuzilmaviy modelni qo‘llashimiz mumkin: - muloqot ishtirokchilari (sheriklar) - muloqot vositalari (protsedura) - muloqot mavzusi (bilim) - Aloqa qatlami. Ko‘pgina psixologlar takidlashicha, ixtiyoriy kollektiv jarayonga guruh ishtirokchilari orasidagi atmosfera tasir etadi. Tajribalar natijasidan ma’lumki, do‘stona muhit guruhning alohida azolari imkoniyatlaridan ko‘ra ko‘roq natijaga erishishga olib keladi. Ayniqsa, dasturiy taminot yaratuvchilar konkurent muhitdan ko‘ra kooperativ muhitni afzal bilishadi. Kooperativ muhit uchun hamkorlik, o‘zaroharakat, bir-birini yutug‘idan xursandchilik jihatlari mavjud bo‘lsa, konkurent muhitda esa individuallik, a’zolar o‘rtasida raqiblik hususiyatlari mavjud (muloqotning eng quyi shakli). Jarayonga tasir qiluvchi quyidagi bir nechta shaxsiy xarakter va xususiyatlarni sanash mumkin (bilimlar muhandisi ularga ega bo‘lishi kerak): - do‘stonalik va yaxshi niyatlilik - yumor tuyg‘usi 37 - yaxshi xotira, etibor - kuzatuvchanlik - tasavvur va taassurot - sabot va tirishqoqlik - kirishuvchanlik va topqirlik - tahlil qila olish - jozibador ko‘rinish va kiyinish uslubi - o‘ziga ishonch Protsedura qatlami. Bilimlar muhandisi ekspert bilan ilmiy ishonch va o‘zaro tushunish muhitiga muvaffaqqiyatli erishgach (aloqa qatlami), bu muhitdan samarali foydalana olishi ham kerak. Bu qatlamda bilimlarni olishning protsedurasi asosiy masala hisoblanadi. Bu yerda aloqa qatlamida kerak bo‘lgan ziyraklik va yoqimlilikdan ko‘ra professional bilimlar ko‘proq kerak bo‘ladi. ekspert bilan bo‘ladigan suhbat shinamgina honada yuzma-yuz tarzda o‘tishi, hona yoritilganligi, harorat, shinamlik bevosita kayfiyatga tasir etadi. Choy yoki kofe do‘stona atmosferani hosil qiladi. Amerikalik psixolog I. Atvater bu kabi suhbatlarda eng optimal masofa 1,2 m dan to 3 m gacha deb hisoblaydi. Minimal “qulay” masofa 0,7-0,8 metr hisoblanadi. Shaxsiy fikrlarni rekonstruksiya qilish - qiyni mehnat va shu sababli bitta seansning uzunligi 1,5-2 soatdan oshmasligi zarur. Shu ikki soatni ham kunning birinchi yarmida o‘tqazgan ma’qul (masalan 10 dan 12 gacha). Suhbat jarayonida 20-25 minutlarda o‘zaro toliqish paydo bo‘lishi sabab orada tanafuslarni ham nazarda tutish kerak. Ixtiyoriy bilimlar muhandisida o‘zining unikal suhbat manevri bor. Kimdir tez gapirsa, kimdir sekinroq; kimdri balandroq gapirsa, kimdir pastroq va hk. Gapirish uslubini o‘zgartirib bo‘lmaydi - u insonda avvaldan shakillanadi. Bilimlarni olish esa - bu professional suhbatni talab qiladi va bu jarayonga jumlalar uzunligi ham tasir qiladi. (tilshunos Ingve va psixolog Miller) Aniqlanishicha, inson 7 2 ta so‘zdan iborat jumlalarni yaxshi qabul qiladi. Bu son (7 2) Ingve-Miller soni deb ataladi. Uni nutiqning “suhbatlilik” o‘lchami deb ham hisoblashadi. Natijalarni bayonnomalashtirishni 3 ta uslubda tashkil qilish mumkin: - suhbat jarayonida qog‘ozga yozib borish (kamchiligi - suhbatga halal beradi, stenograf ko‘nikmalarga ega bo‘lsa ham barchasini yozib olish qiyin hisbolanadi) 38 - magnitafonga yozib olish muandisga butun suhbatni va o‘zining harakatlarini qayta tahlil etishga yordam beradi (kamchiligi - ekspertni cheklab qo‘yishi mumkin) - Suhbatdan so‘ng hotirada qolganlarni eslab chiqish (kuchli xotiraga ega analitiklarga mos keladi) Kognitiv qatlam. Kognitiv psixologiya (ingl. Cognition - dunyoni bilish, anglash) inson atrof-dunyoni o‘rganishda ishlatadigan metodlarni o‘rganadi. Bilimlar muhandisiga kognitiv psixologiya nuqtai nazaridan quyidagi maslahatlarni berish mumkin: - muhandisga qulay bo‘lgan uslubda taqdim etishga ekspertni majburlamaligi kerak. - Yekspert bilan turli hil metodlardan foydalanish kerak, “qulf-kalit” kabi ekspertga mos metod bo‘lishi kerak degan shartdan uzoqlashish kerak. - Protseduraning bosh maqsadini aniq belgilab olish kerak, bu ekspert va muhandis munosabatlari va natijada hosil bo‘ladigan asosiy tushunchalarga bevosita tasir etadi. - Yekspert fikrlarini aks ettiruvchi chizmalardan ko‘proq foydalanish kerak. Bu muhandis hotirasida malumotlarni obrazli ko‘rinishda saqlanishiga yordam beradi. 4.4. Bilim olishning gnoseologik jihatlari. Gnoseologiya - falsafada bilish nazariyasi va inson ongida mavjudlik nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lim. Bilimlar muhandisligi fan sifatida ikkilangan gnoseologiya sifatida ifodalash mumkin! mavjudli (D) avval ekspert (M1) ongida shakillanadi, keyin ekspertning faoliyati va tajribasi bilimlar muhandisi (M2) yordamida eTning bilimlar bazasini tashkil etuvchi bilim (Pz)ga interpretatsiyalanadi. Mavjudlikni bilish jarayoni inson ongida borliqni anglashga yo‘naltirilgan. D - mavjudlik M1 - mavjudlikning ekspert modeli M2 - mavjudlikning bilimlar muhandisi modeli Pz - bilimlar maydoni И1 И2 И3 М1 М2 PZ 39 Bilimni olish jarayonida ilimlar muhandisini eT qurish uchun kerak bo‘ladigan ekspertning ayni sohaga oid individual bilimlari bilan bog‘liq komponentalar qiziqtiradi. Bu soha bilimlar asosan emperik kuzatishlar asosida yig‘ilgan bilimlardan iboratligi uchun emperik deb ataladi, ularni qanday qilib umumiylashtirish keying masala. Bilish doimo yangi tushuncha va nazariyalar yaratish bilan bog‘liq. Ko‘pincha muhandis bilan suhbat davomida “yo‘l-yo‘lakay” ekspert yangi bilimlarni yaratayotgandek. Bilimlar muhandisi quyidagi metodologik zanjir yordamida ekspert bilimlarini talqin qiladi: Faktumumlashgan fakt  emperik qonuniyat  nazariy qonuniyat Bilim strukturasi 2 qismdan iborat: - yemperik (kuzatish, hodisa) - nazariy (qonuniyatlar, abstraktsiya, umumlashma) Ilmiy bilim kriteriyasi. Nazarya - nafaqat ilmiy bilimlarni umumlashgan qatiy tizimi, balki yangi bilimlarni ochishning usullari hamdir. Ilmiylikning asosiy metodologik kriteriyalari quyidagilar: - ichki moslik va to‘g‘rilik - tizimlilik - xolisonalik - tarixiylik Ichki moslik va to‘g‘rilik. Bu kriteriya emperik jihatdan bir qarashda ishlamaydigandek. Bilimning to‘liq emasligi predmet sohasini to‘liq tafsiflanmasligi bilan bog‘liq 2. Tizimlilik. Tizimli yondoshuv ixtiyoriy predmet sohasini bir necha o‘zaro munosabatdagi qismlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida tahlil etishga yo‘naltirilgan. 3. Ob’ekt ivlik. Bilish jarayoni chuqur subektiv, demak u o‘rganilayotgan subekt xususiyasiga bog‘liq. Subektivlik faktlarni aniqlashtirilganda paydo bo‘ladi va ob’ekt ni ideallashtirgan sari chuqurlashib boradi 4. Tarixiylik. Bu kriteriya taraqqiyot bilan bog‘liq. Bugunni anglash - o‘tmishni anglash bilan bog‘liq. Bilimlar olishning lingvistik jihatlari 40 Intelektual axborot texnologiyalarini yaratishda asosiy masalalardan biri - ekspert bilimlarini kompyuter xotirasida adekvat ifodalash. Bu informatikada yangi yo‘nalish, ya’ni inson bilimi va uni eXM hotirasida tasvirlash - bilimlar muhandisligi yo‘nalishini yaratilishiga olib keldi. Bilimlar muhandisligi bilimlarni yig‘ish, ularni tahlil etish va intelektual tizimlar uchun ularni formallashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda bilimlar olishning lingvistik jihatlari ko‘rib o‘tiladi. Bilimlar muhandisi va ekspert orasidagi muloqot bevosita suhbat orqali yani lingvistika yordamida amalga oshadi. Bunda asosiy 3 ta asosiy muammoni ko‘rsatish mumkin: 1. Umumiy kod muammosi. Bizni asosan ikkita til - muhandis tili va ekspert tili qiziqtiradi. Muhandsi tili quyiidagi 3 ta tashkil etuvchidan iborat: - Tayyorgarlik davrida maxsus adabiytolardan olgan predmet sohasidagi atamalar; - Uning nazariy bilimlaridagi umumilmiy atamalar - Maishiy suhbat tili Yekspert tili esa: - O‘z sohasidagi terminalogiya - Umumilmiy atamalar va maishiy til; - Yekspert sih jarayondagi neologism - yangi terminlar (kasbiy jargon) Agar ikki ishtirokchining maishiy va ilmiy tili bir-biri bilan deyarli mos tushsa, u holda umumiy kod - umumiy til o‘zaro munosabatning muvaffaqqiyatli bo‘lishiga ximat qiladi. Keyinchalik bu umumiy kod predmet sohasidagi bilimlar bazasini tashkil qiluvchi semantic tarmoq sifatida shakillantiriladi:
Umumiy kodni ishlab chiqish ekspert tomonidan ishlatiladiga atamalarni tuzib chiqish va ularning manosini aniqlashdan boshlanadi. Odatda bu predmet sohasi lug‘atini tashkil etadi. Keyin ularni guruhlash va sinonimlarini aniqlanadi. Umumiy kodni shakillantirish predmet sohasidagi atamalarni manosi bo‘yicha guruhlash bilan yakunlanadi. 2. Tushunchalar strukturasi. Sun’iy intelekt va kognitiv psixologiya bo‘yicha ko‘plab mutaxassislar intelektning asosiy xususiyati - inson ongida barcha tushunchalarning ma’lum tarmoq yordamida birlashganlgi deb hisbolaydi. Shuning uchun bilimlar bazasida faqatgina atamalar emas balki ensiklopediya - atamalar izohi va ularning bir-biri bilan bog‘lanishi muhimdir. Ushbu jarayonda bilimlar muhandisi oldidagi asosiy muammolardan biri suhbu bog‘lanishni o‘rnatishdir. ekspert va muhandis ish jarayonida kognitiv psixologiya natijalariga mos keluvchi tushunchalar iyerarxiyasini yaratishdan iboratdir. 3. Foydalanuvchi lug‘ati Umumiy kod va tushunchalar strukturasi qatlamidagi lingvistik natijalar adekvat bilimlar bazasini qurish uchun yo‘naltiriladi. Shuni unutmaslik zarurki, oddiy foydalanuvchi malakasi predmet sohasidagi maxsus tilni butunlay tushunmasligi mumkin. Foydalanuvchi interfeysini yaratishda tizim qulay, tushunarli va shaffof bo‘lishi uchun umumiy kod lug‘atiga qo‘shimcha ishlov berishga to‘g‘ri keladi. Bilimlar muhandisi ish jarayoniga salbiy tasir etuvchi quyidagi lingvistik muammolarni keltirish mumkin: - turli tilda suhbat qurish - terminlarni noadekvativ interpretatsiya qilish - foydalanuvchi tili va umumiy kod orasidagi farq yo‘qligi.
Freymlar tarmoqlari Bu yerda “O‘quvchi” tushunchasi yuqori qismda joylashgan “bola” va “inson” freymlari ketma-ketligi xossa sifatida kelyapti. Unda “O‘quvchilar shirinlikni yaxshi ko‘radimi?” degan savolga “Ha” deb javob berish kerak (chunki, ushbu xossaga bolalar ega). Xossalarning ketma-ketligi hususiy bo‘lishi ham mumkin, shuning uchun o‘quvchilarning yoshi “bola” freymidan tartiblanmaydi, chunki o‘zining shaxsiy freymida yosh aniq ko‘rsatilgan. Freymlarning asosiy yutug‘i u inson xotirasining kontseptual asosini, qolaversa uning qanday nozik va ko‘rkamligini ko‘rsatib bera oladi. Freymlar Ekspert sistemasida Freymlar Ekspert sistemasida bilimlarin tasavvur kilishning keng tarkalgan formalizmlaridan biri. Freymlarni yacheykalar - slotlar to‘plamidan tashkil topgan struktura sifatida qarash mumkin. Har bir slot nomdan va uni tashkil etuvchi tushunchalar (ma’nolar)dan iborat. Tushunchdlarni ma’lumot, protseduralar, boshqa freymlarga murojaatlardan iborat bo‘lishi yoki umuman bo‘sh bo‘lishi mumkin. Bunday kurilish anologlarni modellashtirish, tushunchalarinng tuzilishi-turi bo‘yicha bog‘lash sohasini tavsiflash va h.k. Ixtiyoriy freym tashkil etuvchilar, nomlar va kuyida berilgan tarkiblardan iborat: 1. Freym nomi. Bu freymga biriktirilgan identifikator bo‘lib, freym berilgan freymli tizimda nomga ega bo‘lishi mumkin. 2. Slot nomi. Slotga biriktirilgan identifikator bo‘lib, slttegishli freymda nomga ega bo‘lishi kerak. Odatda slot nomi hech kanday ma’noli vazifani bajarmaydi va berilgan slotning identifikatori hisoblanadi. 3. Meros olish ko‘rsatgichi. Bunday ko‘rsatgichlar iyerarxik turga ega freym tuzilishiga tegishli bo‘lib, u «mavxum-aniq» munosabatlarga taallukli. Ular yuqori daraja freymlari quyi daraja freymlaridan xuddi shu nomdagi sltlari meros olishini slot atributlari hakida ma’lumotlarni ko‘rsatib beradi. Meros olish ko‘rsatgichlari: ining Unique (U: - a’lo), Same (S: xuddi shu), Range (R: chegaraning o‘rtatilishi), Override (O: ignorirovat) va h.k. freym turli ma’nodagi slotlarni olishi mumkinligini ko‘rsatadi. S -barcha slotlar bir xil tushunchalarni olishi mumkiin, R -kuyi daraja freym slotlari ko‘rsatilgin tushuncha bilan yuqori daraja freym chegarasida turishi kerakligini ko‘rsatadi. 45 4. Ma’lumot turi ko‘rsatgichi. FRAME (ko‘rsatgich), INTEGER (butun), REAL (xakikiy), VOOL (bulev), LISR (birlashtirilgan protsedura), TEXT (matn), LIST (ro‘yxat), TAVLE (jadval), YeXRRESSION (murojaat) va h.k. 5. Slot ma’nosi. Slot ma’nosini kirituvchi punkt. Slot ma’nosi bu slot ma’lumotining berilgan turiga mos kelishi bilan birga meros olish shartini ham bajarishi kerak. 6. Demon. Bunda IF-NEYEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED tipidagi demonlarining aniklanilishi beriladi. Demon deb, ma’lum shartlarning bajarilishi natijasida avtomat ravishda ishga tushadigan protseduraga aytiladi. Demon mos keluvchi slotga murojaat amalga oshirilganda ishga tushadi. Demon birlashtirilgan protseduralar turi xisoblanadi. 7. Birlashtirilgan protsedura. Slot turiga karab protsedura turidagi dasturlarni ishlatish mumkin. 8. Iyerarxik tuzilishning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, yukori boskichdagi freym atributlari hakidagi ma’lumot kuyi darajadagi barcha u bilan bog‘liq freymlar tomonidan ishlatiladi. Masalan: Konferentsiya haqida fremli tasavvur. Iyerarxik freymli struktura freymlararo IS-A munosabatni bazalashtirib, u kandaydir bir konferentsiyani tavsiflaydi. Barcha freymlar SANA, JOY, MAVZUNIIG NOMLANIShI, MA’RUZAChI haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shu yo‘l bilan yuqori darajada KONFERENTSIYa freymi aniqlanadi. Konferentsiyalar iqtisodiy va rivojlanishiga qarab ajratiladi. Ularga slotlar qo‘shilishi mumkin: tijorat hajmi va byudjet.
Demak intellektal axborot tizimlari ishlashi uchun quyidagi bilimlar kerak buladi: 1. Masalani yechish jarayoni haqidagi bilimlar (boshqaruvchi bilimlar, interpretator tomonidan foydalaniladi); 2. Lingivistik prossesor tomonidan foydalaniladigan dialogni tashkillashtirish usuli va suhbat tili haqidagi bilim; 3. Bilimlarni modifikasiyalash va ko‘rsatish usullari haqidagi bilimlar; 4. Tushuntiruvchi komponenta tomonidan foydalaniladigan strukturalashgan bilimlarni qullab quvvatlashi. Bilimlar tarkibini talablarga bog‘liqligi quyidagicha aniqlanadi: 1. Foydalanuvchi qanday ma’lumotlar tuplami bilan ishlamoqchi va umumiy vazifalar tuplamidan bajariladigan vazifalari; 2. Masalani yechishni qaysi usulllari va metodlari qulayroq; 3. Qanday natijalar soni va yechish usullari cheklanganda masalani ajarish mumkin; 4. Muloqot tiliga va o‘zaro dialogni tashkillashitirishga quyilgan talablar 5. Umumlashganlik darajasi yoki muammoli soha aniqligi 6. Foydalanuvchi maqsadlari qanday Predmet sohasi bu ob’ekt lar tuplami bo’lib , ularning xususiyatlari va ular urtasidagi munosabarlatni xarakterlaydi. Predmet sohasini tashkil etuvchi Foydalanuv chi Bilimlar injeneri O’zaro munosobotlar komponental ari (lingvistik protsessor) Ishchi xotira Tushuntirish qobiliyati Interpritator Egallagan bilimlar Bilimlar bazasi 48 ma’lumotlar sohasiga qarab aniq, yaqinlashtirilgan, ko‘pma’noli, to‘liq yoki xato bo‘lishi mumkin. Fan sohasi statik va dinamik qismlarga bulinadi. Kuplab mavjud intellektual tizimlar statik predmet sohasini qarab chiqadi. Statik sohaga misol sifatida kasalliklar belgisini saqlovchi va ushbu belgilar asosida diagnoz quyish qoidalari haqida ma’lumot saqlovchi sohani keltirish mumin. Dinamik sohalar quyidagi tiplarga ajratiladi: 1. Vaqt buyicha o‘zgarmas ob’ekt larni fazodagi joylashuvi faqat e’tiborga olinuvchi ko‘rinishlari (odatda robototexnikada foydalaniladi, bunda dinamik ra’fishda fazo buyicha o‘zgarishlar sodir buladi); 2. Vaqt buyicha ob’ekt ning o‘zgarishi e’tiborga olinadi, lekin fazoga nisabatan o‘zgarishlar qaralmaydigan kurinishlari (kasalning vaqt buyicha holatlari e’tiborga olinuvchi tizim misol buladi); 3. Ob’ekt ning vaqt buyicha o‘zgarishi hamda fazodagi o‘zaro ta’sirlari qaraluvchi ko‘rinishlari. Predmet sohasining vazifalari quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Predmet sohasining tahliliy masalasi 2. Predmet sohasini almashtirish masalasi 3. Predmet sohasini tanlash yoki aniqlash masalasi Tahlil masalasi - bu joriy predmet sohani aniqlashtirishdan oldin amalga oshiriladi. Aniq statik predmet sohada kurilishi mumkin bulgan masalalardan eng oddiy masala tahlilini amalga oshirish mumkin. Bunda uning yechish davomida ma’lumotlar qushib borilmaydi, ya’ni o‘zgartirilmaydi yoki uchirilmaydi. Almashtirish masalasi - bunda predmet sohaning bir holati boshqa predmet sohaga almashish masalasi qaraladi. Bunda hosil buluvchi yangi predmet soha mavjud predmet soha chegaralaridan chiqib ketmaydi. Shuningdek bir qancha muammolar vujudga keladi: predmet sohani almashtirish mumkinmi va uni qanday almashitirish kerakki masala yechimlarini barchasini qamrab olsin. Almashtirishda ma’lumotlar ish sohasiga tushadi yoki chiqib ketadi, ma’umotlar yangi holatga utganda yangi predmet sohaga mos kelishi kerak. Aniqlash masalasi - bunda tizim yechish davomida bir alternativ sohadan boshqasiga o‘tadi. Aniqlash masalasini yechishda axborotni to‘liqmaslik muammosini bartaraf etuvchi va yechimni qidirish jarayonini davom ettirish imkonini beruvchi dasturdan foydalanish kerak. Bu axborotlar aniq faktlarga teskari 49 bulmasligi kerak. Bu mosligni qoniqtirmasligi boshqa alternativ sohaga o‘tishni zaruriyatini uyg‘otadi. BBda bilimlar strukturasini kurib chiqaylik: Bilimning interpretasiyalanuvchi turi- bu interpretator tomonidan aniqlash mumkin bulgan tur. Bu tur o‘z ichiga predmet bilimlarini, boshqaruv bilimlar va ko‘rinish bilimlari (birgalikda metabilimlarni tashkl etadi) ni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatish bilimlari tizimda interpretasiyalangan bilimlar qanday ko‘rinishda joylashgani haqida axborot saqlaydi. Predmet soha ko‘rsatkichlari predmet bilimlar haqida aniq ma’lumotlar masalan, qoidalarning, ma’lumotlarning aniqlik koyeffisiyenti, kattaliklar muhimligi va murakkabligi saqlaydi. Operatsion bilimlar masalani yechish davomida predmet sohani tavsifini qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida axborot saqlaydi. Bu bilimlar qayta ishlash proseduralarini belgilaydi. Yunaltirilgan bilimlar qaysi bilimni qanday holatda foydalanish to‘g‘risida axborot saqlaydi. Odatda yunaltirilgan bilimlar mavjud gipotezalarni tekshirishda foydalanish mumkin bulgan bilimlar va gipotezalar haqida ma’lumotlarni saqlaydi.

Download 67,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish