Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish FKda yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari to‘g‘risida»gi qonun, «Seleksiya yutuqlari haqida»gi qonun va shu kabilar) belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi orqali vujudga keladi. Buning uchun intellektual mulk obyektiga nisbatan o‘z subyektiv huquqlarining e’tirof etilishiga haqli bo‘lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilan- gan tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o‘z talabini asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olingan- ligini bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi shahodatnoma), huquqiy muhofaza yorlig‘i beradi. Vakolatli davlat organi bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. Vakolatli davlat organi (ko‘p obyektlar bo‘yicha bunday organ bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hisoblanadi) huquqiy muhofaza yorlig‘i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o‘rganib chiqadi
huquqiy muhofaza berilishi so‘ralayotgan obyekt intellektual mulk obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo‘qmi;
o‘z nomiga huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishini so‘rab murojaat qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, yo‘qmi;
huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi asosida vujudga keladi
ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi;
foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi);
seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi;
tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, guvohnoma beriladi;
firma nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib (reyestrga kiritilib), bu haqda dalolatnoma beriladi;
tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, undan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |