Intellektual mulk huquqi- bu aqliy faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’ektlaridan o’z hohishiga ko’ra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutloq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Mutloq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulkni O’zbekistonda rivojlanishi
1992-2011-yilar intellektual mulk ob’ektlari muhofazasi bilan shug’ullanuvchi vakolatli davlat organlari Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqi agentligi tashkil etildi. Ushbu davrda bevosita intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori bilan Davlat Patent idorasi va Mualliflik huquqi bazalarida O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi.
Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona yondashuvni ta’minlash, mamlakatimizning ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish bo’yicha yaxlit tizim vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to’g’risidagi Nizomi tasdiqlandi.
Sohadagi so’ngi o’zgarish va yangiliklarni qonunchilikka tatbiq etish maqsadida 2020-yil 5-avgustda “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va Tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risidagi” , “Ixtirolar, foydali modellar, va sanoat na’muhalari to’g’risidagi”, “Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi”, “Integral mikrosxemalar to’g’risidagi”, va “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risidagi” qonunlarning entellektual mulk sohasini tartibga soluvchi bandlariga o’zgartirish va qushimchalar kiritildi.
Intellektual mulk muhofazasini amalga oshiruvchi davlat organlari
- Adliya vazirligi.
1. Intellektual mulk agentligi (IMA) (PQ-4380.1.07.2019).
2. Xududiy adliya organlari (PQ-4380.1.07.2019).
- Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasi (VMQ-402,15.05.2019).
- Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (GIS) (PQ-4024, 21.11.2018).
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) (PQ-4151, 02.02.2019).
- Davlat bojxona qo’mitasi (DBQ) (VMQ-374, 30.07.1997).
- Davlat soliq qo’mitasi (DSQ) (VMQ-320, 17.04.2019).
- Bosh prokuratura xuzuridagi Departament.
- Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohani rivojlantirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
- Intellektual mulk sohasidagi huquqni qo’llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Intellektual mulk masalalari bo’yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk obektlariga bo’lgan huquqlarni o’zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shartnomalarni tuzish orqali o’rnatish va mustahkamlash;
- Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, Tovar belgilari va boshqa entellektual mulk obe’ktlarini huquqiy himoya qilish;
- Intelektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o’tkazishda ishtirok etish;
- Jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish.
Adliya vazirligi huzuridagi intelluktual mulk agentligi vazifalari
Patent-bu texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan e’tirof etilganligini va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan mutloq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining ma’suliyatlari va ekskulusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday bo’lsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Ko’p mamlakatlarda berilgan ekslusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qo’llanishi, sotish yoki tarqatishini oldini oladi.
Nazariy va empirik yangiliklar yig’indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi innovatsiya va novatsiyalarning yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki mantiq va yo’nalishlarga ega bo’lib, u yangi g’oya fikrni bo’lishidan undan foydalana boshlashigacha bo’lgan jarayon ham ilmiy-ijodiy faoliyat mantig’ini belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayonining tuzilishi bir bosqichdan ikkinchi bosqichiga o’tishida o’zgarib boradi. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyatdagi innovatsiya denamikasida uning samarasi namoyon bo’ladi.
Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi.
Innovatsiya o’zining asosiga ko’ra, birinchidan, yangilikka yo’nalgan ya’ni madaniyat yangiliklarini ochishga qaratiladi, ikkinchidan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning bugungi kunini ham aks ettiradi.
Innovatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyatining mavjud shakl va usullarini yangilashga, ularni amalga oshirish uchun yangi maqsad va vositalar yaratishga qaratilgan faoliyatdir.
Balabanov ta’kidlashicha, ‘’ Innovatsiya – yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalarni tashkil etishning yangi shakllariga mablag’ kiritish orqali erishilgan moddiylashgan natijadir’’.
Novatsiya-esa yangi tartib,usul ixtiro, ilgari mavjud bo’lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bo’lgan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o’tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq. Nazariy va empirik yangiliklar yig’indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi innovatsiya va novatsiyalarning yaxlitligini tashkil etadi.
Tomas Kun fikricha, ‘’Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg’or tasavvurlar almashinishi orqali ro’y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro’y beruvchi ilmiy inqiloblar orqali, esa paradigmalarni yangilarga almashish kabilar o’zida nafaqat nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi’’. V.N.Kudryavsev uning fikrini davom ettirib, ‘’Ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy mulohaza va taxmin darajasini o’z ichiga qamrab oladi, keyin esa eksperiment yoki uning muhokamasiga e’tibor qaratiladi’’ , deb ta’kidlaydi.
Novatsiya bu aynan vosita -yangi usul, texnika, texnologiya, dastur va boshqalar..
Innovatsiya esa bu vositani o’zlashtirish jarayonidir. Ya’ni atrof-muhitga yangi barqaror elementlarni kirituvchi, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga olib keladigan maqsadli o’zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |