Интеллект ва тафаккурнинг спорт фаолиятидаги ўрни


Sport faoliyatining motivlari



Download 0,6 Mb.
bet9/19
Sana04.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#634843
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
зухра тайёр.

2.1. Sport faoliyatining motivlari.
Psixologiyada motiv deganda insonni faoliyatga ichki undovchi sifatida ishtirok etadigan hamma narsalar tushuniladi. Turli xildagi qiziqishlari, intilishlari, berilishi, ko‘rsatmalari, ideallari va boshqalar motivi bo‘lishi mumkin. Odamning nima qilmoqchi yoki nimaga erishishni belgilovchi faoliyat maqsadidan farqli ravishda motivlar u nima uchun aynan ana shu ishni bajarishni yoki shunga erishishni xohlashini tushuntiradi.
Motivlar odam tomonidan aktual anglab yetilmasligi yoki qisman anglab yetilishi mumkin. Haqiqatda odamni faoliyatga bir emas, balki bir necha bir-biri bilan bog‘liq motivlar qo‘zg‘atadi, ularning to‘plami motivatsiya deb ataladi. Motivatsiya tarkibida har doim ustun turuvchi motiv hamda ikkinchi darajali, bo‘ysunuvchi motivlar mavjud bo‘ladi.
Motivlarning kuchliligi, ularning barqarorligi, shaxsning asosiy ijobiy ma’naviy ko‘rsatmalariga va qadriyatli yo‘nalishlariga mosligi maqsadga yo‘nalgan, yuqori faollikka ega va samarali faoliyatning muhim shartidir.
Motivlarning faollashtiruvchi va yo‘naltiruvchi vazifalari odamning to‘siqlarga duch kelganida, maqsadga erishish yo‘lida qiyinchiliklar yuzaga kelganida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan ularning odamni xulqi va faoliyatini irodaviy boshqarishdagi roli belgilanadi. Motivlarni o‘rganishda birinchi navbatda ularning katta turli-tumanligi va dinamikligi aniqlandi. Sport faoliyati motivi (boshqa faoliyatlar kabi) oldindan berilmaydi, ular sportchining shaxsi umumiy rivojlanishi ta’siri ostida yuzaga keladi, shakllanadi, rivojlanadi, o‘zgaradi. Insonni sport bilan shug‘ullanishga kiziktirishning asosiy ruxiy xossasi-ushbu sport turi bilan shug‘ullanish orkali erishiladigan konikish xissini xosil kilish tuygusidir.
Bu murakkab xarakterdagi motivlar bulib, ular kuyidagilar:
Sport faoliyatiga oid motivlar:

  1. Muskul aktivligining namoyon bulishidan sportchining konikish xis etishi.

  2. Uz xarakatlarining epchilligi va guzalligidan zavk olishi.

  3. Murakkab va xavflimashklarni bajarishda kat’iyatli va jasurlikni namoyon kilishga intilish.

  4. Musobakalarda katnishishdan zavk olish.

  5. Kanchalik kiyin bulmasin galabaga erishish, uzining maxoratini kursatish, rekord natijalarga erishishga intilish.

Sport faoliyatiga yondashgan metodlar:

  1. Sport bilan shug‘ullanish orqali kuchli, sog‘lom bo‘lishga intilish.

  2. Sport orqali o‘zini amaliy faoliyatiga tayyorlashga intilish.

  3. Sport faoliyatini muximligini anglab yetish.

A.S.Puni (1977) maxsus tajribalar va kuzatishlar asosida maktab yoshidan boshlab yetuk moxirlik darajasiga erishish davridagi sport faoliyati motivlarining rivojlanishdinamikasini kuyidagicha aniklab berdi:
Sport bilan shug‘ullanishning boshlangich boskichi.
Bu sport faoliyatiga kirishning birinchi urinishlari davri. Buni ko‘zg‘atuvchi motivlar, birinchidan o‘smirlar sportning bir necha turi bilan shug‘ullanishni boshlaydilar, o‘zlarining kaysi sport turida o‘z mahoratlarini namoyon kilishlari muximligini yaxshi bilmagan xolda, ikkinchidan fizkulturani sevaman, shuning uchun shug‘ullanyapman, uchinchidan aynan shu sport turi bilan shug‘ullanish uchun yaxshi sharoitlarning borligi bilan boglik, turtinchidan uziga karzdorlik elementlarini oladi(jismoniy tarbiya darslariga katnashish lozim edi).
Tanlagan sport turida ixtisoslashish boskichi:
Bu boskichda sport faoliyatining motivlari:

  1. Sportning bir anik turiga kizikish uygotish va rivojlantirish.

  2. Shu sport turiga nisbatan kobiliyatlarini topa olish va yuksaltirish.

  3. Maxsus bilimlarni kengaytirish, sport texnikasini yuksaltirish, shug‘ullanishning yukori darajasiga erishish.

Sport maxorati boskichi.
Bu boskichda sport faoliyatining boskichlari kuidagilardan iborat.

  1. O‘zini sport maxoratini yuksak darajada saklab turish va undan xam kup yukori muvaffakiyatlarga erishishga intilish.

  2. O‘zining sportdagi erishilgan g‘alabalari bilan Vatanga xizmat kilish, xalkaro musobakalarda Vatanning shon-sharafini ko‘tarish, yangi dunyo rekordlarini urnitishga intilish.

  3. O‘zi tanlagan sport turiga o‘z xissasini ko‘shishga intilish, uning texnika va taktikasini boyitish va yuksaltirish, o‘z tajribasini, bilimini yosh sportchilarga o‘rgatishga intilish.

Dastlabki motivlarga quyidagilar kiradi: insonning harakatlarga tabiiy talabi asosidagi jismoniy mashqlarning emotsional qiziqarliligi motivi; jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish zarurligi bilan belgilanadigan majburiylik motivi va boshqalar. Birlamchi motivlar uchun ular yetarlicha anglab yetilmagan ehtiyojlar bilan aralashadi, ularda turli jismoniy mashqlar va sport turlariga qiziqishlarda diffuzlik, noaniqlik va beqarorlik namoyon bo‘ladi. Motivatsiyasining keyingi rivojlanishi tanlagan sport turi bilan muntazam mashg‘ulotlar, erishadigan muvaffaqiyatlari. Sportchilarning yoshi, jinsiy va individual-psixologik farqlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Mana shular yordamida sport bilan shug‘ullanuvchi odam amal qiladigan va uni qo‘zg‘atuvchi motivlar turli-tumanligi belgilanadi.
Sport psixologi Yu.Yu.Palayma sport musobaqalashish faoliyati V guruhlarini ko‘rsatadi: ma’naviy tartibdagi motivlar (burch, jamoatchilik, vatanparvarlik); o‘zini tashkil etish (anglash)ga intilish; raqibi, murabbiyi, tomoshabinlarga munosabati bilan bog‘liq motivlari; xususan musobaqalashish motivlari (kuch sinashish tabiiy istagi, azart); estetik tartibdagi motivlar: ma’lum ustunlikka, moddiy farovonlikka erishish istagi bilan bog‘liq motivlar va boshqalar.
Sport faoliyati motivlari alohida amal qilmaydi, balki biz aytib o‘tganimizdek odatda ustun motivlar ajralib turadigan ma’lum tizimda amal qiladi. Masalan, Yu.Yu.Palaymaning tadqiqotlarida 1-razryadli va sport ustasi sportchilari orasida dominant motivi bo‘yicha farq qiluvchi ikki guruh aniq ajralib turishi aniqlangan. Birinchi, muallif shartli ravishda “jamoatchilar” deb atagan guruhga ularda jamoatchilik, ma’naviy motivlar ustun turadigan sportchilar kiradi, ular bilan ahamiyatliligi bo‘yicha shaxsning o‘zini tashkil etishi motivi yoki sportga muhabbat motivi bog‘liqdir.
Sportchilar ikkinchi guruhida, ularni ham shartli ravishda “individualistlar” deb atadik, shaxsini ifoda etish, o‘zini tashkil toptirish bilan bog‘liq motivlari ustun hisoblanadi, jamoatchilik motivlari esa bo‘ysunuvchi sifatida ishtirok etadi. Motivlar orasida jamoa oldidagi mas’uliyatni xis etish, sportda raqiblik xissi, yangini xis etish kabilar muhim ahamiyatga ega. Yangilik xissi quvonch, qoniqish va aqlni ishlatishi sababli hatto “ijodiy azob” sifatida alohida holat sifatida bo‘ladi. Kuchi, g‘ayrati ortadi, faoliyatda takrorlanmaslik va o‘ziga xoslikka chorlaydi. Chidamlilik va o‘zini tuta bilishni namoyon etishda yuksak ma’naviy motivlari – vatanparvarlik va jamoatchilik, burch va mas’uliyat, sportchi sharafi va g‘ururi xissi va sportchiga yuksak maqsadlarni afzal bilishga va keskin vaziftlarda bir daqiqa o‘zini tuta bilish, o‘zini yo‘qotmaslik istaklariga yordam beruvchi boshqa motivlari alohida ahamiyatga ega.
Sportda motivatsiyaning xususiyatlarini tahlil qilishda boshqacha yondoshishlar ham mumkindir. Misol uchun xususan sport faoliyati motivlari protsessual yoki natijaviy motivatsiyasi ustunligi bo‘yicha ikki turga ajralishi mumkin.
Protsessual motivlari jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, sport faoliyatida ishtirok etishga yo‘nalgan shaxslar uchun xosdir. Yuksak sport natijalari va yutuqlariga erishish motivlari ularda mavjud emas, yoki bo‘ysunuvchi xususiyatga ega.
Protsessual motivlari ko‘p jihatdan sport turi funksional mazmuni bilan, uning emotsional, ekspressiv vaziyati bilan determinatsiyalashgan. Tavakkal qilish odati – dovyurak sportchilarning muhim protsessual motivlaridan biri. Lekin dovyurak odamda ham qo‘rquv saqlanb qoladi, ammo qo‘rqoq odamdan ko‘ra ancha kamroq. Bu holat sportchilarning o‘zlari gaplari bilan ham, tajriba tadqiqotlari bilan ham tasdiqlanadi, bu K.KPlatonovning “...qo‘rquv dovyurak odamda qoladi, u shuning uchun ham dovyurakki, chunki qo‘rquvga qaramasdan harakat qiladi” degan fikri bilan mos keladi.
Protsessual motivlarining roli ham muhim – o‘ziga xos sport quvonchi, chalg‘ituvchi harakatlarga, ta’sir ko‘rsatishga berilmaslik mahoratidan qoniqish, adashtiruvchi omillar hujumi ostida hotirjam va og‘ir bo‘lib qolish. Protsessual motivlarini tarbiyalash shuullanuvchilarda to‘siqlarni yengish jarayonini o‘zidan ijobiy xissiyotlar olishda namoyon bo‘ladigan “kuchli” taassurotga talab shakllanishi asosida olib boriladi. Bu odamni yangilik va kutilmaganlik, tavakalchilik va xavflili, toliqish sport natijalari uchun yuksak mas’uliyat va ushbu sharoitlardan chiqib olishdan qoniqish xis etish omillari ta’siri sharoitiga kiritish yordamida amalga oshiriladi. Muvaffaqit odamni qayta quvonishga chorlaydi, natijada u “bu qiyinchiliklarni esdan chiqaradigan keyingi zavqlanishni oldindan sezib shu “azoblarga” ongli ravishda boradi. Shuning uchun irodali sportchilar salbiy emotsiyalarni ambivalent xis etishga boshlaydilar: qo‘rquv “zavqli qo‘rquv” (A.Berman), charchoq – “yoqimli qiyinchilik” (G.Zibina) yoki “ajoyib charchoq” (G.Rulante), g‘azab “sport g‘azabiga” aylanadi; bunday sportchi “qiyinda osonni, og‘ir va bir xildagida zavqlini ko‘ra olishga qodirdir”. Bularning natijasida protsessual motivlari “men xohlayman ...”, “menga yoqadi” formulasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sport yo‘nalganligi uchun maqsadlari va motivlari uyg‘unligi – sport mahoratini oshirishga intilish, yanada yuqori sport natijalariga, musobaqalarda g‘alabalarga erishish hisoblanadi.
I.G.Kelishev maqsad va motivlarining o‘zgaruvchanligini va ular sababli yo‘nalganligi turidagi o‘zgarishlarni ham ta’kidlaydi.
Natijaviy motivlari sportda yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga erishishga yo‘nalgan sportchilarda ustun turuvchi motiv hisoblanadi. Bunday motivatsiya odatda yuksak darajadagi sportchilar uchun xosdir.
Sportchilarning motivatsion doirasini o‘rganish faqat o‘rganish ahamiyatiga emas, balki katta amaliy ahamiyatga ma’naviy tarbiyalash masalalarini hal etish uchun. Sportchilarning individual-psixologik va mahorati darajasiga mos keluvchi motivlar tizimini shakllantirish, musobaqalarga psixik tayyorlik holatini shaklantirishda ahamiyatga ega.
Motivlari faoliyat maqsadlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga motivlari faoliyat maqsadlariga to‘la mos kelishi mumkin. Bunday hollarda odatda faoliyat samaraliligi ayniqsa yuqori bo‘ladi. Lekin motivlari va maqsadlari o‘rtasida qisman yoki to‘la farq ham bo‘lishi mumkin. Odatda bu holat faoliyat samaraliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Protsessual motivlari maxsus hisoblanadi, chunki turli irodaviy sifatlarda ular bir xil emas, ularning qo‘zg‘atish imkoniyatlari faoliyatni o‘zining qiziqarliligi bilan, uning mazmuni va jarayoni, erkinligi, chiroyliligi, yangiligi bilan yuzaga keladi. Ijrochilik komponenti qabul qilingan qarorlarni bajarishga qaratilgan ongli ravishda yo‘nalganlik va diqqati jamlanganlikda namoyon bo‘ladi. Shu bian birga sportchi natijaviy va protsessual motivlari energiyasidan foydalanadi. Bundan tashqari o‘zining irodaviy faolligini o‘zi rag‘batlantirishi sodir bo‘ladi (uni motivatsiyalovchi yoki tuzatuvchiga qo‘shimcha) u faoliyatda irodaviy kuchlarini o‘zi tashkil etish uslublari va o‘zini mobilizatsiyalash uslublari yordamida amalga oshiriladi. Konkret ijrochilik komponentifikr va sezgilarini psixik jarayonlarini va harakatlanish faolligini kerakli yo‘nalishda yo‘naltiruvchi ma’lum usul bilan harakatlarga o‘tishini ta’minlovchi qiyinchilik ni hal etish va to‘siqlarni yengib o‘tish maxsus mahoratida namoyon bo‘ladi. Bu irodaviy malakalari (E.A.Mileryan terminologiyasi bo‘yicha) noqulay holati, yomon tasavvurlari, fikrlari, sezgilari bilan kurashda foydalaniladi: fazoda va vaqt davomida harakatlarini yaxshiroq tashkil etish hamda boshqarishga, kerakli, maksamal jismoniy kuchlarini jamlashda xizmat qiladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish