Intellekt psixodiagnostikasi Reja



Download 2,32 Mb.
bet24/52
Sana03.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#313436
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
intellekt psixodiagnostikasi

Natijani baholash

Agar to‘plangan ballar 10 ga teng bo‘lsa, ko‘rgazmali-harakat tafakkuri juda Yuqori darajada rivojlangan.

Berilgan vaqt davomida bola vazifani to‘g‘ri hal qilib, 4,8-8,0 ball to‘plagan bo‘lsa bu tafakkur turi yuqori darajada rivojlangan.

1,5-3,5 ball – bu tafakkur turining o‘rtacha rivojlanganligini bildiradi, bola maktab ta’limiga tayyor hisoblanadi.

1,5 ballgacha – ko‘rgazmali-harakat tafakkuri yaxshi rivojlanmagan, bola maktab ta’limiga tayyor emas.

Klassifikatsiya
Guruhlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan bo‘lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan o‘zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Shu bilan tajriba vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulq-atvor xususiyatlari, uning xatolarga munosabati hamda yordam berilganda, ularni kuzatish qobiliyatlari ko‘rinadi.

Tajriba o‘tkazish uchun har xil predmetlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning rasmlari tasvirlangan kartinkalar kerak bo‘ladi. Bunda rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) taklif etgan rangli bezash, turli umumlashtirish darajalari aks etgan bo‘lishi kerak. Bog‘cha bolalarini tekshirishda (S.YA.Rubinshteyn, 1970) kartochkalarning ba’zilaridan (o‘lchash asboblari, o‘quv qurollari) foydalanmaslik kerak, chunki bolalar ular haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. Bu metodikalarning boshqa variantida predmetlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning nomlari kartochkalarga yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu (og‘zaki) variantini kattaroq bolalarni (3–4-sinf o‘quvchilarini) tekshirishda qo‘llash mumkin.

Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti predmetli klassifikatsiya, ikkinchi varianti – og‘zaki klassifikatsiyadir, ikkala variant ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni shakllantirish qobiliyatini aniqlaydi.

Sinaluvchiga quyidagi qo‘llanma beriladi: «Hozir siz turli predmetlar, o‘simliklar, hayvonlar, tevarak atrofdagi barcha narsalar tasvirlangan kartochkalar to‘plamini olasiz. Siz ularni qaysi narsa nimaga kirishiga qarab guruhlarga ajratasiz». Keyin tadqiqotchi bir kartochkani olib sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini so‘raydi. To‘g‘ri javob olgach, uni bir tomonga qo‘yib qo‘yadi. Keyin navbatdagi kartochkani olib, unda nima tasvirlanganini ham aniqlaydi. Bu tasvirlar bir-biriga qanchalik o‘xshashligi va farq qilishi ularni bir guruhga kiritish mumkinligini aniqlaydi. Sinaluvchi ko‘rsatmani tushunib, kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata boshlaganidan so‘ng, tadqiqotchi tomonidan ko‘rsatiladigan yordam to‘xtatiladi. Klassifikatsiya metodida og‘zaki metodni qo‘llashda ham Yuqoridagi kabi ko‘rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi sinaluvchiga predmetlarning belgilari va xususiyatlarini ko‘rsatib, bir guruhga kiritish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riq bermasligi kerak. Predmetli klassifikatsiya bo‘yicha tajribalar 3 guruhda bajariladi. Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko‘rsatma bo‘yicha ajratadi. «Tadqiqotchi tadqiqot qarorida sinaluvchi harakatlarini, ajratish xususiyatlari (masalan, «shkaf», «pal’to» «velosiped» va «sportchi» kartochkalarini qaysi guruhga kiritganligi)ni yozib boradi. Barcha kartochkalar guruhga ajratib bo‘linganidan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘tiladi. Bir turdagi belgilariga ko‘ra kartochkalarni kattaroq guruhlarga birlashtirish haqida sinaluvchiga qo‘llanma beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o‘z harakatlarni to‘g‘rilashga kirishganidan boshlanadi. Sinaluvchi ko‘rsatilgan yordamni qanday qabul qilishiga, o‘xshash xatolarni to‘g‘rilay olishiga e’tibor qaratiladi. Bu bosqich eng uzoq davom etadi, chunki bu bosqichda topshiriqni bajarish davomida nima uchun har bir kartochka u yoki bu guruhga kiritilganligi aniqlanib, barcha harakatlar batafsil yozib boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga kiritilganligiga emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish qobiliyati ham aniqlanadi. («mebel’», «uy hayvonlari», «transport» va boshqalar). Sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini birlashtirib, yanada kamroq guruhlar qolishi kerak va ularni qandaydir tushuncha bilan umumlashtirish kerak. Ba’zan qo‘llanmada «o‘simliklar», «hayvonlar», «jonsiz predmetlar», «odamlar» deb guruhlar soni aniq ko‘rsatiladi.

Tadqiqotchi sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan vaqtda tadqiqot qarorini to‘ldirib borishi zarur (17-jadval).


Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish