IJODIY TAFAKKURNI ANIQLASH METODIKALARI “Tasniflash”metodikasi1
Mazkur metodika semantik materialda divergent tafakkur mahsuldorligini tekshirish uchun qo’llanadi.Metodikaning qo’llanish tartibi. Sinaluvchilarga narsa-buYumlarning bir guruhi – o’q, ari, timsoh, baliq, ilon, qayiq, musicha kabilarni turli belgi va xususiyatlariga ko’ra imkon qadar ko’proq (xilma- xilroq) tasniflarga ajratish taklif qilinadi.
Ish uchun ajratilgan vaqt – 8 daqiqa.
Natijalarni qayta ishlash. Sinaluvchi tomonidan narsa-buyumlarni tasniflash orqali hosil qilingan guruhlar miqdori hisoblanadi hamda ushbu ko’rsatkich semantik material bilan ishlashda divergent tafakkur mahsuldorligi ko’rsatkichi sifatida talqin etiladi.
“Gaplar”metodikasi2
Mazkur metodika ramziy material bilan ishlashda divergent tafakkur mahsuldorligi (verbal kreativlik) darajasini aniqlash uchun qo’llanadi.
Metodikaning qo’llanish tartibi. Sinaluvchilarga uch harf – D, M, T harflari bilan boshlanuvchi so’zlardan tashkil topadigan gaplar tuzish taklif qilinadi.
Ish uchun ajratilgan vaqt – 8 daqiqa.
Natijalarni qayta ishlash. Sinaluvchi tomonidan ajratilgan vaqt ichida qoidaga binoan tarzda nechta gap tuzilgani hisoblanadi hamda ushbu ko’rsatkich ramziy material bilan ishlashda divergent tafakkur mahsuldorligi (verbal kreativlik) ko’rsatkichi sifatida talqin etiladi.
“Vartega doiralari” metodikasi3
Mazkur metodika ijodiy tafakkurning uch asosiy sifati – tezligi, egiluvchanligi va originalligi darajasini aniqlash uchun qo’llanadi.
Ko’rsatma: “Hurmatli ishtirokchi! Ushbu test sizga o’z ijodiy qobiliyatlaringizni sinovdan o’tkazish imkonini beradi. Buning uchun sizga berilgan varaqda tasvirlangan 20 ta doiraning tasviridan asos sifatida foydanib, turli narsa-hodisalarni chizishingiz zarur bo’ladi. Rasmlarni doiralar ichida ham, ulardan tashqariga chiqib ham chizish mumkin. Rasmlar chapdan o’ngga qarab chizilishi kerak. Ish uchun sizga jami 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Unutmang rasmlar imkon qadar original (betakror) bo’lishiga intilish lozim”.
Natijalarni hisoblash
1.Tafakkur tezligi bo’yicha: rasmlarning jami miqdori hisoblanadi va har bir rasm uchun 1 balldan baho qo’yiladi.
2.Tafakkur egiluvchanligi bo’yicha: rasmlarning guruhlari miqdori (necha xil toifadagi narsa chizilgani) hisoblanadi va har bir guruh uchun 1 balldan baho qo’yiladi. Rasmlar quyidagi guruhlar bo’yicha tasniflanadi – tabiat, maishiy buYumlar, fan va texnika, sport, bezak buYumlari, odam, iqtisod, olam.
3.Tafakkur originalligi bo’yicha: har bir kamyob rasm uchun 2 balldan baho qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |