Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin - Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin
- namoyon bo‘ldi va bugungi kunda jahonda shakllangan iqtisodiy va siyosiy tizimni belgilab berdi.
Insoniyat jamiyati o‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin. - Insoniyat jamiyati o‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin.
- Aynan raqobat texnikani rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish, yangi buyumlar yaratish va bozorga xaridorgir tovarlar taklif etish, doimo ularning sifatini yaxshilab borish, mahsulot tannarxini pasaytirish, jami imkoniyatlarni amalga oshiriga undovchi ob’ektiv iqtisodiy omildir.
- Hamma vaqt ham raqobat kurashida kim intellektual imkoniyatlar va intellektual faoliyat natijalaridan unumli foydala olsa faqat o‘sha muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
- Shuning uchun yetakchi industrial davlatlar oldida butun jamiyat farovonligi yo‘lida yaratilayotgan ixtirolar, yangi texnologiyalarning uzluksiz oqib kirishi, yangi tovarlarning bozorga chiqarilishi uchun qanday sharoit yaratish zarur degan vazifa turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |