KAZUS:
1950 yilda BMTning Xalqaro sudi boshpana huquqi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqadi. Ishning
mazmuni shundan iborat edi: Kolumbiyaning Perudagi elchixonasida 1949 yilda Peru flotida sodir
etilgan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan va Peru hukumati tomonidan siyosiy jinoyatlarni sodir etishda
ayblanayotgan shaxs yashiringan edi. Peru hukumatining ushbu fuqarosini topshirish to‘g‘risidagi
so‘roviga Kolumbiya elchixonasi rad javobini beradi va bunga Lotin Amerikasi mamlakatlari
amaliyotida siyosiy faoliyati uchun ta qib qilinayotgan shaxslarga diplomatik boshpana taqdim etish
ʼ
odati mavjud ekanligini asos qiladi. Ushbu holatning tasdig‘i sifatida Kolumbiya 1928 yilgi
Boshpana huquqi to‘g‘risidagi Gavana konvensiyasini va 1933 yilda Montevideoda bo‘lib o‘tgan
VII Panamerika konferensiyasida qabul qilingan Siyosiy boshpana to‘g‘risidagi konvensiyani
ko‘rsatadi.
Savollar:
1. “Qochoqlar” kimlar va 1951 yilgi BMTning Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyasiga
asosan ularga qanday huquqlar taqdim etilgan?
2. Boshpana huquqi deganda nima tushuniladi va qanday toifadagi shaxslarga u taqdim etiladi?
3. Shaxs tomonidan siyosiy bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etilganda unga boshpana taqdim
etiladimi?
4. Hududiy boshpana tushunchasining mazmuni nimadan iborat va u diplomatik boshpanadan qaysi
jihatlari bilan farqlanadi?
5. Qochoq hisoblanadigan shaxslarning maqomi boshpana taqdim etilishiga nomzod yoki bunday
maqomni olgan shaxslarning maqomi bilan qanday o‘zaro nisbatda?
JAVOB:
Ushbu kazusga javob yozishda IRAC usulidan foydalanamiz va yuqoridagi
muammoli vaziyatdan quyidagi muammolarni ajratib olish mumkin:
1. “Qochoqlar” kimlar va 1951 yilgi BMTning Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi
konvensiyasiga asosan ularga qanday huquqlar taqdim etilgan?
2. Boshpana huquqi deganda nima tushuniladi va qanday toifadagi shaxslarga u
taqdim etiladi?
3. Shaxs tomonidan siyosiy bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etilganda unga boshpana
taqdim etiladimi?
4. Hududiy boshpana tushunchasining mazmuni nimadan iborat va u diplomatik
boshpanadan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
5. Qochoq hisoblanadigan shaxslarning maqomi boshpana taqdim etilishiga nomzod
yoki bunday maqomni olgan shaxslarning maqomi bilan qanday o‘zaro nisbatda?
Bu savollarga javob topishda quyidagi huquqiy manba va xalqaro hujjatlardan
foydalanamiz: 1951-yilgi “Qochoqlar maqomi to‘g‘risida” Konvensiya, 1967-yilgi
Qochoqlar maqomi bo‘yicha Protokol, Boshqarma Nizomi, Boshpana rezolyutsiyasi
(1950),
1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va
Hududiy boshpana to'g'risidagi 1967-yilgi Deklaratsiya,
Qochoqlar
maqomi to’g’risidagi 1951 – yilgi Konvensiya ( 1994-yil 22-aprelda kuchga kirgan).
Endi esa bevosita muammolarni birin-ketin hal etsak, birinchi muammo yuzasidan
shuni aniqlashtirish lozimki, qochoqlar
deb, harbiy harakatlar, turli xil g’ayrihuquqiy
bosqinlar sababli o‘z mamlakatlarini tark etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxslar
tushuniladi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida qochoqlarni huquqlarini himoya
etuvchi
uchta
universal
xalqaro-huquqiy
hujjat
mavjud:
– BMT Qochoqlar ishi bo’yicha Bosh Komissariat Boshqarma Nizomi;
–
1951-yilgi
“Qochoqlar
maqomi
to‘g‘risida”
Konvensiya;
– 1967-yilgi Qochoqlar maqomi bo‘yicha Protokol.
1
Xalqaro huquqda qochoqlarga nisbatan turli xil huquqlar berilishi va rejimlar
qo’llanilishi mumkin. 1951-yildagi Konvensiyada aynan ushbu masala bo’yicha
atroflicha yondashilgan. Xususan, qochoqlarga nisbatan davlatda ushbu rejimlardan
bittasi qo’llanilishi lozim:
a)
Milliy rejim, ya’ni o’z fuqarolari bilan qochoqlarni teng huquq bilan ta’minlash.
Bu rejimda qochoqlar fuqarolar foydalanishi mumkin bo’lgan konstitutsion
huquqlardan ham bemalol foydalana olishadi. Masalan, vijdon erkinligi,
mualliflik huquqi yoxud huquqlari buzilishi tufayli sudga murojaat qilish va
hokazo. 1993-yilda Rossiyada “Qochoqlar to’g’risida”gi qonun qabul qilingan va
ushbu qonun bo’yicha Rossiyada qochoqlarga milliy maqom berilgan hamda bir
qancha imtiyozlar ham nazarda tutilgan;
2
b)
Qochoqqa o‘zi qochoq maqomini olguncha yashab kelgan davlat fuqarolariga
nisbatan qo‘llaniladigan rejim, ushbu rejim ichki qonunchilik bilan tartibga
solinib, agarda qochoqlar fuqarosi bo’lgan davlat bilan ular hozir ko’chib kelgan
davlat o’rtasida shu mazmunda shartnoma imzolangan bo’lsa, qochoqlarga
birmuncha qulayliklar yaratilishi mumkin;
c)
Maxsus rejim, bu rejimda davlat ichki qonunchiligida qochoqlarga nisbatan
qo’shimcha yengillik va imtiyozlar amalda bo’ladi.
Bundan tashqari ushbu Konvensiyada qochoqlarga nisbatan maxsus huquqlar
berilgan. Binobarin, ular biror bir davlatga noqonuniy kirgan taqdirda
1
K. Lukashuk, D. Saidov. Xalqaro huquq. Darslik. 2013. 236-bet
2
G.Yuldasheva//Mualliflar jamoasi. Xalqaro huquq. Darslik. Toshkent-2017. 143-bet
javobgarlikdan avtomatik ravishda ozod etiladi, biroq ular mamlakat hududiga
kirgach, davlatga kirganligi haqida tegishli organga xabar berishlari talab etiladi.
Ikkinchi muammoga to’xtalsak,
1950-yilda qabul qilingan Boshpana
rezolyutsiyasida boshpana berishga quyidagicha tavsif berilgan:
«Boshpana - davlatning o‘z hududida yoki joylarda uning ma’lum
organlari nazorati ostida bo‘lgan va boshpana izlayotgan shaxsga
ko'rsatadigan homiyligidir».
Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi 14-moddasiga binoan, BMT maqsad-vazifa, faoliyatiga
zid keladigan jinoyat (xalqaro, xalqaro xarakterga ega jinoyatlar)
sodir etgani sababli ta’qib ostiga olingan yoki davlatlarning ikki
yoxud ko’p tomonlama shartnomasi asosida topshirilishi zarur
bo’lgan jinoyatchi shaxslardan tashqari hamma xohlagan davlatdan
boshpana izlash va olish huquqiga ega. Shuningdek, boshpana
huquqi, 1967-yilgi Deklaratsiya 1-moddasida mustahkamlab
qo’yilganidek, mustamlakachilikka qarshi kurashayotgan shaxslarga
ham beriladi. biroq shuni ham hisobga olish lozimki, o’z xalqi
manfaatlariga xiyonat qilganlarga boshpana berish BMT tomonidan
asosga ega emas deb topilgan.
Uchinchi muammoga nazar tashlasak, boshpana berish instituti
umumiy asosda siyosiy institut hisoblanishi hamda davlatlarning
suverenitetiga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bir qancha
davlatlarning qonunchiligiga ko’ra, boshpana berish faqat boshqa
davlatda siyosiy asosda ta’qib qilinayotgan shaxslarga beriladi.
Basharti shaxs nosiyosiy javobgarlik bo’yicha ta’qib ostiga olingan
bo’lsa va shu holatda u boshqa davlatga boshpana so’rab murojaat
qilsa, bu o’z davlati yurisdiksiyasidan noqonuniy chiqish deb
hisoblanadi. Biroq bu boshpana olish uchun 100 % siyosiy ta’qib
ostida bo’lish lozim degani emas. Masalan, O’zbekiston
Respublikasida siyosiy boshpana diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy
mansubligi uchun ta’qib qilinadigan shaxslarga ham berilishini
ko’rish mumkin. Yuqoridagi muammoli vaziyatda Peru fuqarosi
siyosiy asosga ko’ra ta’qib qilinayotgani tufayli siyosiy boshpana
olishga to’laqonli haqlidir hamda Kolumbiyaning bu holat bo’yicha
qilgan xatti-harakatlari mutlaqo to’g’ri sanaladi.
To’rtinchi masala haqida shuni ta’kidlash o’rinliki, hududiy
boshpana diplomatik boshpanadan birmuncha farqlidir, ya’nikim
hududiy boshpana deb biror bir davlat boshqa davlat fuqarosiga o’z
hududidan boshpana berishiga aytilsa, diplomatik boshpanada
davlatning boshqa davlatdagi diplomatik yoki konsullik
vakolatxonasidan muayyan shaxslarga boshpana beriladi, asosan –
elchilik yoki konsullik vakolatxonasi bo’lgan davlat fuqarolariga.
Bundan ko’rinib turibdiki, hududiy boshpana bevosita davlatning o’z
hududidan ajratiladi, diplomatik boshpana esa davlatning o’z
hududidan emas, balki xorijiy davlatda joylashgan vakolatxonasidan
beriladi. Kolumbiya ham shu asnoda Peru fuqarosiga diplomatik
boshpana berish huquqiga ega va buni tegishli xalqaro shartnomalar
bilan asoslagan, chunki perulik shaxs siyosiy jinoyati uchun ta’qib
qilinmoqda. Yuqoridagi holatda noma’lum bo’lsa-da, shuni ham
qo’shimcha qilish joizki, agar ta’qib qilinayotgan shaxs uchun
Peruda o’lim jazosi nazarda tutilgan bo’lsa, bu holatda ham
Kolumbiya hukumati shaxsni o’z davlatiga jo’natmasligi mumkin va
bu xalqaro huquqda juda keng tarqalgan holat sanaladi.
Beshinchi muammo yuzasidan mulohaza yuritiladigan bo’lsa, avvalo, bu ikki
toifadagi shaxslar orasidagi farq juda katta hisoblanadi: qochoqlar o’z mamlakatidan
qandaydir harbiy-siyosiy harakatlar tufayli ketishga majbur bo’lgan erkin aybsiz
shaxslar bo’lsa, boshpanaga nomzod yoki uni olgan shaxslar o’z davlatida jinoyatchi
deb topilgan insonlardir. Qochoqlar maqomi yuqorida aytib o’tilgan 1951-yildagi
Konvensiya bilan himoya qilinadi. Q
ochoqning mulkka nisbatan huquqi,
mualliflik va sanoat huquqlari, ishga joylashish, ijtimoiy va tibbiy
ta’minot masalalari va boshqalar ushbu Konvensiyada o’z aksini
topgan. Ba’zi huquqlarga nisbatan qochoqlar milliy tartibdan
foydalanadilar (sudga murojaat etish huquqi, mualliflik huquqlari,
ilm olish va boshqalar), boshqa huquqlarga nisbatan esa (mulkchilik
huquqi, uyushmalarga kirish huquqi, yollanib ishlash va boshqalar),
odatda, chet elliklar qulay bo'lmagan tartibdan foydalanadilar,
chunki bu borada har bir davlat, odatda, o’z fuqarolariga yaxshiroq
xizmat ko’rsatish va qochoqlarga nisbatan ko’proq afzalliklar
berishni lozim topadi. Boshpana berish instituti esa 1950-yilda qabul
qilingan rezolyutsiya, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
(1948) hamda 1967-yilgi Deklaratsiyada mustahkamlab qo’yilgan
bo’lib, bu boradagi asosiy masalalar aynan boshpana berilishi
mumkin bo’lgan toifalar to’g’risidadir. Shaxsga o'z hududidan
boshpana bergan davlat bu shaxsning xavfsizligi kafolatini
ta’minlash, uni u ta’qib qilinishi mumkin bo'lgan mamlakatga
topshirmaslik va surgun qilmaslik hamda unga asosiy huquq va
erkinliklarni berish majburiyatini oladi. Bundan ayonki, boshpanaga
nomzodlar va uni olgan shaxslar maqomi qochoqlar maqomi bilan
xavfsizlik masalalarida juda o’xshash hisoblanadi, ya’ni ikkala
toifadagi shaxslarga ham davlat shaxsiy daxlsizlik va xavfsizlik
borasida ulkan mas’uliyatni bo’yniga oladi. Qolgan huquqlar ko’lami
bo’yicha birmuncha farqlar mavjud, negaki boshpana olganlarga
nisbatan boshpana bergan davlat, asosan, xavfsizlik va boshqa eng
asosiy huquqlarni ta’minlashni o’z bo’yniga oladi, qochoqlarga ega
boshpana olganlarga nisbatan anchagina huquqlar kengaytirilgan
tarzda ta’minlab beriladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan asoslarga
tayangan holda agarda perulik shaxs o’z xalqi manfaatlariga xiyonat
qilmagan deb topilsa, mustamlakachilikka qarshi kurashgan
shaxslarga ham boshpana berilishi mumkin. Ushbu holatda
Kolumbiya tomonidan qilingan xatti-harakatlar to’laligicha huquqiy
asoslarga muvofiq keladi, chunki uning siyosiy jinoyati uchun ta’qib
ostiga olinganligi va Peru – o’z davlatida bu qilmishi uchun o’lim
jazosi berilishi xavfi mavjudligi sababli Kolumbiya bu shaxsga
diplomatik boshpana berish va uni Peruga topshirmaslik huquqi
xalqaro ommaviy huquqqa oid qator hujjatlarda mustahkamlangan.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Xalqaro huquq va milliy huquq o’zaro bog’liqligi nimalarda ko’rinadi?
O’zbekistonda qaysi nazariya qo’llanadi – monizm yoki dualizm? Asos sifatida
misollar keltiring.
2. Xalqaro shartnomaning implementatsiyasini amalga usullari qanday?
JAVOBLAR:
1. Xalqaro va milliy huquq turli huquq tizimlari hisoblanib, o’z navbatida,
turlicha sohalarda amal qiladi. Shunday bo’lsa-da, ushbu huquq tizimlari bir-
birisiz o’z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshira olmaydi hamda buning bir
qancha o’ziga xos sabablari bor. Ulardan biri sifatida shuni keltirib o’tish
lozimki, muayyan xalqaro huquq subyektlari tomonidan qabul qilinadigan
xalqaro huquqiy normalar nafaqat xalqaro huquqiy munosabatlarni tartibga
solishda, balki milliy huquq tizimiga tatbiq etililishida ham juda muhim
ahamiyat kasb etadi, ya’ni milliy huquq tizimiga tatbiq etilmaslik xalqaro
normalarning qiymatini qisman pasaytiradi. Shu jihatdan xalqaro huquq milliy
huquq tizimiga ta’sir o’tkazadi va milliy qonunchilikni xalqaro standardlarga
moslashtiradi. Bu ikki huquq tizimi bir-biri uchun manba vazifasini o’taydi
hamda biri boshqasini muntazam o’zlashtirib, to’ldirib turadi. Misol uchun
BMT ning 1989-yilda bir ovozda qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi
Konvensiyasi hozirgacha yuzdan ortiq davlatlar tomonidan ratifikatsiya
qilingan hamda ushbu xalqaro shartnomada qanday protsedura
mustahkamlangan bo’lsa, davlatlar shundayligicha milliy huquq tizimiga tatbiq
etishlari talab etiladi. Basharti, biror bir masala xalqaro huquqda ochiq
qoldirilgan bo’lsa, xalqaro huquqqa zid bo’lmagan holda milliy huquq tizimi
orqali tartibga solinishi mumkin
3
. Shuningdek, bu ikki huquq tizimining o’zaro
bog’liqligida milliy huquq tizimining ham dominantlik pozitsiyasini
ko’rishimiz mumkin, chunki muayyan xalqaro huquq normalari ham
davlatlarning o’ziga xos demokratiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosati hamda aynan
milliy qonunchilik tizimiga mos ravishda ishlab chiqiladi. Agarda ishlab
chiqilgan xalqaro normalar ma’lum bir davlatning milliy huquq tizimiga
monelik qiladigan bo’lsa, ushbu davlat bu xalqaro shartnomani ixtiyoriy
ravishda ratifikatsiya qilishdan bosh tortishi mumkin, negaki butun bir
qonunchilik tizimiga birgina xalqaro shartnoma tufayli 50-60% o’zgartirish
kiritish nafaqat moliyaviy tomondan juda serchiqim, balki ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish tizimining amalga oshirilishini tizginidan
chiqarib yuborishi mumkin. Demak, ba’zan milliy huquq tizimi ham xalqaro
normalarning dunyoga kelishiga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. Yuqoridagi
misoldan uzoqlashmagan holatda shuni ko’rsatib o’tish kerakki, Bola huquqlari
to’g’risidagi Konvensiyani, xalqaro huquqda juda faolligiga qaramay, AQSh
haligacha qabul qilmagan, negaki bu davlat qonunchilik tizimida bolalarga
nisbatan ushbu Konvensiyada taqiqlangan ko’pgina sanksiyalar o’z aksini
topgan. Shu sababdan, bu xalqaro shartnomani qabul qilish butun bir
qonunchilik tizimining jiddiy o’zgarishiga olib kelishi turgan gap.
Qisqa qilib aytganda, dualistik nazariya asoschilari xalqaro va milliy huquq
tizimi, ularning tartibga solish obyektlari, huquqiy munosabat subyektlari
hamda yuridik normalari jihatidan tubdan farq qiladi, shuning uchun bu ikki
huquq tizimi o’zaro bahs qilishi mumkin emas, shuningdek bir-biriga tobe ham
emas, deb hisoblashadi. Oradan uzoq vaqt o’tmay turib, bu ikki huquq
tizimining bir-birisiz o’z faoliyatini olib borishi imkonsizligi, ularning
manbalari bevosita bir-biriga bog’langanligini ilgari surgan monistik nazariya
3
International law frameworks by David Bederman. 2015. 142-bet
asoschilari maydonga chiqdi. Ularning fikricha, xalqaro huquq tizimi milliy
huquq tizimidan ustuvor turadi va u aynan milliy huquq tizimining
globallashgan uzviy-huquqiy davomi sifatida tan olinadi. Ko’rinib turibdiki,
ushbu nazariyalar o’rtasida O’zbekiston milliy qonunchilik tizimiga ko’proq
monistik nazariya to’g’ri keladi va bu huquqiy amaliyotda ham o’z aksini
topgan. To’g’ri, “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi O’RQ ning 6-
moddasida qonunchiligimizdagi normativ-huquqiy hujjatlar turlari batafsil
keltirilgan, biroq ularning tarkibiga xalqaro huquq normalari kiritilmagan.
Shunga qaramay konstitutsiyamizning muqaddimasida “Xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda” deb aytib o’tilganligi
yoki bir qancha qonunlarda agarda xalqaro huquq normalari va ushbu
qonunning muayyan moddasi o’zaro zid kelgan holatda xalqaro huquq normasi
qo’llanilishining mustahkamlanganligi milliy huquqdan ko’ra xalqaro huquq
respublikamizda ustuvorroq ekanligidan dalolat berishini bilib olish mumkin.
2. Xalqaro shartnomalar implementatsiyasi, ya’ni uni milliy qonunchilikka
tatbiq qilish usullari, asosan, to’rtga bo’linadi:
a) Umumiy – bu usulda davlat ratifikatsiya qilgan xalqaro huquq
normalarining barchasi yoki ba’zi turlari mamlakat huquq tizimining
ajralmas qismi ekanini belgilaydi. Bu usul xalqaro hamjamiyatda juda jeng
yoyilgan usul hisoblanib, deyarli barcha xalqaro huquq subyektlari aynan
shu usuldan foydalanishadi;
b) Individual – bunda alohida xalqaro-huquqiy normalar maxsus hujjat orqali
milliy qonunchilik tizimiga kiritiladi va bu usul, ayniqsa, sharqiy Yevropada
keng tarqalgan usul sanaladi;
c) Bevosita – bu usulda qabul qilingan xalqaro shartnoma qoidalari milliy
huquqdan ustun turuvchi normalar sifatida yuzaga keladi
4
, chunki bunday
usulda shartnomani qabul qilish aktida uning to’g’ridan to’g’ri ta’sir kuchiga
ega ekanligi mustahkamlangan bo’ladi. Bunday transformatsiya uslubini
qo’llash uchun xalqaro shartnoma bevosita kuchga kirishga tayyor holda
bo’lishi lozim, ya’ni milliy qonunchilikka kirganida bo’shliq va zidliklardan
holi bo’lishi talab etiladi.
d) Bilvosita – bunda esa shartnoma mazmunini o’zida aks ettiruvchi ichki
qonunchilikda milliy normativ-huquqiy hujjat chiqariladi. Masalan,
Ruminiyada Genotsid jinoyatining oldini olish Konvensiyasi normalarini
deyarli to’liq o’zida aks ettirgan normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, havola etish implementatsiyaning alohida turi
hisoblanib, ma’lum bir normalar tegishli xalqaro shartnomaga muvofiq
qo’llanishi zarurligi qayd etilgan holatlarni nazarda tutadi. Mashhur huquq
nazariyotchisi Stiven Kreyn o’zining “Huquq ustuvorligi va uning jamiyatga
ta’siri” asarida ta’kidlashicha, aynan havolaki uslub milliy huquq tizimi va
4
G.Yuldasheva//Mualliflar jamoasi. Xalqaro huquq. Darslik. Toshkent-2017. 155-bet
xalqaro huquqiy maydon o’rtasidagi muvofiqlik va birdamlikni saqlab turadi
hamda katta anglashmovchilik va xatolarning oldini oladi. Xalqaro
shartnomalar milliy huquq tizimiga kirib kelar ekan, ularning o’rni va
ahamiyati milliy qonunchilikda alohida rol o’ynaydi. Xalqaro shartnoma
qabul qilinishi tufayli bekor bo’ladigan hamda o’zgaradigan qonun va
qonunosti hujjatlari belgilanadi va ularning ustida ishlanadi. Shundan so’ng
esa ushbu xalqaro shartnomani bajarish instituti o’z ishini boshlaydi.
Xususan, O’zbekistonda ham “Xalqaro shartnomalar to’g’risida” Qonun
mavjud bo’lib, unda implementatsiya va bajarish borasida atroflicha
to’xtalib o’tilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
G.Yuldasheva//Mualliflar jamoasi. Xalqaro huquq. Darslik. – T:
“Toshkent”-2017
2.
K. Lukashuk, D. Saidov. Xalqaro huquq. Darslik. – T: “Toshkent” - 2013
3. International law frameworks by David Brederman. – T: “Highwalls” -
2015
4. A.Weiner, H.Duncan. International law, 7-nashr. – T: “Mornwood” –
2011
5. Stiven Kreyn. Huquq ustuvorligi va uning jamiyatga ta’siri. – T:
“Willington” - 2013
Internet manbalari:
1. @www.uzlawblog.com
2. @www.tergovchi.uz
3. @www.distant.tsul.uz
4. @www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |