Instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"



Download 174,98 Kb.
bet17/21
Sana19.01.2022
Hajmi174,98 Kb.
#392360
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Bank risklarini Norboev BMI uz 10b32

(Tegishli moliyaviy yilning 1 yanvar holatiga)


Ko‘rsatkich nomi

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Bazaviy I darajali kapital (Oddiy aksiyalar

+ taqsimlanmagan foyda)ga minimal talab


3,5%


4,0%


4,5%


4,5%


4,5%


4,5%


4,5%

Maxsus zaxira(konservatsiya buferi) kapitali











0,625%


1,25%


1,875%


2,50%

Bazaviy I darajali kapitalga minimal talab

+ Maxsus zaxira kapitali


3,5%


4,0%


4,5%


5,125%


5,75%


6,375%


7,0%

I darajali kapitalga minimal talab

4,5%

5,5%

6,0%

6,0%

6,0%

6,0%

6,0%

Umumiy kapitalga minimal talab

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

Umumiy kapitalga minimal talab + Maxsus zaxira kapitali


8,0%


8,0%


8,0%


8,625%


9,25%


9,875%


10,5%

Qo‘mitaning yangi talablarini bajara olmagan tijorat banklari bonus to‘lovlari va dividendlar miqdorini kamaytirishga majbur bo‘ladilar.

Aksiyadorlik kapitali mikdoriga nisbatan belgilangan talablar oshirildi.

Agar mazkur talab bundan oldin aktivlarning riskka tortilgan summasini soliq to‘langunga qadar bo‘lgan miqdorini 2 foizini tashkil etgan bo’lsa, endi Ushbu ko‘rsatkich mazkur summaning soliq to‘langandan keyingi miqdorining

4,5 % darajasida belgilandi.






36 www.bis.org –xalqaro Bazel qo’mitasining rasmiy web sayti ma’lumotlari

Birinchi darajali kapitalning yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab oshirildi.Ushbu talab 2013 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda amaldagi 4 foizdan 6 foizga oshiriladi.

Kapitalning himoyaviy «konservatsiya «buferi» joriy etiladi. Kapitalning himoyaviy «konservatsiya «buferi» birinchi darajali kapitalning 2,5 foizi hajmida tashkil etiladigan qo‘shimcha zaxiradan iboratdir. Shunday kilib, birinchi darajali kapitalga nisbatan belgilangan umumiy talab darajasi 7 foizni tashkil etadi

(2,5% + 4,5 %).

Kontrsiklik bufer joriy etiladi.Kontrsiklik bufer bank o‘z kapitalining


  1. %dan 2,5 foizigacha hajmda tashkil etiladi va kreditlash hajmining keskin oshishiga to‘sqinlik qiladi.

Tijorat banklarining o‘z kapitali va jalb etilgan kapitali o‘rtasidagi nisbat.Ushbu nisbat risksiz miqdorni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Risksiz miqdor sifatida birinchi darajali kapitalning 3 % darajasi olinadi. Mazkur ko‘rsatkich 2013-2017 yillarda joriy qilinadi va tegishli tuzatishlardan so‘ng direktiv ahamiyat kasb etadi.

Bazel-III da bank likvidliligiga nisbatan ham yangi talablarni beligalydi. 2015 yildan boshlab likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi - Liquidity Coverage Ratio (LCR) joriy etiladi.


Likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi - Liquidity Coverage Ratio (LCR)37



LCR 30 kunlik muddatda kapital chiqimini yuqori likvidli aktvlar zaxirasi bilan qoplanishini ko‘rsatadi.

Banklarda moliyalashtirishning yetarliligini nazorat qilish maqsadida Net Funding Stability Ratio (NFSR) ko‘rsatkichini 2018 yildan boshlab joriy etish

ko‘zda tutilgan. Ushbu ko‘rsatkich mavjud va talab qilinadigan moliyalashtirish hajmi o‘rtasidagi nisbat shaklida aniqlanadi.


Banklarda moliyalashtirishning yetarliligini nazorat qilish- Net Funding Stability Ratio (NFSR) ko‘rsatkichi38



Yuqoridagi yangi talablar bank tizimida joriy etishda quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin:



  • Oddiy aksiyalar salmog‘ini oshirish uchun qo‘shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarish va investorlarni jalb etish, aksiyalar taklifining ortishi hisobiga aksiya bahosining pasayishi;

  • Taqsimlanmagan foyda salmog‘ini oshirish borasida aksiyadorlar o‘rtasida

manfaatlar kelishmovchiligining yuzaga kelishi;

  • Iqtisodiy retsessiya sharoitida sof foydani oshirish imkoniyatining cheklanishi;

  • Yangi likvidlilik talabini joriy etish hisobiga daromadlilikning pasayishi;

  • Banklarning kreditlash ko‘lamining qisqarishi va h.k.

Bazel-1 standartiga ko‘ra, tijorat banklari aktivlari yoki ularning IIHT mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan banklar va boshqa depozitar institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlar va boshqa aktivlar 20 % risk darajasiga ega. Holbuki, mazkur standartga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan kreditlar 100% risk darajasiga ega.

Biz ekspertlarning Bazel qo‘mitasining banklar faoliyatidagi kredit riskini aniqlashda mijozning IIHTga a’zolik omilini hisobga olmaslik xususidagi fikriga qo‘shilamiz. Fikrimizcha, kredit riskini baholashda Bazel qo‘mitasi tomonidan taklif qilingan standart yondashuvdan kredit riskini baholashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, birinchidan, kredit riski darajasi

mijozning xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan reyting ballari asosida aniqlanadi, reyting ballari esa, ob’yektiv voqelikni aks ettiradi. Ikkinchidan, standartlashgan yondashuvni qo‘llash oson.

Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini o‘lchash standart koeffitsientlari aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining kredit sifatidan qat’i nazar kapitalga 8% (ya’ni riskni o‘lchash koeffitsientining 100%) miqdorida ajratmalar qilish nazarda tutiladi.

Ichki reytinglar asosidagi yondashuvda kredit riski darajasi bankning ichki reytinglariga asoslangan ballarga bog‘liq ravishda belgilanadi. Banklarning ichki reytingi esa, mijozlarning kredit tarixiga asosoan belgilanadi. Mazkur yondashuvda uch muhim jihat mavjud:

bank o‘zining va o‘z kontragentlarining krizis yoki bankrot imkoniyatlariga mustaqil baho berishni amalga oshirishga qodir bo‘lishi lozim;

bank risklarga integral baho bera olishi zarur;

ichki baholash bank qanday ma’lumotlardan foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni bank o‘z risklarini ishonchli ma’lumotlarga muvofiq o‘lchashga qodir bo‘lishi shart.

Kapitalga qo‘yiladigan talablarni hisoblashda IRB yondashuvlarida faqat kutilmagan zararlar (Unexpected Loss–UL)ga berilgan baholar hisobga olinadi. Kutilayotgan zararlar (Expected Loss–EL) kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiralarga kiritiladi.

Hisoblangan zaxiralar kutilayotgan zarardan kamroq bo‘lsa, zaxiralarning bu taqchilligi tartibga soluvchi kapitaldan teng qismlarga bo‘lib hamda birinchi va ikkinchi daraja kapitallaridan chegirib qolinadi. Zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiralarning ortiqcha qismi ikkinchi daraja kapitalga, lekin yuqori limit bilan qo‘shib qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining aktivlarini riskka tortishda xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 4 ta risk darajasi hisobga olingan: 0%, 20%, 50%, 100%. Ammo riskka tortish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan

belgilangan barcha talablar respublikamiz bank amaliyotida o‘z aksini topgan. Masalan, hukumatning qimmatli qog‘ozlari riskka tortilayotganda ularning muddati Bazel andozalari bo‘yicha hisobga olinadi. Ya’ni, hukumatning faqat 90 kungacha muddatga chiqarilgan obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlari risk darajasiga ega emas. Hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan barcha qimmatli qog‘ozlari 20 % risk darajasiga egadir. Respublikamizda esa, hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar risk darajasiga ega emas. Holbuki, inflyatsiya va devalvatsiya ta’sirida qimmatli qog‘ozlarga banklar tomonidan qilingan investitsiyalarning real qiymatini pasayish xavfi mavjud.

Loyihalarning risklarini boshqarish nuqtai nazaridan Bazel-II standartini joriy etish banklar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning risk parametrlarini asoslashga nisbatan talablarni asta-sekin kuchaytirilishini taqozo etadi. Bunda mazkur talablar banklarning o‘zlari tomonidan ham, davlat tomonidan ham standartlashtiriladi. Bunda asosiy e’tibor loyihalar risklari ustidan nazorat nafaqat kredit arizasi berishning dastlabki bosqichida, balki tegishli kredit liniyalari amalga oshirilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bazel-II standarti talablarini bajarish borasidagi tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish jarayonida bitimni milliy bank tizimlari sharoitiga moslashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qiyinchiliklar, murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi standartlarni amaliyotga joriy etish murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi. Shu sababli, qator mamlakatlarda mazkur standartlarni joriy etish muddatlari kechiktirilmoqda. Xususan, AQShda ushbu yangi standartlarning talablariga hozirgi kunda yigirmataga yaqin bank rioya qiladi. Buning sababi shundaki, bitim kichik va o‘rta banklarga uni joriy etishga qilinadigan ko‘p miqdordagi xarajatlar bilan taqqoslaganda juda kam ustunlik beradi. Bundan tashqari, AQSh nazorat organlari rezervga ajratiladigan kapital hajmlarining kamayishi mamlakat bank tizimining risklari hajmini oshirishi mumkinligidan qattiq xavotirga tushmoqda.

Bazel-II hujjatida yangi standartlarga o‘tish muddatlari Bazel Qo‘mitasi tomonidan quyidagicha ta’riflangan: “Mazkur hujjat jahon mamlakatlarining nazorat organlari o‘rtasida ularga kapitalning yetarlilik miqdorini aniqlashning yangi sxemasini qabul qilish imkoniyatini bu ular faoliyatining ustuvor vazifalariga ko‘proq darajada mos kelgan paytda ko‘rib chiqishni taklif qilish maqsadida tarqatiladi”39. Bazel-II asosiy hujjatining mazmuni ruhi va so‘ziga ko‘ra aniq va tushunarli bo‘lishi uchun shuni e’tiborga olish lozimki, uning matnida Bazel-1 hujjatining40 kapitalni turli toifalarga mansub deb topishning asosiy qoidalariga tegishli bo‘lgan qoidalari Bazel-II sxemasida o‘z kuchini saqlab qolishiga va Bazel Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va tayyorlanayotgan boshqa yigirma hujjatni o‘zlashtirish lozimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishoralar mavjud. Yana bir muhim shart–Qo‘mita mafkurasi va metodologiyasining negizi hisoblangan asosiy tamoyillarni41 sinchiklab o‘rganish.

Respublikamiz tijorat banklarida 2019 yil 1 yanvardan boshlab esa K1 ning eng kam darajasi tavakkalchilikka tortilgan aktivlarning 3 foizi miqdoridagi konservatsiyalangan kapital buferini hisobga olgan holda 0,145 (14,5) foiz miqdorida ta’minlashlari lozim.


Kapital yetarliligi koeffitsienti42







Download 174,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish