Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh



Download 70,91 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi70,91 Kb.
#715417
  1   2
Bog'liq
111 22.05.2009




O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” Boshlig‘ining
Buyrug‘i
“XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINI NAZORATI UChUN QO‘LLANILADIGAN AKUSTIK - EMISSIYANI O‘ZGARTIRGIChLARIGA TALABLAR”NI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 25-may 20-15-216/13-son]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E. Shoismatov tomonidan 2007-yil 21 mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy-huquqiy va me’yoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan, buyuraman:
1. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik emissiyani o‘zgartirgichlariga talablar” tasdiqlansin.
2. Ushbu Talablar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjatlar jumlasiga kiritilgach kuchga kiritilsin va ko‘paytirilsin.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-may,
111-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 22-maydagi 111-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINI NAZORATI UChUN QO‘LLANILADIGAN AKUSTIK-EMISSIYANI O‘ZGARTIRGIChLARGA
TALABLAR
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablar” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu talablar sanoat obyektlarini nazorat qilishda, shuningdek laboratoriya sharoitlarida akustik emissiya (AE)ni o‘rganishda ishlatiladigan kontaktli, bevosita, pyezoelektr akustik emissiya o‘zgartirgichlari (AEO‘)ga joriy etiladi va AE o‘zgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlash usullarini belgilab beradi.
Talablar AEO‘ parametrlarini aniqlash uchun ham analitik, ham eksperimental usullardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Parametrlarni aniqlashning eksperimental usullari asosini AEO‘ o‘rnatiladigan kalibrlovchi blok (obyekt) yuzasida sodir bo‘ladigan dinamik qo‘zg‘alishga AEO‘ning ta’siri tashkil etadi.
Talablarda AEO‘ning yo‘naltirilganlik tavsiflarini aniqlash va har xil turdagi to‘lqinlardan foydalanish tartibi belgilanmaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
Akustik emissiya o‘zgartirgichi akustik-emissiyaviy buzmaydigan nazorat asbobi (tizimi)ning muhim elementi hisoblanadi. AEO‘ akustik-emissiya jarayonidagi akustik signalni parametrlari AE manbalarini baholashda foydalaniladigan elektr signaliga o‘zgartiradi.
Akustik emissiya parametrlarini nisbiy o‘lchash va AE signallari parametrlarining yuklanish parametrlariga bog‘liqligini aniqlash sanoat obyektlarini nazorat qilishda AEO‘dan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
1-§. AEO‘ning asosiy parametrlari va texnik tavsiflari
1. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining pasportida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan asosiy parametrlar (1-ilova):
a) AE o‘zgartirgichining o‘zgartirish koeffitsiyenti – s (V/m). Mazkur koeffitsiyent o‘tuvchi AEO‘ impuls xarakteristikasi (keyingi o‘rinlarda — impuls xarakteristika) maksimal miqdori um(V) ning bevosita AE o‘zgartirgichi ostida yoki uning yaqinida joylashgan etalon manbadan chiqayotgan akustik signalning maksimal qiymati u1{m)ga nisbati sifatida aniqlanadi:

b) n +0,1um — musbat qutblarga ega impuls xarakteristikalarning 0,1 um darajasidan ortiq chiqishlari soni, chiqishlar soni bilan o‘lchanadi. AE o‘zgartirgichining o‘lchanadigan asosiy parametrlari ko‘rsatilgan tipik impuls xarakteristikasi 1-rasmda keltirilgan.
Izoh: Yozuvni soddalashtirish uchun n + 0,1um ishorasidagi (+0,1 um) indeksi tushirib qoldiriladi va nu ishora qo‘llaniladi.

1-rasm. Akustik emissiya o‘zgartirgichi (AEO‘)ning tipik impuls xarakteristikasi
v) T0 – impuls xarakteristikaning asosiy tebranishlar davri davomiyligi, sekundlarda o‘lchanadi;
g) Eu – impuls xarakteristikaning energiyasi, joul (J)da baholanadi. Energiya quyidagi integral yordamida hisoblash orqali aniqlanadi:
(1)
bu yerda Z — AE signali energiyasi hisoblanadigan zanjir impedansi, i — AEO‘ impuls xarakteristikasi (signali)ning lahzaviy qiymati.
2. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining umumiy parametrlari:
a) impuls xarakteristikaning energiya parametrlari — talay hollarda aniq formula (1) bo‘yicha hisoblanadigan energiya o‘rnida ishlatiladi.
Impuls xarakteristikaning nisbiy energiyasi:
(2)
Impuls xarakteristikaning xos energiyasi: E = u2k,
bu yerda k = e2 /8b, e — natural logarifmlar asosi, b — AEO‘ impuls xarakteristikasining so‘nishi.
Amplituda-sanoq energiyasi: E = u2m · nu
b) xususiy tebranishlar davri — T0; aniqlikni oshirish uchun quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: T0 = tu/nu.
Rezonansli AEO‘ uchun xususiy tebranishlar davri aynan rezonans chastotasiga bog‘liq:
v) rezonans chastotasi (*): G‘0 =1/T0;
g) AEO‘ sifatliligi (*): Q = 1,37nu;
d) ishchi chastota mintaqalari ƒ,(*): ƒ= 1/1,37nuT0;
e) AEO‘ elektr impedansi (to‘liq qarshilik): Z = 1/2 ƒS, bu yerda ƒ = F0 rezonansli AEO‘ uchun, ƒ = (G‘max + G‘min)/2 chiziqli yoki keng tasmali AEO‘ uchun, bu yerda G‘max,min— AEO‘ o‘tkazish mintaqasining maksimal va minimal chastotalari;
j) impuls xarakteristikaning o‘sish vaqti (*): tn;
z) impuls xarakteristikaning tushish vaqti (*):ts;
i) impuls xarakteristikaning so‘nish koeffitsiyenti (*):δ = 2,3/nuT0;
k) chastotalar mintaqasidagi rezonans chastotada xususiy issiqlik shovqinlarining o‘rtacha kvadrat qiymati ƒ = 10 kHz;
l) ishchi chastotalar mintaqasidagi xususiy issiqlik shovqinlarining o‘rtacha kvadrat qiymati.
* Izoh: (*) — rezonansli AEO‘ uchun.
3. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining AE o‘zgartirgichlarini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan keltiriladigan va AEO‘ pasportida ko‘rsatiladigan asosiy texnik tavsiflari:
1) O‘zgartirgichning turi (konstruktiv): bir qutbli yoki differensial; rezonansli, keng tasmali yoki chiziqli; oldindan kuchaytirgich (peredatchik)ga ulangan yoki ulanmagan.
2) Amplituda-chastota xarakteristikasi (AChX).
3) Massasi (kg).
4) Ishchi haroratlar diapazoni (°S).
5) Kabelning uzunligi, agar kabel AEO‘ bilan qattiq ulangan bo‘lsa (telemetriya chog‘ida ishonchli qabul qilish masofasi, m).
6) AEO‘ning fizik sig‘imi (G‘).
7) Izolatsiyaning qarshiligi (Ω).
8) Gabarit o‘lchamlari.
9) Ishonchlilik (buzilmasligi, mustahkamligi, saqlanishi) bo‘yicha talablar; kafolatli muddat (yil).
10) Tashish va saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan talablar.
4. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining umumiy texnik tavsiflari:
a) pyezoelektr elementning turi va o‘lchamlari;
b) himoya plastinkasi va korpus materiali;
v) tashqi atrof-muhit ta’sirlaridan, vibratsiyalar, zarblardan standartlarga muvofiq himoyalanganligi;
g) portlash va yong‘indan himoyalanganligi;
d) xalaqit qiluvchi to‘sqinliklardan himoyalanganligi;
e) obyektga mahkamlanishi;
j) AEO‘ ning yo‘nalganlik diagrammasi
II bob. Akustik emissiya o‘zgartirgichlari tasnifi va parametrlarga qo‘yiladigan talablar
5. O‘zgartirish koeffitsiyenti bo‘yicha AEO‘ to‘rtta sinfga ajratiladi:
birinchi sinf AEO‘ — sezgirligi 50 ·10 V/m kam bo‘lgan o‘zgartirgichlar;
ikkinchi sinf AEO‘ — sezgirligi (50...100) · 106 V/m doirasida bo‘lgan o‘zgartirgichlar;
uchinchi sinf AEO‘ — sezgirligi (100...200) · 106 V/m doirasida bo‘lgan o‘zgartirgichlar;
to‘rtinchi sinf AEO‘ — sezgirligi 200·10 V/m dan yuqori bo‘lgan o‘zgartirgichlar.
Birinchi sinf AEO‘
6. Birinchi sinf AEO‘ga kondensatorli o‘zgartirgichlar va lazer interferometrlarga asoslangan o‘zgartirgichlar kiradi. Ko‘rsatilgan o‘zgartirgichlardan etalon va ishchi AEO‘ ni kalibrlashda foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinf AEO‘
7. Ikkinchi sinf AEO‘ga pyezoelektr faol element qo‘llaniladigan keng tasmali o‘zgartirgichlar kiradi. Ulardan etalon va ishchi AEO‘ni kalibrlashda foydalanish tavsiya etiladi.
Uchinchi sinf AEO‘
8. Uchinchi sinf AEO‘ga pyezoelektr faol element qo‘llaniladigan chiziqli va rezonansli o‘zgartirgichlar kiradi. Ulardan laboratoriya tadqiqotlarida foydalanish tavsiya etiladi. Agar AEO‘ o‘rtasidagi masofa 0,5 — 1,0 t dan oshmasa, kichik va o‘rta o‘lchamdagi sanoat obyektlarini nazorat qilishda ulardan foydalanish ruxsat etiladi.
To‘rtinchi sinf AEO‘
9. To‘rtinchi sinf AEO‘ga pyezoelektr faol element qo‘llaniladigan rezonansli o‘zgartirgichlar kiradi. Ulardan sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi.
10. Chastota diapazoni bo‘yicha AEO‘ quyidagi turlarga ajratiladi:
past chastotali AEO‘ — ishchi chastota 50 kNz gacha — katta ko‘lamdagi va tovush so‘nishi yuqori bo‘lgan obyektlarni nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
standart sanoat AEO‘ — 50 — 200 kHz — sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
maxsus sanoat AEO‘ — 200 — 500 kHz — kichik o‘lchamdagi (uzunligi 1m dan oshmaydigan) sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
yuqori chastotali — ishchi chastota 500 kNz dan yuqori — kichik o‘lchamdagi (uzunligi 1 m dan oshmaydigan) sanoat obyektlarini nazorat qilishda va laboratoriya tadqiqotlarida foydalanish tavsiya etiladi.
11. Ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilishda asosan pyezoelektr faol element qo‘llaniladigan rezonansli AE o‘zgartirgichlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
12. Chastotalarni o‘tkazish tasmasi bo‘yicha AE o‘zgartirgichlari uchta turga (amplituda-chastota xarakteristikasi turi bilan bog‘liq holda) ajratiladi:
Rezonansli AE o‘zgartirgichlari — o‘tkazish tasmasi 0,2 G‘p ga teng, bu yerda G‘p — AEO‘ ning ishchi chastotasi;
Chiziqli AE o‘zgartirgichlari — o‘tkazish tasmasi (0,8 ... 0,2) G‘p, bu yerda G‘p — AEO‘ ning ishchi chastotasi.
Keng tasmali AE o‘zgartirgichlari — o‘tkazish tasmasi 0,8 Fp dan ortiq.
Chiziqli va keng tasmali o‘zgartirgichlar uchun ishchi chastota o‘tkazish tasmasining yuqori — G‘yu va quyi — G‘q chastotalari bilan bog‘liqligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

va u AEO‘ ning o‘rtacha geometrik chastotasi hisoblanadi.
III bob. O‘lchovlarni o‘tkazish sharoitlari
13. AEO‘ parametrlarini o‘lchash ishlari quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
a) atrof-muhit va elektr energiyasi ta’minoti sharoitlari:
havo harorati 20 ± 5 °S;
havoning nisbiy namligi 65 ± 15 %;
atmosfera bosimi 100 ± 4 kRa (750 ± 30 sht Ng.);
elektr tarmog‘i kuchlanishi 220 ± 4,4 V;
elektr tarmog‘i chastotasi 50 ± 0,5 Nz.;
b) vibratsiya, tashqi elektr yoki magnit maydonlari darajasi o‘lchash ishlarida qo‘llaniladigan apparatlarning hujjatlarida ko‘rsatilgan doirada bo‘lishi kerak;
v) apparatlarning qizish vaqti AEO‘ parametrlarini o‘lchashda qo‘llaniladigan apparatlarning texnik tavsifiga muvofiq belgilanadi.
ІV bob. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlash usullari
14. AEO‘ ning asosiy parametrlarini aniqlash AEO‘ ning impuls xarakteristikasini qayd etish, uning quyidagi parametrlarini o‘lchash va aniqlashga asoslangan:
impuls xarakteristikaning maksimal qiymati — im;
AEO‘ o‘rnatilgan obyekt yuzasida zarralarning normal qo‘zg‘alishining maksimal qiymati — i1;
oldindan belgilangan darajadan, masalan— 0,1 um dan ortiq chiqishlar soni — n (yoki impuls xarakteristika davomiyligi — tu). AEO‘ ning amplituda va faza-chastota xarakteristikalari majmui AEO‘ impuls xarakteristikasining Furye-o‘zgarishi yordamida hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. AChX ni O‘zstandart bilan kelishilgan boshqa usullar yordamida aniqlash ruxsat etiladi.
1-§. Absolyut o‘lchov usullari
15. Absolyut o‘lchov usullari quyidagilarni aniqlash uchun qo‘llaniladi:
AEO‘ ning o‘zgartirish koeffitsiyenti;
chiqishlar soni (impuls xarakteristika davomiyligi);
impuls xarakteristika asosiy tebranishlari davrining davomiyligi.
16. Solishtirish usuli yordamida o‘zgartirish koeffitsiyentini aniqlash uchun kalibrlovchi delta impuls manbai yoki pog‘onali qo‘zg‘atish manbai tomonidan qo‘zg‘atiladigan blok yuzasining absolyut dinamik normal qo‘zg‘alishlarini o‘lchash lozim. O‘zstandart bilan kelishilgan usullar bo‘yicha garmonik signaldan (masalan, MI 1786-87 dan) foydalanish ruxsat etiladi.
O‘lchovlar akustik-elektron o‘zgartirish koeffitsiyenti aniq bo‘lgan namunaviy akustik-elektron o‘lchash vositalari (namunaviy o‘zgartirgichlar) yordamida amalga oshiriladi. Namunaviy o‘zgartirgich (NO‘) sifatida kondensatorli yoki lazerli o‘zgartirgichlardan, yoki ishlatilayotgan chastotalar diapazonida parametrlari bo‘yicha ularga tenglasha oladigan o‘zgartirgichdan (pyezoelektr, maxsus konstruksiyali) foydalaniladi. AEO‘ ning o‘zgartirish koeffitsiyenti namunaviy o‘zgartirgichning o‘zgartirish koeffitsiyenti bilan solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Namunali o‘zgartirgichning pasporti bo‘lishi, unda o‘zgartirgichning O‘zstandartda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ixtisoslashgan sinov laboratoriyasida o‘lchangan yoki nazariy (hisob-kitob) usul yordamida baholangan o‘zgartirish koeffitsiyenti ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kalibrlash natijalari V/m fizik kattalik birliklarida ifodalanadi.
17. Kalibrlash chog‘ida namunaviy o‘zgartirgich va kalibrlanayotgan AEO‘ blokning bitta yuzasida manbadan bir xil masofada va unga simmetrik ravishda joylashtiriladi. Kalibrlovchi blokda qo‘zg‘atish impulsi yuboriladi. Kalibrlanayotgan AEO‘ va namunaviy o‘zgartirgich bilan impuls signali qabul qilinadi. Quyidagi ifoda yordamida o‘zgartirish koeffitsiyenti sk aniqlanadi:

bu yerda so — namunaviy o‘zgartirgichning o‘zgartirish koeffitsiyenti, uk — kalibrlanayotgan AEO‘ ning chiqishidagi kuchlanishning maksimal qiymati, uo — namunaviy o‘zgartirgichning chiqishidagi kuchlanishning maksimal qiymati.
Shuningdek, kalibrlanayotgan AEO‘ va namunaviy o‘zgartirgichni blokning signal tarqatuvchi o‘zgartirgich (manba) joylashgan yuzasiga qarama-qarshi yuzada joylashtirish ruxsat etiladi. Bunday hollarda kalibrlash hajmiy to‘lqinlar yordamida amalga oshiriladi. Hajmiy to‘lqinlar ta’sirida kalibrlash natijalari qo‘shimcha ma’lumot hisoblanadi va yuza bo‘ylab tarqaladigan to‘lqinlar yordamida kalibrlash natijalarining o‘rnini bosmaydi.
18. 17-bandda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlab chiqarish obyektlari, ishlab chiqarish obyektlarining maketlari (modellari)ni AE nazoratida va material namunalarini sinovdan o‘tkazishda qo‘llaniladigan etalon AEO‘ va ishchi AEO‘ kalibrlanadi.
AE ishchi o‘zgartirgichini kalibrlashda kalibrlanayotgan ishchi o‘zgartirgichga o‘xshash turdagi AE etalon o‘zgartirgichidan foydalaniladi.
19. Impuls xarakteristikasining chiqishlari soni AEO‘ ning raqamli ossillograf ekranida qayd etilgan impuls xarakteristikasidan foydalangan holda 0,1 um darajadan yuqori musbat qutbli chiqishlar sonini sanash yo‘li bilan aniqlanadi.
20. Impuls xarakteristikaning davomiyligi tu impuls xarakteristika ko‘tarilish va tushishda 0,1 um ga teng bo‘lgan daraja bilan kesishadigan momentlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. O‘lchov xotirali raqamli ossillograf ekranida amalga oshiriladi. Natija sekundlarda beriladi.
21. Xususiy tebranishlar davri — To ossillograf ekranida impuls xarakteristika maksimumida uning lahzaviy qiymatlarining takrorlanishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Aniqlik darajasini oshirish uchun davr davomiyligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
To = tu / nu
Rezonansli AEO‘ uchun Xususiy tebranishlari davri rezonans chastotasi bilan quyidagi ifoda yordamida bog‘lanadi:
ƒo = 1 / To
2-§. Nisbiy o‘lchovlar usuli
22. Nisbiy o‘lchovlar usulidan laboratoriya sharoitlarida ham, dala sharoitlarida ham foydalaniladi. Laboratoriya sharoitlarida nisbiy o‘lchovlar kalibrlovchi bloklar yordamida, dala sharoitlarida esa ham kalibrlovchi bloklar, ham natura obyektlari yordamida amalga oshiriladi. O‘lchovlar 16-18-bandlarda ko‘rsatilgan tartibda bajariladi.
23. AEO‘ parametrlarini kalibrlovchi bloklardan foydalanmasdan — “yuzma-yuz” sxemasi bo‘yicha o‘lchash ruxsat etiladi. Bunda kalibrlanayotgan AEO‘ va etalon pyezoelektr o‘zgartirgich signal tarqatuvchi pyezoo‘zgartirgich bilan ishchi yuzalar yordamida akustik tutashtiriladi.
Qayd etuvchi apparat sifatida xotirali raqamli ossillografdan foydalaniladi. Shuningdek, bevosita AE asbobidan foydalanish ruxsat etiladi. Bunda u barcha zarur parametrlarni, ya’ni impulsning maksimal qiymatini, chegara (0,1 im) dan chiqishlar soni nu ni, impuls davomiyligi tu ni o‘lchanishini ta’minlashi kerak.
V bob. Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish sxemalari
24. Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazishning kalibrlovchi bloklar qo‘llaniladigan tavsiya etilayotgan sxemalari 2 va 3-rasmlarda keltirilgan. 2-rasmda keltirilgan sxemada shisha kapillyar 4 ning uchi yuklovchi qurilma 6 va kalibrlovchi blokning ishchi yuzasi 1 o‘rtasida joylashgan. Yuklovchi qurilma vint yoki yukni 1 — 50 Nyuton (N) diapazonida bir tekis oshirib borish imkonini beruvchi moslama ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

2-rasm. 1-chi o‘lchov sxemasi.
1. Kalibrlovchi blok
2. Kalibrlanayotgan AEO‘
3. Etalon o‘zgartirgich
4. Kapillyar
5. O‘zakning zo‘riqishini o‘lchash uchun pyezoplastinka
6. Yuklovchi qurilma
7. Raqamli ossillograf
8. Zaryadni kuchaytirgich
9. O‘lchov asbobi

3-rasm. 1-chi o‘lchov sxemasi.
1. Kalibrlovchi blok
2. Kalibrlanayotgan AEO‘
3. Etalon o‘zgartirgich
4. Kapillyar
5. O‘zakning zo‘riqishini o‘lchash uchun pyezoplastinka
6. Yuklovchi qurilma
7. Raqamli ossillograf
8. Zaryadni kuchaytirgich
9. O‘lchov asbobi
Kapillyar singanda pog‘onali funksiya ko‘rinishidagi mexanik toyilish blok yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Funksiyaning ko‘tarilishi vaqti 0,1 μs dan oshmaydi. Kuchning qiymati yuklovchi vintda joylashtirilgan va oldindan kalibrlangan pyezoelement 5 yordamida o‘lchanadi. Kuch o‘lchov asbobi 9 ga ulangan zaryadni kuchaytirgich 8 dan foydalangan holda o‘lchanadi.
Namunaviy o‘zgartirgich (kondensatorli, lazerli, yoki kalibrlangan pyezoelektr) va kalibrlanayotgan AEO‘ signal manbaiga nisbatan simmetrik tarzda va undan bir xil 50-100 tsh masofada joylashtiriladi.
Ikkita o‘zgartirgichdan kelayotgan elektr signallari xotirali raqamli ikki kanalli ossillografga yuboriladi va unda qayd etiladi. Shundan keyin o‘zgartirgichlarning xarakteristikalari taqqoslanadi va kalibrlanayotgan AEO‘ parametrlari aniqlanadi.
25. Etalon va ishchi AEO‘ ishtirokida o‘lchovlarni o‘tkazish sxemalari, agar ular nazorat qilinayotgan obyektning kalibrlovchi bloki o‘rnida ishlatilayotgan bo‘lsa, 2 va 3-rasmlarda keltirilgan sxemalar singari amalga oshiriladi.
VІ bob. Asosiy kalibrlovchi blokka qo‘yiladigan talablar
26. Asosiy kalibrlovchi blok nazorat qilinayotgan obyekt materialidan, yoki akustik xususiyatlariga ko‘ra unga yaqin materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. 2,0 MNz ± 0,5 MNz chastotada standart defektoskop bilan tekshirilganda blokda exosignal amplitudasi pastdan berilgan signal amplitudasining 5% dan ortiq bo‘lgan nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Agar nazorat obyektining materiali oldindan ma’lum bo‘lmasa, blok materiali uchun StZ turidagi kam legirlangan konstruksiyaviy po‘lat ishlatilishi mumkin.
27. Blok yuzasining tozaligi Rz40 dan past bo‘lmasligi kerak. Blok yassi parallel ishchi va tub yuzali parallelepiped ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 100 kHz dan yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan AEO‘ uchun blokning tavsiya etiladigan o‘lchamlari (mm): 500 x 500 x 250.
28. Ishchi chastotasi 100 kHz dan past bo‘lgan AEO‘ ni kalibrlash uchun qo‘shimcha blok qo‘llanilishi mumkin va qaytayotgan ko‘plab sinov signallarining o‘lchovga ko‘rsatadigan ta’sirini minimumga keltirish uchun uning o‘lchamlari oshirilishi kerak. Agar kalibrlanayotgan AEO‘ parametrlari va texnik tavsiflarining mazkur hujjatda belgilangan qiymatlariga ega bo‘lish mumkinligi asoslangan bo‘lsa, boshqa turdagi va o‘lchamdagi kalibrlovchi bloklardan foydalanish ruxsat etiladi.
29. Asosiy va qo‘shimcha kalibrlovchi bloklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
blokning biror yuzasidan qaytgan birinchi impuls impuls xarakteristikaning qayrilishi 0,1 im darajaga chiqishidan oldin etib kelmasligi kerak;
yoki reverberatsiya amplitudasi (ko‘p martali qaytishlarning maksimal qiymati) 0,1im dan oshmasligi kerak.
Ultratovushning blok materialiga so‘nishi ko‘pi bilan 8 — 10 dB/m ni tashkil etishi, yoki operator 2,0 MNz + 0,5 MNz chastotada kamida 10 ta tub signalini kuzata olish imkonini ta’minlash doirasida bo‘lishi kerak. Ishchi bo‘lmagan yuzalaridan signal kam qaytadigan maxsus bloklardan foydalanish ruxsat etiladi.
VІІ bob. Akustik signalni qo‘zg‘atish manbalari
30. Sinov signalini ishlab chiqaruvchi elastik tebranishlar generatori sifatida istalgan ikkilamchi tebranishlar darajasi 0,1 img dan yuqori bo‘lmagan (bu yerda img— generator impulsining amplitudasi) davomiyligi 0,1 μs dan oshmaydigan mexanik impulslar, yoki oldingi front davomiyligi 0,1 μs dan oshmaydigan pog‘onali impulslar ko‘zg‘atuvchisidan foydalanish mumkin.
31. Pog‘onali funksiya (Xevisayd funksiyasi) ko‘rinishidagi akustik signalni qo‘zg‘atish manbasi bo‘lib borosilikat shishadan tayyorlangan shisha kapillyar naychaning sinishi xizmat qilishi mumkin. Naychaning tashqi diametrini 0,1 — 0,3 mm diapazonida tanlash tavsiya etiladi. Ichki kanal diametri, taxminan, naycha devori qalinligiga teng bo‘lishi kerak. Nayni sindiradigan kuch 1 — 20 Nyuton diapazonida bo‘lishi kerak.
32. Signal manbai sifatida, shuningdek, tsanga qalami grafit o‘zagining sinishi (Su-Nilsen manbasi) ham ishlatiladi. Bunda o‘zakning sinishi sodir bo‘ladigan paytdagi kuchni baholashni ta’minlash tavsiya etiladi. O‘zakning diametri 0,2 — 0,5 mm diapazonida, qattiqligi TM - 2T (NV - 2N) bo‘lishi kerak. Agar o‘zakni sindiradigan kuch 1 — 20 Nyuton diapazonida bo‘lsa, o‘zakning materiali sifatida shisha ham ishlatilishi mumkin.
Blokning kapillyar (qalam o‘zagi) sinadigan joyiga blok yuzasini shikastlanishdan saqlash uchun tsianakril yelim bilan mikroskop predmet oynasining bir bo‘lagini yopishtirib qo‘yish tavsiya etiladi. Ushbu oynaning o‘lchamlari 0,08 x 1,5 x 1,5 mm3 bo‘lishi kerak.
33. Yuklovchi o‘zakdan kapillyarga tushadigan yukni gorizontal holatda joylashgan va o‘qi kapillyar o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan 2-3 mm diametrli shisha o‘zak orqali o‘tkazish tavsiya etiladi. Yuklovchi vintda yuklar yordamida kalibrlanadigan o‘lchov pyezoelementi bo‘lishi kerak.
34. Akustik signal manbai sifatida ultratovush nazoratida ishlatiladigan keng tasmali pyezoelektr o‘zgartirgich, jumladan o‘zgaruvchan qalinlikdagi va (yoki) diametrli pyezoelementga ega pyezo o‘zgartirgich qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda o‘zgartirgich impulsli generator ishlab chiqaradigan davomiyligi ko‘pi bilan 0,1 μs bo‘lgan elektr impuls yordamida qo‘zg‘atiladi.
VІІІ bob. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarini kalibrlovchi blok va nazorat qilinadigan obyektga o‘rnatishga doir tavsiyalar
35. Kontaktli AEO‘ dan foydalanilganda akustik kontakt akustik to‘lqinlarni obyektdan AEO‘ ga uzatilishini ta’minlaydi. Akustik kontaktni ta’minlash uchun tegishli akustik shaffof kontakt muhitlari qo‘llaniladi.
Suyuqlik ishlatilganda kontakt AEO‘ ni obyektga kuch bilan siqish orqali ta’minlanadi. Kontakt muhiti sifatida suv, silikon moy, yoki akustik to‘lqinlarni uzatilishini va ularning kamroq so‘nishini (6 dV dan oshmaydigan) ta’minlaydigan istalgan boshqa biror suyuqlik ishlatiladi. Siqish prujina, qo‘shimcha yuk yoki magnit yordamida ta’minlanadi. O‘ta ko‘p yoki juda kam bosim hosil qilishdan saqlanish kerak. Siqish kuchining optimal miqdori 1 — 20 Nyutonni tashkil etadi.
36. Qattiq jismli kontakt akustik to‘lqinlarni kam so‘ngan holda uzatilishini ta’minlaydigan yelim yordamida bajariladi.
37. Akustik bog‘lanish sifatida qator holatlarda obyekt bilan akustik bog‘langan (payvand, kontakt muhiti yoki boshqa usul yordamida) mexanik ulovchi detallar (o‘zaklar, simlar, tegishli shakldagi tasmalar) ko‘rinishidagi to‘lqin uzatkichlardan foydalaniladi. Obyektlarni nazorat qilishda to‘lqin uzatkichdan foydalanilganda AE o‘zgartirgichini to‘lqin uzatkich bilan birga kalibrlash tavsiya etiladi.
38. AEO‘ ni o‘rnatish va akustik kontaktni ta’minlashda quyidagilar tavsiya etiladi:
akustik kontakt turini tanlashda uni topish imkoniyati, harorat, kimyoviy jihatdan mosligi, vaqt o‘tishi bilan birdek turishi, radiatsiyaga chidamliligi, akustik mosligi sharoitlari hisobga olinishi kerak;
AEO‘ o‘rnatiladigan joy akustik kontaktning buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan holda tayyorlanishi kerak;
yuzaning g‘adir-budrligi Rz40 darajadan past bo‘lmasligi ta’minlanishi, yuza qiyaligi hisobga olinishi lozim;
to‘lqinlarni obyektdan AEO‘ ga uzatish chog‘ida minimal yo‘qotishlarni ta’minlaydigan kontakt muhiti tanlanishi, obyekt qoplamasining qalinligi va bir jinsliligi hisobga olinishi kerak.
39. AEO‘ ning obyektga o‘rnatilishi va kontakt samaradorligi tegishli vositalar (imitatsion manba — ultratovush tarqatgich, Su-Nilsen manbasiga javob qaytishi) yordamida tekshiriladi.
40. Agar nazorat qilinadigan obyekt joylashgan sharoitlar AEO‘ ni joylashtirish imkonini bermasa, to‘lqin qaytargichlardan foydalanish ruxsat etiladi. To‘lqin qaytargich keltirib chiqaradigan signalning so‘nish darajasi uning shakli, uzunligi, materiali va ulash usulini tanlash yo‘li bilan minimumga keltirilishi kerak.
41. Atrof-muhit ta’sirini hisobga olgan holda kontaktning barqarorligi, uni mahkamlashning mexanik mustahkamligi ta’minlanishi lozim. Zarur hollarda o‘zgartirgich va nazorat qilinayotgan obyekt yuzasi o‘rtasida elektr izolatsiyasi ta’minlanishi lozim.
Nazorat qilinadigan obyekt yoki AEO‘ da korroziyani keltirib chiqaradigan kontakt muhitining ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (ayniqsa uzoq vaqt davom etadigan kontaktda).
Nazorat qilinadigan AEO‘ obyektiga va ulovchi kabelga mexanik nagruzka tushishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
42. AEO‘ nazorat qilinadigan obyektga o‘rnatilgandan va nazorat tizimiga ulangandan keyin uning, shu jumladan oldindan kuchaytirgich, kabel, filtr, asosiy kuchaytirgichning ishlashi tekshiriladi. AEO‘ ning nisbiy o‘zgartirish koeffitsiyenti 22, 23-bandlarda bayon etilgan talablarga muvofiq aniqlanadi.
43. Obyektda AEO‘ ni o‘rnatish va tekshirish bo‘yicha AE nazoratni o‘tkazishda hisobot materiallariga quyidagi ma’lumotlarni kiritish tavsiya etiladi:
1) Kontakt muhitning turi.
2) AEO‘ ni mahkamlash usuli (mexanik, magnitli va h.).
3) Kontakt yuzaning tozaligi va uni tayyorlash usuli.
4) Signallarning obyekt qoplamasidan o‘tish chog‘idagi yo‘qotishlar, yuzaning notekisligi va h.
5) To‘lqin qaytargichlardan foydalanganda; ularning materiali, geometriyasi va signal parametrlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar.
IX bob. Akustik emissiya o‘zgartirgichlarini kalibrlashni o‘tkazish tartibi
44. Etalon AEO‘ ning elektr akustik o‘zgartirish koeffitsiyenti “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi ruxsatnoma (litsenziya)siga ega organlar (laboratoriyalar) tomonidan qattiq jism yuzasining dinamik qo‘zg‘alish amplitudasini va impuls xarakteristika amplitudasini o‘lchash yo‘li bilan, namunaviy o‘lchov vositalaridan foydalangan holda aniqlanadi. Bunda mazkur hujjatning IV bobi 1-§, 2-§ da ko‘rsatilgan usullardan foydalaniladi.
45. Ishchi AEU ni kalibrlash “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi ruxsatnoma (litsenziya)siga ega tashkilotlar tomonidan 44-bandga muvofiq kalibrlangan etalon AEO‘ dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
46. Ishchi AEO‘ ning asosiy parametrlari AEO‘ egalari tomonidan nisbiy o‘lchovlar usuli (22, 23-bandlar) va 45-bandga muvofiq kalibrlangan etalon AEO‘ dan foydalangan holda aniqlanadi.
47. Etalon AEO‘ ni kalibrlash bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Ishchi AEO‘ ning asosiy parametrlarini aniqlash har nazorat oldidan, lekin kamida bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
AE o‘zgartirgichlarini kalibrlash natijalari “Kalibrlash sertifikati” shaklida rasmiylashtiriladi.
X bob. Yakuniy qoidalar
48. Ushbu “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga Talablar” “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“O‘zbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U.S. NAZAROV
2009-yil 20-may
Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK Bosh direktori K.S. SANAKULOV
2009-yil 19-may
“O‘zkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G‘.I. IBRAGIMOV
2009-yil 20-may
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablarga
1-ILOVA
(Majburiy)
Akustik emissiya o‘zgartirgichi pasportining tarkibi
AEO‘ pasportida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
1. Modelning belgisi.
2. Seriya raqami.
3. Qabul qilingan sana.
4. Ishlab chiqaruvchining nomi.
5. O‘zgartirgichning turi (konstruktiv).
6. O‘zgartirgichning o‘zgartirish koeffitsiyenti.
7. O‘zgartirgichning ishchi chastotasi (chiziqli va keng tasmali o‘zgartirgichlar uchun — markaziy chastota).
8. Impuls xarakteristikaning chiqishlari soni nu.
9. Asosiy tebranishlar davri To (rezonans chastota G‘o).
10. Impuls xarakteristika energiyasi Ei.
11. Amplituda-chastota xarakteristikasi.
12. Parametrlarni aniqlash usuli to‘g‘risida ma’lumotlar.
13. O‘lchamlar.
14. Massa.
15. Harorat diapazoni.
16. Obyektga mahkamlanish sharoitlari.
17. Tayyorlangan sana.
18. Qabul qilgan shaxsning familiyasi va imzosi.
19. Qo‘shimcha ma’lumotlar (iste’molchining talabi bo‘yicha):
20. AEO‘ ning xususiy issiqlik shovqinlari darajasi.
21. Sezgir elementning turi va o‘lchamlari.
22. Himoya plastinkasi va korpus materiali.
23. Tavsiya etiladigan kontakt muhiti.
24. Elektr ajratgich va kabel turi.
25. Fizik sig‘im.
26. Izolatsiya qarshiligi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablarga
2-ILOVA
(Ma’lumot uchun)
Akustik emissiya o‘zgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlashda ishlatiladigan o‘lchov apparatlari turlari ro‘yxati
1. Impuls generatori (G5-54 turidagi).
2. Videoimpuls generatori, impulsli defektoskop (masalan, UD2-12 turidagi)dan foydalanish tavsiya etiladi.
3. Raqamli ossillograf (S8-8 turidagi).
4. Elektron-sanoqli chastotomer (ChZ-35A turidagi).
5. Grafopostroitel (N-306 turidagi).
6. Furye-o‘zgarishini bajara oladigan dasturlar paketiga ega kompyuter.
7. Sig‘im o‘lchagich.
8. Akustik maydon hosil qiluvchi - o‘zgartirgich AMHO‘ (MI 1786-87 bo‘yicha).
O‘zining parametrlari bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilganlardan qolishmaydigan o‘lchov asboblari va vositalari ham ishlatilishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablarga
3-ILOVA
(Ma’lumot uchun)
Murojaat qilingan me’yoriy hujjatlar

1.

GOST 8.057-80

Fizik kattalik birliklari etalonlari

2.

GOST 8.061-80

Tekshirish sxemalari

3.

GOST 8.256-77

O‘xshash o‘lchov vositalarining dinamik xarakteristikalarini me’yorlash va aniqlash.

4.

GOST 8.395-80

Tekshirish chog‘ida normal o‘lchov sharoitlari

Umumiy talablar.

5.

GOST 8.513-84

O‘lchov vositalarini tekshirish.

6.

GOST 16263-70

Metrologiya. Atama va ta’riflar.

7.

GOST 16465-70

Radiotexnik o‘lchov signallari. Atama va ta’riflar.

8.

GOST 23222-88

Me’yorlanadigan metrologik va aniqlik xarakteristikalari.

9.

GOST 23702-90

Buzmaydigan nazorat. Ultratovushli o‘zgartirgichlar. Sinov usullari.

10.

GOST 23829-85

Buzmaydigan akustik nazorat.

11.

GOST 27655-88

Akustik emissiya. Atamalar, ta’riflar va belgilar.

12.

Uslubiy ko‘rsatmalar

Qabul qiluvchi akustik emissiya o‘zgartirgichlarining asosiy parametrlari. O‘lchovlarni bajarish usullari. MI 1786-87.

13.

Tavsiyalar

O‘lchov vositalari uchun davlat tekshirish sxemasi. Chastotalarning 0,001 50 MGts diapazonida qattiq jismlar yuzasi zarrachalarining ultratovushda qo‘zg‘alishining, tebranish tezligi va elektr akustik o‘zgartirish koeffitsiyentlarining amplitudalari MI 2030-89.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorat uchun ko‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablarga
4-ILOVA
Atama va ta’riflar


Download 70,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish