21-MAVZU Ma’rifat bilimlilik va ezgulik yo’li Manaviy meros qudrati
Reja
1.«Ma’naviy meros» tushunchasi.
2.Ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish.
3Ma’naviy boyliklar bilan ma’naviy merosni farqli jihatlari.
Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, imon-irodasini, e’ti¬qodi¬ni mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Тarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qo¬tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmon¬larning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Тariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochil¬di. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min¬lovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. „Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish — bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“.Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’-naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj¬buran singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyi¬dagi tamoyillarga amal qilinmoqda: • dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala¬rining xususiy ishi deb tan olish; • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish; • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin; • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariningfaoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy bir¬liklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |