Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabat tushunchasi va shakllari.
Yer yuzida aholi soni ko‘payib, fan va texnika rivojlanib borgan sari insonning tabiatga ta’siri kuchayib boradi, inson tabiatdan tobora ko‘p mahsulot oladigan bo‘ladi. Buning oqibatida tabiat boyliklari kamayadi, ba’zan atrof-muhit ifloslanadi, tabiatdagi muvozanat buziladi. Bu esa tabiatni muhofaza qilishni, tabiiy boyliklardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalanishni talab qiladi.
Respublikamiz aholisi insonning tabiatdan oqilona foydalanishiga yaqqol misol bo‘la oladigan ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Cho‘llarda va tog‘ etaklarida obod vohalar bunyod etgan. O‘zbekiston mo‘tadil va subtropik mintaqalar chegarasida, asosan, cho‘l va chalacho‘llar zonasida joylashgan. Yer yuzasining xilma-xilligi tufayli g‘arbda qumli pasttekisliklardan sharqda qorli tog‘largacha bo‘lgan rang-barang tabiat tarkib topgan. Iqlim ham o‘lkamizda xilma-xil: cho‘llarda qahraton sovuq qish jazirama issiq va quruq yoz bilan almashinib tursa, tog‘larda qish uzoq davom etadi, qor qalin yog‘adi, yozda kunlar iliq, yog‘in ham yetarli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |