Insonlarning qiyofasi dunyoni boshqaradi



Download 229,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.05.2022
Hajmi229,21 Kb.
#605239
1   2   3   4
Bog'liq
«Qiyofa»lar jangi

Tashqi belgilar
Jag‘-yuz ko‘rinishi.
Arastu aytganidek, kimning hurpaygan sochlari bo‘lsa, u qo‘rqinchlidir. Qadimgi
Gretsiyadagi zionom olim Zopir katta quloqlar ajoyib aqldan darak beradi, deb hisoblardi. Tarixchi F.
Gall bosh suyakni miyaning kiyimi deb atagan. Uning kriga ko‘ra, do‘ng peshonalar aqlli kishilar
hisoblanishgan. Bularning ichida Arastu bildirgan krlar to‘g‘riroq deb hisoblashadi. Uning zionomiya
to‘g‘risidagi krlariga ko‘ra, buqaning burniga o‘xshash burunlilar yalqov bo‘lishadi. Burun teshigi
cho‘chqanikiga o‘xshaganlar ahmoq bo‘lishadi. Itnikiga o‘xshagan burunlilar qiziqqon bo‘lishadi.
Qarg‘anikiga o‘xshagan burunlilar ehtiyotsiz bo‘lishadi. 
Kiyimlar.
“Temir xonim” Margaret Tetcher o‘z imijini oddiy odamlardan uzoqlashib ketmaganligini
ko‘rsatish uchun tez-tez plyajlarga iti bilan sayrga chiqib turgan.
O.Bismark esa kiyinish haqida shunday yozgan: agarda politsiya senga yaxshi munosabatda bo‘lishini
xohlasang, Peterburg va Parijda albatta qimmatbaho kiyim va orden medallarda bo‘lishing lozim”.
Zamonaviy siyosatda kiyim sizni obro‘ngizni hal qiluvchi asosiy omillardan biridir. Axir bekorga
aytishmagan, yigit kishini birinchi marta oyoq kiyimi va soatiga qarab baho berishadi, deb. 
Mimika va pantomimika.
Siyosiy imijmeyking mutaxassisi J.Segela qo‘l harakatlari nomzod siyosiy
imijining muvaffaqiyatli chiqishidagi asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlaydi. U juda ko‘plab siyosiy
liderlarni o‘rganib chiqqan. Frantsiya prezidenti Jak Shirak haqida shunday yozadi: “U ko‘plab
mitinglarda ikki qo‘lini ikki yoniga yoygan holda odamlarga tabassum qilardi. Majlislarda esa ikki qo‘lini
tepaga ko‘tarardi. Mitinglardagi qo‘l yoyishi xalqqa nisbatan o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lsa, majlislardagi
qo‘l ko‘tarishi qo‘l ostidagilarga o‘ziga xos e’tirozini bildiradi”. 
Hozirgi kunda qiziq pantomima ko‘rsata oladigan prezidentlar qatoriga V.Putin va S.Berluskonini kiritish
mumkin Masalan, S.Berluskoni Yevroittifoq sammitidan so‘ng Yevroittifoq prezidentlarining matbuot
konferentsiyasida Ispaniya bosh vaziri gapirayotgan bir vaqtda oldida turgan nutq daftarini oldi-da,
stol chetiga qo‘ngan pashshani urib o‘ldirdi. Bunday “bolalarcha harakat” ham ba’zida siyosatchining

(/)


imijini ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Nutq va notiqlik sa’nati.
Diktor Yu.Levitanning ovozi ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning va kosmosni
egalashdagi harakatlarda Sobiq ittifoqning imij quroli bo‘lib xizmat qildi. 
Imijmeyker
– bu imij yasovchi. Nazariy jihatdan imijmeyker komil “qiyofa” modelini yaratadi.
Amaliyotda ushbu o‘zi yaratgan nazariyani siyosatchi bilan birga qo‘llaydi. Imijmeykerning harakatlari
15-20% dan 80% gacha saylovchilar ovozini olib berishi mumkin. Odatda siyosiy nomzod o‘z kuchiga
ishonmaganda yoki o‘zini yoqimsiz ko‘rinishli siyosatchi deb hisoblaganda, imijmeykerlar xizmatidan
foydalaniladi. Tarixdan ma’lumki, siyosiy imijmeykerlar xususiy reklama mutaxassislaridan kelib
chiqqan. Birinchi marotaba 1952-yili AQShda D.Eyzenxauerning saylovoldi kompaniyasida
respublikachilar partiyasi imijmeykerlar xizmatidan foydalanishdi. Xususiy reklama mutaxassisi T. Rivz
49 ta (o‘sha paytda shtatlar soni 49 ta edi) rolik tayyorladi. T.Rivz Eyzenxauer nutqini shpargalkalardan
o‘qimaslikka, o‘z yoshi haqida iloji bo‘lsa gapirmaslikka ko‘ndirdi. Saylovlardagi muvaffaqiyatlaridan
so‘ng, u partiyaning byudjetidan imijmeykerlar uchun pul ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Ammo imijmeykerlar harakati har doimo ham samarali chiqmaydi. R.Reygen hamda Katta Bushning
saylovoldi imiji muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 

Download 229,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish