Insonlarning qiyofasi dunyoni boshqaradi



Download 229,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.05.2022
Hajmi229,21 Kb.
#605239
1   2   3   4
Bog'liq
«Qiyofa»lar jangi

Imijmeyking o‘zi nima?
O‘z davrida Mark Tven yozgan edi: “OAV zamonaviy jamiyatda katta kuchdir. U har qanday odamni
yaxshi va yomonga aylantirishi mumkin. Eng yaxshi fuqaroni ribgar deb aytishi hamda uni butun
umrga rasvosini chiqarishi mumkin”. Imijmeyking – inglizcha so‘z bo‘lib, imij - qiyofa, ko‘rinish, meyking
– yasash deganidir. Imij bu insonning, guruhning tashkilotning yoki partiyaning o‘ylab topilgan
qiyofasidir. Bu ish bilan imijmeykerlar, ya’ni imij yasovchilar, qo‘pol qilib aytganda “bashara
yasovchilar” shug‘ullanishadi. Imijmeykingni sodda tilda quyidagicha izohlash mumkin: agar nomzodni
sotilayotgan “mahsulot” deb olsak, imijmeykerlar ushbu mahsulotni chiroyli yaltiroq qog‘ozga o‘rab,
lentalar bilan bezab, unga nisbatan qiziqish va talabni oshirishga erishish demakdir. 
Imijning psixologik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Saylovoldi kampaniyasini tashkil
etuvchi mutaxassislar aholiga kuchli psixologik ta’sir o‘tkazish uchun nomzodning odamlarga nima
bermoqchiligi emas, balki uni qay yo‘sinda yetkazmoqchiligi muhim deb hisoblaydilar. Demak, omadga 
erishish uchun siyosatchiga saylovchilar tomonidan berilgan ishonch abadiy emas. Ushbu ishonch
muddatini cho‘zish va yangilash siyosatchining saylovchilar bilan qay darajada hisoblashishiga bog‘liq.
Yasalayotgan imij haqqoniylikdan uzoqlashmasligi lozim, chunki o‘ta ideal qiyofani xalq begona deb
bilishi mumkin. Bunga amerikalik mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqot natijasini misol qilishimiz mumkin.
Mamlakat Senatiga nomzod uch nafar siyosatchi televideniega intervyu berishdi. Ularning qiyofalari
quyidagicha edi: birinchi nomzod qimmat kostyum-shim kiygan va ajoyib nutqli, harakatlari ham ideal
tarzda, ya’ni bosiq holda kofe ichardi. Ikkinchi siyosatchi esa ozgina ohori to‘kilgan kostyum-shim
kiygan, so‘zlashi ham “qo‘polroq” edi. Va suhbat davomida ichayotgan kofesini o‘ziga to‘kib yubordi.
Uchinchi siyosatchi esa yangi bo‘lmagan, ammo ajoyib tarzda dazmollangan kostyum-shimda edi. Kofe
ichish paytida esa yoqasiga bir tomchi kofe tomdi. U esa bilintirmasdan artishga harakat qildi.
Ko‘rsatuvdan so‘ng mutaxassislar ushbu uch siyosatchining reytingini aniqlashdi. Unga ko‘ra, birinchi
o‘rinni oxirgi siyosatchi egalladi. Ikkinchi o‘rinni birinchi siyosatchi egalladi. Uchinchi o‘rinni esa o‘z-
o‘zidan kofesini to‘kib yuborgan siyosatchi egalladi. Shundan kelib chiqadiki, imiji yasalayotgan
siyosatchi o‘zida ozgina insonga xos bo‘lgan kamchiliklarni ham saqlab qolishi lozim. 
Imijni shakllantirishda tashqi komponentlar (tarkibiy qism, tashqi ko‘rinish)ning o‘rni juda muhim.

(/)


Tashqi komponent deganda ko‘pincha zamonaviy siyosatchining yuzi, soch turmagi, kiyinishi, so‘ngra
esa mimikasi, qo‘l harakatlari, gapirish uslubi, tovush tembri, ajoyib iboralarni topib gapirishi va
hokazolar tushuniladi. 
Imijmeyking psixologiyasi asosini birinchi ko‘rinishdagi taassurot tashkil etadi. Imijmeykingni o‘rganish
davomida shu narsa aniqlanganki, saylovchi o‘z nomzodiga birinchi besh sekund ichida baho beradi. 
Shuning uchun mana shunday qisqa fursat ichida saylovchining muhabbatiga erishish nomzodga
saylovlardagi muvaffaqiyatni kafolatlashi mumkin. Agar nomzod mana shu boshlang‘ich bir necha
lahzaga e’tibor bermasa, yillar davomida ham xalqning muhabbatiga va ishonchiga erisha olmasligi
mumkin. Masalan, qiz bola bir ko‘rishda sevib qolishi mumkin (ya’ni bir necha soniyalarda). Ammo
keyinchalik erining piyonista, noshud va dangasa ekanligidan boshqalarga shikoyat qilishi mumkin.
Ammo bundan nima foyda. Saylovlarda muvafaqqiyat uchun kurashayotgan siyosiy nomzodni ham
piyonista erga qiyoslashimiz mumkin. Agar u ham bir ko‘rishda xalq “sevgi”sini qozona olsa, undan
keyingi shikoyatlarga parvo qilmasa ham bo‘ladi (albatta, saylanib bo‘lgandan so‘ng). 

Download 229,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish