Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil)
Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti (1996 – yil)
Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 – yil)
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazishdagi roli (1998 – yil)
O’zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o’tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 – yil)
Kichik va o’rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 – yil)
Markazsizlashtirish va inson taraqqiyoti (2005 – yil)
Salomatlik barcha uchun: O’zbekistonning yangi mingyillikdagi asosiy maqsadi (2006-yil)
O’zbekistonda ta’lim: talab va taklif mutanosibligi (2007-2008 yillar)
O’tgan davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, ma’ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o’z aksini topayotganligini ko’ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ’ib qilishga yo’naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasidir. Hozirgi kunda o’qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo’llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo’lgan strategiya haqida talabalar va o’qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.
Joriy yilning 25 avgust kuni BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi ushbu loyiha doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan o’zaro hamkorlik haqida memorandum imzoladi. Mazkur tadbir ikkala tomon rahbarlari hamda inson taraqqiyoti konsepsiyasining nazariy va amaliy asoslari bo’yicha talabalarni o’qitishga bevosita jalb etilgan professor-o’qituvchilar, shuningdek OAV vakillari ishtirokida universitet binosida tashkil etildi.
O’zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzolash chog’ida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Erjan Murat quyidagi fikrlarni bildirdi: “Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashim kerakki, O’zbekiston Qozog’iston, Ozarbayjon, Rossiya, Belorusiya kabi davlatlar qatori ushbu o’quv dasturini joriy etish ishtirokchisiga aylandi. Bu tashabbuslarimizni amalga oshirishda asosiy milliy hamkor sifatida aynan JIDUni tanlashimiz strategik jihatdan asoslangan. JIDU O’zbekistonda ta’lim rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Universitetingiz bitiruvchilarining juda yuqori malakali mutaxassis bo’lib, davlat vazifalarida ishlayotganligini kuzatish mumkin”.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, JIDU magistratura bosqichining o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” nomli o’quv kursining sinov tariqasida kiritilganligi ushbu memorandumning imzolanishiga turtki bo’ldi. O’tkazilgan kurs nafaqat talabalar, balki o’qituvchilarda ham ijobiy taassurot qoldirdi. 35 nafardan ortiq talabalar o’quv yili mobaynida mazkur kursni tinglashdi va kursni yanada takomillashtrish yuzasidan o’z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.
JIDU rektori Hamidulla Karamatov joriy etilgan o’quv dasturining ahamiyati va o’zaro hamkorlik haqida shunday mulohazalarni bildirdi: “Eng yaxshi sarmoya – bu yoshlar uchun sarmoya kiritishdir. Shu nuqtai nazardan ushbu loyihaga nisbatan bizning talabalarimizga, bizning farzandlarimizga ko’rsatilayotgan yordam sifatida qaraymiz. Men umid qilamanki, talabalarimiz 2- sentabrdan o’quv xonalariga kirgach, bunday yangiliklardan ularning chaqnoq ko’zlari yanada katta-katta ochiladi. O’ylaymanki, shuning o’zi BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasiga, menga va barcha hamkasblarimiz uchun aytilgan “katta rahmat” bo’ladi. Aynan shuning uchun yashasak va
Shuningdek 26-29 avgust kunlari mobaynida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi Majlislar zalida “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muaassalari imkoniyatlarini kuchaytirish” loyihasi doirasida maxsus trening o’tkazildi. Unda poytaxtimizda joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi nufuzli oliy o’quv yurtlarida asosan iqtisodiy yo’nalishda ta’lim beradigan o’qituvchilar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Moskva davlat universiteti malakali o’qituvchilaridan Vladimir Echenike va Tatyana Razumova, BMTTDning inson taraqqiyoti masalalari bo’yicha koordinatori Yelena Danilova, BMTTD milliy koordinatori Aleksey Volkov va boshqa mutaxassislar trening ishtirokchilariga inson taraqqiyoti konsepsiyasining ahamiyati, uning muhim jihatlari va omilari bilan tanishtirishdi. Bundan tashqari o’qituvchilarga o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” kursining kiritilishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Trening so’nggida ma’ruzalar yuzasidan test topshirildi va ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |