Insoniyat faoliyat yuritadigan har sohada, albatta
qandaydir o‘lchashlar amalga oshiriladi.
O‘lchash jarayonini amalga oshirish uchun esa
o‘lchash vositalaridan foydalaniladi. O‘lchash
vositalarining yaratilishi tarixiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, u minglab yillarni tashkil
etadi.
Dastlabki o‘lchash ishlari inson tanasi a’zolariga, asosan
qo‘l va oyoqqa, asoslangan holda amalga oshirilgan.
Keyinchalik inson ongining mahsuli sifatida oddiy va soda
ko‘rinishdagi turli o‘lchash vositalari yaratila boshlandi.
Masalan, vaqtni o‘lchash uchun Quyosh soatlari va
qumsoatlar, massani o‘lchash uchun teng yelkali tarozilar,
suyuqliki hajmini o‘lchash uchun mo‘ljallangan turli o‘lchav
idishlari va h.k. yaratildi. Vaqtlar o‘tishi bilan fan-texnika
sohasidagi kashfiyotlar va erishilgan yuruqlar ta’sirida
o‘lchash vositalari ham takomillashib bordi va turi ham
ko‘payib bordi
O‘lchash vositalarining takomillashuvi o‘lchash jarayonida fizik
hodisalar va qonuniyatlardan maqsadli va samarali foydalanish
yotadi. Ishlab chiqarish sanoati korxonalarida va xizmat ko‘rsatish
sohalarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, jumladan muhandislar
ham, o‘lchashlarning fizikaviy asoslari, o‘lchashlarni amalga
oshirishda qo‘llaniladigan fizik qonuniyatlar va hodisalar, ularning
mohiyati haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek
turli o‘lchash vositalarining tuzilishi va ishlash prinsipida fizikaviy
qonuniyatlar va hodisalarning qo‘llanilishi, kattaliklar va ularning
turlari, birliklari va o‘lchamligi, o‘lchashlardagi va o‘lchash
asboblaridagi xatoliklar va ularning kelib chiqish sabablari hamda
ularni barataf etish usullari haqida ham bilimlarga ega bo‘lishlari
zarur. Fizika – bu zarrachalarning harakatlanish qonuniyatlari, modda
va maydon, atomlarning tuzilishi, gravitatsion va elektromagnit o‘zaro
ta’sirlar, molekulyar jarayonlar haqidagi fandir.
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik
kattaliklarni o'lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog'liq. Ma’lumot qancha
to'la va xolisona bo'lsa, fizik hodisalarning tub ma’nosini tushunish shuncha
chuqur bo'ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning
rivojlanishi haqidagi ma’lumotning muhim qismidir.Informatsiyalar, asosan,
o'lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi. Fizik obyektning sifat
jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir
obyekt uchun alohida xususiyati deb ataladi.
Shunday qilib,har bir fizik kattalik aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga
ko‘paytmasidan iborat bo'lgan individual qiymati bilan ifodalanadi.Bir-biriga muayyan
tarzda noerkin boglangan kattaliklar yig'indisi deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy,
qo‘shimcha va hosila kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga
nisbatan shartli ravishda erkin hisoblangan fizik kattalik deb ataladi.
SI (Sistem International — SI) fan va
texnikaning barcha sohalari uchun fizik
kattaliklaming universal tizimi bo'lib,
1960-yilning oktabr oyida „O'lchov va
tarozilar“ XI Bosh konfe
rensiyasida qabul qilingan.
O‘lchash – tajriba yo‘li bilan moddiy obyektlarning ixtiyoriy miqdoriy tavsiflarini olish.
O‘lchash jarayoni o‘zida maxsus texnik vositalar yordamida tajriba orqali fizik
kattaliklarning qiymatlarini topish jarayonini namoyon etadi.
Ko‘pgina hollarda o‘lchash jarayonida
o‘lchanayotgan kattaliklarni son qiymati 1
ga teng va fizik kattalikning birligi yoki
o‘lchov birligi deb ataluvchi boshqa
kattaliklar bilan solishtirish amalga
oshiriladi. O‘lchash natijasi – bu kattalikni
o‘lchash natijasida, masalan uni o‘lchov
birligi bilan solishtirish orqali topilgan son
qiymati. O‘lchashning asosiy tenglamasi
quyidagi ko‘rinishga ega: R = Q/ q (1.1)
bu yerda Q – o‘lchanayotgan fizik kattalik;
q – o‘lchov birligi; R – o‘lchash natijasi
yoki o‘lchanayotgan kattalikning son
qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |