Dengiz satsi-
Dengizko`l- Buxoro viloyati, Olot tumanidagi ko`l. o`rta asrlarda “Borni farox” ya`ni, “Katta ko`l” deb yuritilgan. Ko`l viloyatning janubiy chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimi) tektonik botiqda, dengiz sathidan 181,5 m balandlikda joylashgan. Dengizko`ldan suv oqib chiqmaydi, suvi bug`lanish va yerga shimilish natijasida ma`lum bir miqdorda sarflanadi. Dengizko`l kollektor-zovur suvlari hisobiga to`yinadi. Shamol ta`sirida to`lqinlar paydo bo`ladi. Suvi juda sho`r, ko`lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizko`lning eng keng joyi 9 km, eng chuqur joyi 22 m, uzunlugi 43,3 km (1987) bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |