Choygum-
Chuchmoma- (Ixiolirion tataricum) chuchmomaguldoshlar oilasiga kiradi, bo`yi 6-20 sm ga yetadigan piyozboshli ko`p yillik o`simlik. Piyozboshi tuxumsimon, 1,5-2,5 sm yo`g`onlikda, qo`ng`ir qobiqli bo`ladi. Barglari cho`zinchoq, lentasimon, eni 2-10 mm. chetlari g`adir-budur. Chuchmoma mart oyida gullaydi. Gullari binafsharangli, uzunligi 2-3 sm bo`ladi. Mevasi may-iyul oyida pishadi. Chuchmomaning piyozboshi shirin bo`lib, uni ovqat sifatida iste`mol qilish mumkin.
Chuchvara-- ichiga qiyma solib tugilgan, mantidan kichikroq xamir ovqat. Oʻzini qaynatib olib esa ham boʻladi, yoki undan chuchvara shoʻrva qilsa ham boʻladi. Chuchvarani ko`pchiik sevib iste`mol qiladi.
Chug`urchiq- Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan qush. Gavdasining uzunligi 20 sm dan 40 sm gacha yetadi. Oyoqlari yrda va daraxtlarda harakatlaninshga yaxshi moslashgan. Voyaga yetganlarining rangi tovlanib turadi. O`ta Osiyoda mayna, soch, qorashaqshaq kabi turlari uchraydi. Hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Chug`urchiqning og`irligi 60 gramma atrofida. Shunday bo`lishiga qaramay u bir kunda 200 gramgacha chigitka va boshqa hasharotlarni tutib yeydi.
Chumchuq- (Passer) — toʻqimachilar oilasiga mansub qush. Uning 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora bol`adi. Chumchuqlar oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziqlanadi. Odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Chumchuq — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari.
Chumoli- eng ko`p tarqalgan hasharot hisoblanishadi. Chumolilar yaxshi uyushgan jamoa bo`lib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli bo`lishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan to`nkalarning ichiga juda ko`p xona va yo`laklardan iborat uya quradi. Sariq o`rmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga o`xshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida g`uj bo`lib qishlaydi. Chumolilarning juda ko`pchiligi foydali hisoblanadi. Sariq o`rmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha o`rmonni zararkunandalardan himoya qiladi.
Chumoli uyasi- tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan to`nkalarning ichiga juda ko`p xona va yo`laklardan iborat qilib quriladi. Sariq o`rmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga o`xshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida g`uj bo`lib qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |