Yunon-
Yupiter- yulduzlar orasida sekin harakatlanib, osmon gumbazida yorqin yulduz bo`lib yog`du sochib turadi. Yupiter-Quyosh sistemasining eng katta sayyorasi. Uning diametric 142 ming kilometrdan ortiq. Yupiter vodoreod va geliydan iborat qalin atmosfera qatlami bilan o`raglan. Yupiterda ko`pincha kuchli bo`ron kuzatiladi. Undagi katta qizil dog`lar ulkan bo`ronlarni anglatadi. Yupiter quyoshga qaraganda ikki marta ko`p issiqlik tarqatadi.
Yurak- odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi. Yurak qorinchasi qisqarishi natijasida qon odam va hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Suvda va quruqlikda yashovchilarda yurak 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi esa 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan.
Zag`cha- (Curvus monedula)chumchuqsimonlar turkumining qarg`asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 30—39 sm. Rangi, asosan, qora, bo`yni to`q kulrang tusda. Zag`chaning 4 ta turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Zag`cha ko`chib yuruvchi qush. O`zbekistonda bola ochadi va qishlaydi. Jarlarning yon bag`irlariga, uylarning peshtoqlari yoki daraxt kovaklariga uya soladi.Mart oxirlarida jarlardagi inlar, qoyalar va pasxa imoratlarning yoriqlariga, daraxt kovaklariga in quradi. Bu qush xas-cho`plar, patlar, latta-puttalar, jun bo`laklari, qog`oz parchalaridan qurib olgan inlaridan bir necha yil foydalaniladi. Aprel oyida qo`ng`ir xolli 4-6 ta havorang-yashil tuxum qo`yadi. Zag`cha turli xil hasharotlar, ularning lichinkalari va o`simliklarning donlari bilan oziqlanadi. Zararli hasharotlarni qirib, qishloq xo`jaligiga foyda keltiradi. Zag`cha odamlar bor joyda yashaydi. Bu qushni gapirishga o`rgatish mumkin. Zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.
Zag`izg`on- hakka (Pica pica) deb ham ataladi. U chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 45—48 sm. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Shimoliy Gʻarbiy Afrika, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy va Gʻarbiy Sibirda tarqalgan. Zagʻizgʻon bogʻlar, toʻqay va togʻlardagi oʻrmonlarda yashaydi. Tundra, Sharqiy Sibirning ayrim hududlari va choʻllarda uchramaydi. Zagʻizgʻon qishda koʻchib yuruvchi qush. Daraxtlar shoxiga va butalarga yirik yopiq uya soladi. Mart - may oylarida 5—7, baʼzan 8—9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 18—19 kunda joʻja chiqadi. Zagʻizgʻon mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Baʼzan poliz ekinlari (tarvuz, qovun) va mevalarni ham yeb, zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |